62
VI. Xulosalar
1.
Kichik maktab yoshidagi (7-8 yosh) o'quvchilarning jismoniy
rivojlanishi va tayyorlanishining o'rtacha ko'rsatkichlari adabiyotlarda keltirilgan
o'rtacha ko'rsatkichlariga mos keladi.
2.
Kuzatuv guruxlarning bo'y uzunligi va tana og'irligining o'rtacha
ko'rsatkichlari o'rtasidagi farq mos holda 4,3 sm va 2,2 kg teng. Bu farqlar statistik
jihatdan muqarrar (r<0,001). Yuqoridagi ko'rsatkichlarni yillik ortishi o'quvchilarni
sog'lom o'sib, rivojlanayotganligini ko'rsatadi.
3.
Birinchi va ikkinchi sinf o'quvchilarining ko'krak qafasi aylanasining
uzunligini o'rtacha ko'rsatkichlari uchala holatda: nafas oralig'ida, chuqur nafas
olganda va chuqur nafas chiqarganda ortganligi kuzatildi. Satistik jixatdan sezilarli
farq nafas oralig'i va chuqur nafas chiqarganda kuzatildi (r < 0,01).
4.
O'pkaning tiriklik sig'imining o'rtacha ko'rsatkichlarini kuzatuv
guruxlari bo'yicha taqoslanganda o'rtadagi farq 149,5 ml tashkil qilib, statistik
jihatdan muqarrar ekanlig aniqlandi (r < 0,01).
5.
Kichik maktab yoshidagi o'quvchilarning qo'l dinamometriyasining
o'rtacha ko'rsatkichi orasida statistik sezilarli farq faqat o'ng qo'l ko'rsatkichida
(1,0 kg/m) yaqqol ko'rindi.
6.
Kichik
maktab
yoshidagi
bolalarning
jismoniy
tayyorgarlik
ko'rsatkichlaridan o'rnidan turib ikki oyoqda uzunlikka sakrash sifati va tepping-
test ko'rsatkichilari bo'yicha ikkinchi sinf o'quvchilarining o'rtacha ko'rsatkichlari
birinchi sinlarning o'rtacha ko'rsatkichlaridan statistik jixatdan sezilarli farq
mavjudligi aniqlandi (r < 0,05).
7.
Olingan natijalar asosida biz kuzatgan guruxlarning o'quvchilari
jismoniy sog'lom o'sib rivojlanayotganligini ko'rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: