O‟rgatishda dars shaklini aniqlab olish muhim ahamiyatga egaligi keng yoritib borilgan
Academic Research in Educational Sciences
Download 454.2 Kb. Pdf ko'rish
|
adabiyot-o-qitishda-mustaqil-fikrlashning-ahamiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- October, 2023 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal
- Tafakkurning qaramligi, mute’ligi shaxs va jamiyat rivojiga, millat taraqqiyotiga to’siq bo’lib, alohida odam uchun fojiadir
Academic Research in Educational Sciences
Volume 4 | Issue 10 | 2023 ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1 75 October, 2023 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal hosiladir. U har kimda o‟ziga xos tarzda, o‟z qobiliyati darajasida mavjud. Ta‟lim- tarbiya jarayonida tafakkurning shakli, sifati, xususiyatlarini ma‟lum darajada sayqallash, rivojlantirish va yo‟nalish berish mumkin. Shu bois o‟quvchi fikrining ta‟sirchanligi, ehtiyotkorligi, ko`lami, harakatchanligi yoki sustligi, ta‟sirsizligi ta‟lim jarayonining sifatiga ham bog‟liq. O`quvchi fikrlashning hissiy, obrazli, mantiqiy salmog‟i undagi tafakkur jarayonining rivojlanish sura‟ti bilan qanchalik aloqador bo‟lsa, ta‟limning sifat yo‟nilishlari bilan ham shunchalik bog‟liqdir. Maqsad va vazifalari o‟zga shaxslar tomonidan belgilanib, tayyor usul va vositalarga tayangan holda o`zgalarning bevosita boshqaruvi bilan yuzaga keladigan tafakkur fikr qaramligini anglatadi. Mustaqil tafakkurga ega bo‟lmagan kishilar tayyor qarashlar quliga aylanadi. Ularning tafakkuri o‟sish- rivojlanishdan orqada qoladi. Mustaqil fikrlash rivojlanmagan hollarda kaltabin, aqlan erinchoq, behavsala, loqayd odam shakllanadi. “Tafakkurning qaramligi, mute’ligi shaxs va jamiyat rivojiga, millat taraqqiyotiga to’siq bo’lib, alohida odam uchun fojiadir”,- deydi taniqli pisixolog E. G‟oziyor. Fikrning mustaqilligi uning sermahsulligi, samaradorligi bilan uzviy bo‟g‟liq. Bu keyingi ikki xislat mustaqil fikrning natijasidir. Agar inson tomonidan muayyan vaqt ichida ma‟lum soha uchun qimmatli va yangi fikrlar, g‟oyalar, tavsiyalar yaratilgan, nazariy hamda amaliy vazifalar hal qilingan bo‟lsa, bunday fikr sermahsul, samarali hisoblanadi. O`qish jarayonida bola tafakkurining faoliyati uning o‟zi tomonidan kuzatilmaydi. O‟quvchilarda fikrlashning mustaqilligi darajasini nazorat qilish, uni farqlash hamda rivojlantirish – o‟qituvchining vazifasi. Buning uchun o‟qituvchidan ziyraklik, ta‟lim jarayonining har bosqichida har bir o‟quvchining shaxsiy va aqliy imkoniyati, berilayotgan bibliblarni tushunish darajasi, intilish va qiziqishlarini to`g`ri hisobga olish talab qilinadi. Bola turli yosh bosqichlarida turfa qiziqishga ega bo‟ladi, o‟ziga xos fikrlaydi va his qiladi. Har yosh bosqichida turlicha faoliyat ko‟rsatadi. Beshinchi oltinchi sinf o‟quvchilari (11-13 yoshli bolalar)ning ko‟pchiligi o‟qishga beparvolik bilan qaraydilar. O‟zlarini oshiqcha qiynamaydilar, uy vazifasi qilib berilgan topshiriq qo`l uchida bajaradilar, ba‟zan shuni ham qilmaydilar. Ko‟pincha, o‟zlarini ovutadigan boshqa narsalarni o‟ylab topishga moyil bo‟ladilar. O‟rta maktabning dastlabki bosqichidagi bolalar fikrlashida anchagina sabrsizlik seziladi. Bu davrda ular darsda bajariladigan ishlarning tezligiga ehtiyoj sezadilar, oradagi bo‟shliqlarni qiynalib o‟tkazadilar. qiyin, murakkab vaziyatlarning uzoq saqlanishini yoqtirmaydilar. Shunisi xarakterliki, bu yoshdagi bolalarning ko‟pchiligi berilgan topshiriqni yoki bir o‟tirishda hal qiladilr yoki umuman, bajarmay qo`ya qoladilar. Ayrim bolalar, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling