Organizmlarning ko’payishi
Download 431.94 Kb. Pdf ko'rish
|
2 5433971100818084363
- Bu sahifa navigatsiya:
- Interfazani
Jinsiy usulda ko’payish
(Meyoz—kamayish) Birlamchi jinsiy hujayra meyoz bolinishga kirishadi. Meyozda ketma-ket 2 marta (I va II) bolinish sodir boladi. Birinchi bolinish xromosoma soni ikki karra kamaygan 2 qiz hujayra hosil bo’ladi. Ikkinchisi xromosomasi gaploid to'plamga ega bo’lgan har bir hujayradan ikkitadan hujayra hosil boladi. Ikkinchi bolinish jarayoni xuddi hujayraning mitoz bo’lnishi kabi ro‘y beradi. Meyoz jarayoni mitoz bolinishdan keskin farq qiladi. Meyoz bo‘linish ketma-ket ro‘y beradigan, murakkab bosqichlardan iborat jarayondir. Meyozda interfazadan so‘ng birinchi bo‘linishdagi profaza I, metafaza I, anafaza I, telofaza I sodir bo'ladi va so‘ngra hujayra qayta interfazaga kirmaydi. Bunday hosila hujayrada interfazaga xos bolgan DNK replikatsiyasi sodir bo‘lmaydi, hujayra yana to‘g‘ridan-to‘g‘ri ikkinchi bo‘linishga kirishib ketadi. Shuning uchun ham bu oraliq interfaza emas, interkinez deyiladi. Interkinez о’ta qisqa vaqtni egallaydi. So‘ng, ikkinchi bo‘linish boshlanib ketadi va unda ham profaza II, anafaza II, metafaza II, telofaza II bosqichlari mavjuddir. Interfazani boshidan kechirgan hujayrada DNК molekulasining replekatsiyasi ro‘y berib, hujayra genetik materiali diploid (2n) to‘plam xromosomaga ega bo‘lsa-da, DNK miqdori ikki hissa oshgan (4s) bo‘ladi. Profaza I ning davrida 2 xromatidadan iborat xromosoma iplari ingichka, nozik ipchalar hosil qiladi. Xromosomaning zichlashishi, spirallashishi bilan xromatida iplari ko‘rina boshlaydi va xromomerlar yaqqol ko‘zga tashlanadi.Ikkita gomologik xromosoma o ‘zaro tortiladi va bir-biriga xromomerlari bilan jipslashadi. Bu jarayonga xromosomalarning konyugatsiyasi deyiladi.Xromosomalar spirallanishining davom etishi bilan ular yo‘g‘onlashadi. yo‘g‘onlashish gomologik xromosomalarda bir vaqtda ro‘y beradi... O‘zaro chirmashib ketgan gomologik xromosomalararo ayrim qismlarning almashishi — chalkashishi (krossingover) ro‘y beradi. Hujayradagi tetradalar soni xromosomaning gaploid to‘plamiga teng bo'ladi. Xromosomalardagi spirallashish jarayoni davom etaveradi. Shu vaqtga kelib yadrocha yo‘qoladi, yadro membranasi parchalanadi va bo‘linish duki korina boshlaydi. Metafaza I da gomologik xromosomasi ikkala sentromerasi bilan hujayra bo’linish duklarining ekvator sathiga siljiydi hamda har bir xromosomaning sentromerasiga, alohida qutbdan yo‘nalgan bo’linish duki birikadi Anafaza I da har biri 2 ta xromatidadan tashkil topgan gomologik xromosoma bir-biridan itarilib ajraladi va ikki qutbga tortiladi — hujayradagi bor xromosomalar tengma-teng ikki qutbga bolinadi. Mitozdagi anafazada bitta xromosomadagi 2 ta xromatida bir-biridan ajralib qutbga bolinsa, meyozda har bir qutbga yaxlit xromosoma —har bir xromosoma alohida ajralib tarqaladi. Telofaza I jadal ro‘y beradi va qutbdagi har bir xromosoma to ‘plami atrofida yadro shakllanadi. Telofaza yakunida gomologik xromosomalar alohida hujayralarda joylashadi. Hujayradagi xromosoma soni 2 marta kamayadi (reduksiya bo’ladi) va xromosomalaming gaploid to‘plamiga ega ikkita qiz hujayra hosil bo’ladi. Download 431.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling