O‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot
Download 130.54 Kb. Pdf ko'rish
|
qaLvKSrNT2TjBS6Wl05E5N79QYplMpcacAip1inT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Matematika darslarida hisoblash turlari va ularning ahamiyati
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI “Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari moduli bo‘yicha “ BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATEMATIK SAVODXONLIKNI OSHIRISH ” o‘quv kursining “Matematika darsida o‘quvchining hisoblash malakalarini rivojlantirish” mavzusidan ma’ruza matni Ma’ruzachi: Jumayeva Fotima Bekmurodovna Toshkent 2021 MATEMATIKA DARSIDA O‘QUVCHINING HISOBLASH MALAKALARINI RIVOJLANTIRISH Reja: 1. Matematika darslarida hisoblash turlari va ularning ahamiyati 2. Sinflar kesimida hisoblash malakasini rivojlantiruvchi topshiriqlardan namunalar 3. Og‘zaki va yozma hisoblashning bir-biridan farqli jihatlari Matematika darslarida hisoblash turlari va ularning ahamiyati Boshlang‘ich sinf o‘quvchisini mantiqiy fikrlashga, har bir o‘rganiladigan tushuncha, qoidalarni to‘g‘ri idrok qila olishga, og‘zaki va yozma hisoblashga o‘rgatish ta’lim-tarbiyaning murakkab jarayoni bo‘lib, bu o‘qituvchidan chuqur bilim, katta tajriba va yuksak mahorat talab qiladi. Hisoblash malakasiga ega bo‘lish nafaqat matematika darslarida, boshqa fanlarni o‘zlashtirishda, shuningdek, turmushda va amaliy faoliyatimizda ham zarurdir. Matematika darslarida hisoblash ikki xil tarzda amalga oshiriladi: 1) Og‘zaki 2) Yozma O‘quvchilarda og‘zaki va yozma hisoblash ko‘nikmasini tarkib toptirish matematika dasturining asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Arifmetik amallarni o‘rganishdan oldin o‘quvchilar ongiga uning ma’nosini, mazmunini yetkazish kerak. Bu vazifa turli xil amaliy ishlarni bajarish asosida o‘tkaziladi. Muhim vazifalardan biri esa bu hisoblash malakalarini rivojlantirishdir. Hozirgi zamon maktabida og‘zaki va yozma hisoblashlarning ahamiyati qanday, uning foydali jihatlari nimalardan iborat? Og‘zaki hisoblash orqali o‘quvchilarda zehn, diqqatni jamlay olish, xotira faollashuvi, chaqqonlik, tez fikrlay olish kabi xususiyatlar rivojlanib boradi. Yozma hisoblash orqali esa natijalarni tez farqlay olish va xulosa chiqarish, o‘zaro taqqoslash, miya faolligi va yozma faollikni parallel bajara olish ko‘nikmalari rivojlanadi. Og‘zaki hisoblash o‘quvchilarda yaxshi natija berishi uchun avvalo ularga yozma hisoblashning qulay usullarini o‘rgatish zarur. Masalan, 7+5 ning natijasini topish uchun (5+2)+5=(5+5)+2 shaklida o‘nlikni hosil qilish orqali o‘rgatish mumkin. Yoki 25x5x4 ni hisoblash uchun 25x4 ni alohida guruhlash va chiqqan natijani 5 ga ko‘paytirish maqsadga muvofiqdir. Geometrik shakllarning yuzi, perimerini og‘zaki aniqlashda ham avvalo o‘quvchilarga geometrik shakl haqida to‘liq ma’lumot berib, yuz, perimetrlarni topish ustida yozma hisoblashlar o‘tkazilishi kerak bo‘ladi. Og‘zaki hisoblashga doir misol va masalalarni har bir darsda o‘tilgan mavzuni mustahkamlashda, yangi mavzuni mustahkamlash bosqichida amalga oshirish zarur. Download 130.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling