O‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot


Sinflar kesimida hisoblash malakasini rivojlantiruvchi topshiriqlardan


Download 130.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana06.04.2023
Hajmi130.54 Kb.
#1335642
1   2   3
Bog'liq
qaLvKSrNT2TjBS6Wl05E5N79QYplMpcacAip1inT

Sinflar kesimida hisoblash malakasini rivojlantiruvchi topshiriqlardan 
namunalar 
Quyida har bir sinf kesimida shunday mashqlardan namunalar berib o‘tiladi. 
1-sinflar uchun: 
1) Ikki sonning ayirmasi 6 ga teng. Shu sonlarni toping. 
2) 23 ga qo‘shni sonlarni ayting. 
3) Qo‘shiluvchilari 15 va 8 bo‘lgan sonlarning yig‘indisi nechaga teng? 
4) Qaysi son 9 dan 3 ta ortiq (yoki kam) ? 
5) 6 o‘nlik va 3 birlikdan iborat sonni ayting. 
2-sinflar uchun 
1) Kamayuvchi 67 ga teng bo‘lsa, ayriluvchi va ayirma nechaga teng bo‘lishi 
mumkin? 
2) Tomonlari 3 dm va 6 dm bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchakning perimetrini 
aniqlang. 
3) 9 ni 5 marta orttirib, natijani 23 ta kamaytiring 


4) 18 ga qo‘shni sonlar yigindisi nechaga teng? 
5) 7 minut necha sekunddan iborat? 
3-sinflar uchun 
1) 375 sonida nechta yuzlik, nechta o‘nlik, nechta birlik bor? 
2) Kvadratning yuzi 160 cm

ga teng bo‘lsa, uning tomoni qanchaga teng?
3) 342 sonini yuzlikkacha to‘ldirish uchun qaysi sondan foydalanishimiz 
mumkin? 
4) Ko‘paytuvchilari 80 va 40 bo‘lsa, ko‘paytma qaysi sondan iborat? 
5) 7/12, 19/12 va 5/12 sonlarining yig‘indisini toping. 
4-sinflar uchun 
1) 7 kg kartoshka 42000 bo‘lsa, 1 kg kartoshka necha so‘m? 
2) To‘g‘ri to‘rtburchakning perimetri 32 dm, eni va bo‘yini aniqlang. 
3) 70 km/soat tezlik bilan ketayotgan avtomobil 3 soat-u 30 minutda qancha 
masofani bosib o‘tadi? 
4) Birinchi qo‘shiluvchi 185, ikkinchi qo‘shiluvchi undan 55 ta kam, 
yig‘indini toping. 
5) 4 dm

12 cm

necha cm
2
?
Yuqorida keltirib o‘tilgan namunalarni bir nechta guruh bilan musobaqa 
tarzida, butun sinf bilan birgalikda yoki individual tarzda o‘quvchilarni baholash 
jarayonida qo‘shimcha savol tarzida foydalanish mumkin. 

Download 130.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling