Organizmlarning tashqi muhitga moslashishi


Download 407.81 Kb.
bet4/13
Sana15.06.2023
Hajmi407.81 Kb.
#1488277
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Botiraliyev Feruza

1-modda.
Ushbu Bitim Tomonlar davlatlari manfaatlari yo‘lida milliy, mintaqaviy va global miqyosdagi ekologik tahdidlarga yechim topish va tegishli javob qaytarish uchun Tomonlar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish va rivojlantirishga qaratilgan.
2-modda.
Tomonlar o‘z vakolatlari doirasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni rivojlantiradilar:
a) bioxilma-xillikni saqlash, shu jumladan noyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan hayvonlar turlari populatsiyasini muhofaza qilish va qayta tiklash, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimini rivojlantirish;
b) iqlim o‘zgarishi va uning oqibatlariga moslashish;
v) muqobil energiya manbalarini rivojlantirish;
g) atrof-tabiiy muhitni monitoring qilish;
d) atmosfera havosini muhofaza qilish;
e) tabiiy resurslardan oqilona foydalanish;
j) Orolni qutqarish xalqaro Fondi faoliyatini mustahkamlash va takomillashtirish;
z) ekologik talofat hududlarida, birinchi navbatda, Orol dengizi qurishining salbiy ekologik oqibatlari bilan bog‘liq hududlarda atrof-muhit holatini yaxshilash bo‘yicha global va mintaqaviy muammolarni o‘rganish va ularning yechimini topish;
i) Tomonlar uchun o‘zaro qiziqish uyg‘otadigan hamkorlikning har qanday boshqa sohalari.
3-modda.
Ushbu Bitimning 2-moddasida ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
a) atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida tajriba, ilmiy-texnikaviy axborot, normativ-huquqiy va normativ-texnik hujjatlar bilan almashish;
b) qo‘shma dastur va loyihalar ishlab chiqish;
v) qo‘shma uchrashuvlar, treninglar, seminar va konferensiyalar o‘tkazish, tashriflar almashinuvini tashkil qilish;
g) mintaqaviy va xalqaro hamkorlik platformalari va jarayonlari doirasida Tomonlar davlatlarining umumiy manfaatlariga muvofiq bo‘lgan qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish;
d) Tomonlar birgalikda amalga oshirishi mumkin bo‘lgan hamkorlikning har qanday boshqa shakllari.

Download 407.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling