Organizmni chiniqtirish
Download 71 Kb.
|
CHINIQTIRISH USULLAR
CHINIQTIRISH USULLARI Reja: 1. Chiniqtirish haqida ma`lumot. 2. Chiniqtirishning gigiyenik qoidalari. 3. Chiniqtirish tadbirlarining uzluksizligi. 4. Chiniqtirish tadbirlari kuchi. Chiniqtirish haqida ma’lumot. Chiniqitirish – ob-havoning noqulay ta’sirlari (sovuq, issiq, quyosh radiatsiyasi, atmosfera bosimi) ga nisbatan gigiyenik tad-birlar yordamida odam organizmining chidamliligini oshirishdir. Chiniqtirish – jismoniy tarbiyaning ajralmas qismi bo‘lib, odam sog‘lig‘ini mustahkamlash, umrini uzaytirish, ish qobiliyatini yaxshilash, jismonan va ruhan barkamol avlodni shakllantirish omillaridan biri hisoblanadi. Chiniqtirish natijasida tashqi muhitning o‘ta sovuq va jazi-rama issiq ta’sirlariga odam organizmining chidamliligi ortadi. Chiniqtirish qon aylanish, nafas olish, ovqat hazm qilish, ayirish, moddalar almashuvi jarayonlarining nerv-gumoral boshqa-rilishini takomillashtiradi, sog‘liqni mustahkamlaydi, jismoniy va aqliy ish bajarish qobiliyatini oshiradi. Chiniqtirish turli xil kasalliklarni, ayniqsa, sovuq sharoitda shamollash, havo harorati yuqori bo‘lganda issiq urish, quyosh urish kasalliklarining oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Chiniqqan odamlarda gripp, nafas olish a’zolarining yallig‘lanishi (rinit, faringit, angina, bronxit, zotiljam), revmatizm va boshqa kasalliklar bilan xastalanish, chiniqmagan odamlarga nisbatan, 3-5 marta kamayadi. Chiniqtirish tadbirlari hamma yoshdagi odamlarda o‘tka-zilishi mumkin. Ayniqsa, chiniqtirish qancha barvaqt boshlansa, yosh avlodning sog‘lig‘i shunchalik mustahkam, o‘sish va rivoj-lanishi yaxshi bo‘ladi. Chiniqtirish tadbirlarini boshlashdan avval har bir odam yashaydigan joyining, ya’ni o‘zining mahalliy shifokori, yoki fizio-terapiya shifokori, hamda jismoniy tarbiya va sport sohasi shifo-korining maslahatini olishi kerak. Odam qandaydir kasallik bilan xastalangan bo‘lsa, to to‘liq tuzalmaguncha, shuningdek, surunkali kasalliklari xuruj qilgan davrda chiniqtirish tadbirlari o‘tkazilmaydi. Download 71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling