Organizmni chiniqtirish


Sportchi kun tartibi quyidagicha bo‘lishi tavsiya etiladi


Download 71 Kb.
bet7/12
Sana06.04.2023
Hajmi71 Kb.
#1333887
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
CHINIQTIRISH USULLAR

Sportchi kun tartibi quyidagicha bo‘lishi tavsiya etiladi:
1. Uyqudan uyg‘onish - ertalab soat 7єє.
2. Ertalabki gigiyenik gimnastika (badantarbiya).
Badantarbiya yurishdan boshlanib, yugurishga o‘tadi. So‘ngra gimnastika mashg‘ulotlari bajariladi. Bunda tananing hamma muskullari harakatlantiriladi. Ya’ni qo‘l, yelka, gavda, oyoq muskullari navbat bilan harakatlantiriladi.
Ertalabki gimnastikada sportchi shug‘ullanadigan sport turiga taalluqli mashg‘ulotlar navbat bilan bajariladi.
3. Ertalabki gigiyenik gimnastikadan keyin chiniqtiruvchi tadbirlar o‘tkaziladi.
4. Ovqatlanishning har kuni ma’lum aniq belgilangan vaqtlarda bo‘lishi ishtahaning me’yorida bo‘lishiga, ovqatning yaxshi hazm bo‘lishiga imkon beradi, ya’ni ovqatlanish vaqtiga nisbatan shartli refleks hosil bo‘ladi.
Ovqat trenirovka mashg‘ulotidan 2-2,5 soat oldin, mashg‘ulotdan keyin esa 30-40 minut o‘tgach qabul qilinishi lozim.
Trenirovka mashg‘ulotlarining vaqti odam organizmining ish bajarish holatini bir kecha-kunduz davomida o‘zgarishidan kelib chiqqan holda rejalashtiriladi.
Organizmning ish bajarish holati ertalab oshgan bo‘lib, soat 10-13 gacha vaqt orasida yuqori darajada saqlanadi.
Kunduz soat 14-15 da ish bajarish holati pasayadi, soat 16-20 oralig‘ida yana ko‘tariladi.
Trenirovka mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun eng qulay vaqt soat 10-13 va soat 16-20 gacha hisoblanadi.
Ertalab va kunduz uyqudan uyg‘onish bilanoq trenirovka mashg‘ulotlarini o‘tkazish tavsiya qilinmaydi. Chunki, markaziy nerv tizimi va nerv muskul tizimining ish bajarish holati yuqori bo‘lmaydi. Chunonchi, yuqori tezlik, katta kuch va harakat muvozanati bilan bog‘liq bo‘lgan mashg‘ulotlarni bajarishga uyqudan uyg‘ongan zahotiyoq organizm tayyor bo‘lmaydi. Juda zarur bo‘lganda trenirovka mashg‘ulotini uyqudan uyg‘ongach 45-60 minut o‘tgach boshlash mumkin. Bunday holatlarda markaziy nerv tizimi faoliyatini qo‘zg‘atish uchun bir piyola kofe yoki achchiq ko‘k choy ichish tavsiya etiladi.
Kech soat 20 dan keyin trenirovka mashg‘ulotlarini o‘tkazish tavsiya qilinmaydi, chunki mashg‘ulot ta’sirida sportchining markaziy nerv tizimi qo‘zg‘aladi, shu bois sportchining tungi uyqusi tinch bo‘lmaydi.
Kun tartibida sportchining unumli dam olishiga alohida e’tibor berilishi lozim. Trenirovka va musoboqa mashg‘ulotidan keyin sportchi kuchini tiklash uchun massaj, suv muolajalarini o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.
Uyqu – dam olishning asosiy va hech narsa bilan almashtirib bo‘lmaydigan turi hisoblanadi. Uyqu yetarli bo‘lishi va uning to‘g‘ri tashkil etilishi sportchi sog‘lig‘ini mustahkamlash va funksional imkoni yuqori darajada bo‘lishini ta’minlaydi.
Sportchining tungi uyqusi 8 soatdan kam bo‘lmasligi kerak. Uxlash soat 22 da, uyg‘onish soat 6 da, yoki uxlash soat 23 da, uyg‘onish soat 7 da. Har kuni bir vaqtda uxlash, bir vaqtda uyg‘onishga odatlangan odam yotishi bilanoq darrov uxlaydi, uyqu tinch bo‘lib, yaxshi dam oladi. Uyg‘onish vaqti bo‘lishi bilanoq u uyg‘onadi. Uyqudan keyin ish bajarish imkoni yaxshi bo‘ladi. Har kuni bir vaqtning o‘zida uxlash va uyg‘onish odamda ana shu vaqtda nisbatan shartli refleks hosil qiladi. Natijada uyqu tinch bo‘ladi, miya yaxshi dam oladi, uyqudan keyin bosh og‘rimaydi, ish unumdorligi yuqori bo‘ladi.
Uxlash uchun ko‘rpa-to‘shak qulay bo‘lishi kerak (matras, 2 ta choyshab, odeyal, 2 ta yumshoq yostiq). Uyqudan oldin deraza darchasini ochib uyning havosini yangilash lozim.
Musobaqa oldidan sportchi hayajonlangani sababli markaziy nerv tizimining qo‘zg‘aluvchanligi kuchayadi, shu bois, uyqu notinch bo‘lishi mumkin. Bunday holatlarda uyqu oldidan iliq dush, oyoqlariga issiq vanna qabul qilish, bir stakan qaynoq sutga 2-3 qoshiq asal eritib iste’mol qilish foydalidir.
Uyqudan oldin ochiq havoda 10-20 minut sayr qilish uyquning unumli bo‘lishiga ijobiy ta’sir qiladi.

Download 71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling