Organizmlarning ko’payishi
Download 431.94 Kb. Pdf ko'rish
|
2 5433971100818084363
- Bu sahifa navigatsiya:
- -------------- Transkripsiya, tubulin sintezi Ontogenez –individual rivojlanish
- Lichinkali rivojlanish
Mitoz sikli
davri (G 1 ) — 2n2c -------------- O'sish, oqsil sintezi, transkripsiya davri (S) — 2n4c -------------- DNK ikki hissa ortishi (replikatsiya) davri (G 2 ) — 2n4c -------------- Transkripsiya, tubulin sintezi Ontogenez –individual rivojlanish Embrional davr tuxum hujayrasining spermatozoid bilan otalanishi, ya’ni zigota hosil bo'lishi bilan boshlanadi (embriogenez davri). Embrional davrning tugash vaqti ontogenezning turiga bog'liq bo‘lib, lichinkali turda lichinkaning tuxumdan chiqishi bilan, ona qornida kechuvchi turda tug'ilish vaqti bilan tugaydi. Ontogenez tushunchasi 1866-yilda E.Gekkel tomonidan fanga kiritilgan. Ontogenez jinsiy ko‘payadigan organizmlarda tuxum hujayraning rivojlanishidan, jinssiz ko‘payadigan organizmlarda ona organizmdan ajralishidan boshlanadi va umrining oxiriga qadar davom etadi. Ontogenezning uchta tipi farqlanadi. Lichinkali rivojlanish. Lichinkali ontogenez tuxum hujayrada sariqlik moddasi kam bo‘lgan organism larda, masalan, hasharotlarda, baliqlarda va amfibiylarda kuzatiladi. Ularning tuxumidan yetuk forma lardan o‘z tuzilishi bilan farq qiladigan, o‘zi mustaqil oziqlanadigan lichinka rivojlanadi. Lichinkali rivoj lanadigan organizmlarda metamorfoz hodisasi kuzatiladi. Metamorfoz organizm individual rivojlanishi davomida tuzilishida sodir bo‘ladigan chuqur o‘zgarishlardir. Hayvonlarda metamorfoz asosan hayot tarzi yoki yashash muhitining o‘zgarishi bilan bog‘liq holda amalga oshadi. Metamorfoz bilan rivojlanadigan hayvonlarning hayot siklida lichinkalik davri bir yoki bir necha bosqichda kechadi. Bunday hayvonlarda ontogenezning har bir bosqichida shu organizm mansub turning mavjudligini ta’minlaydigan muhim hayotiy funksiyalar amalga oshadi. Masalan, lichinkalik davrida areal bo‘ylab tarqalish, voyaga yetgan davrda ko‘payish jarayonlari kuzatiladi. Lichinkali rivojlanish o‘troq yashaydigan organizmlarning lichinkalari tarqalishi va arealning kengayishiga imkon yaratadi. Bitta turning lichinkalari va voyaga yetgan formalari turli muhitda yashashi, turli oziq bilan oziqlanishi tufayli tur ichidagi kurashning keskinligi kamayadi. Ba’zi hayvonlarning lichinkalari ko‘payish xususiyatiga ham ega (jigar qurti, exinokokk). Download 431.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling