O‘rgatuvchi dasturlar


Download 71.44 Kb.
bet2/3
Sana09.09.2023
Hajmi71.44 Kb.
#1675002
1   2   3
Bog'liq
Glassary

Slayd — ma’lum bir o‘lchamga ega bo‘lgan muloqot varaqlari hisoblanib, unda biror maqsad bilan yaratilayotgan namoyish elementlari joylashtiriladi.
Interfaollik - foydalanuvchining axborot vositasi ishiga bevosita ta’sir ko‘rsata olish imkoniyati. «Interfaol texnologiya» atamasi insonning harakatiga tez, adekvat javob beradigan barcha axborot texnologiyalariga nisbatan ishlatiladi.
Ko‘p oynali holat - ekranni turli rangdagi bir nechta sohalarga ajratib, ularda turlicha ma’lumotlarni chiqarish holati.
Multimedia – turli ma’lumotlarni ishlab chiqish, ishga tushirish, qayta ishlash vositalarini qo‘llash tartiblarini ta’riflovchi texnologiya.
Multimedia – kompyuter apparat ta’minoti (kompyuterda kompakt-disklar o‘qish qurilmasi – CD-Rom Drive, uning yordamida ovozli va video ma’lumotni eshittirishga yordam beradigan ovoz va videoplata, joystick va boshqa maxsus qurilmalarning mavjudligi);
Multimedia – bu bir necha ma’lumot taqdim etish vositalarining bir tizimga birlashishi. Odatda multimedia deganda matn, ovoz, grafika, multiplikatsiya, videotasvir va fazoviy modellashtirish kabi ma’lumot taqdim etish vositalarining kompyuter tizimidagi birlashishi tushuniladi.
Multimediya - bu visual va audioeffektlarning interaktiv daturiy ta’minoti boshqaruvi ostidagi o’zaro ta’siri. Multimediya – tekstlar, grafik rasmlar, tovushlar, animatsiya va video elementlarning kombinatsiyasi.
Multimedia (multi – ko`p, media – muhit) - bu kompyuter texnologiyasining turli xil fizik ko‘rinishga ega bo‘lgan (matn, grafika, rasm, tovush, animatsiya, videova h.k) turli xil tashuvchilarda (optik disk, flesh xotira va h.k.) mavjud bo‘lgan axborotdan foydalanish bilan bog‘liq sohasidir.
Multimediali texnologiya- bir vaqtning o‘zida ma’lumot taqdim etishning bir necha usullaridan foydalanishga imkon beradi: matn, grafika, animatsiya, videotasvir, tovush v.h.
Multimedia mahsulotitarkibida musiqa taraladigan, videokliplar, animatsiya, rasmlarva slaydlar galereyasi, turli ma’lumotlar bazalari va boshqalar kirishi mumkin bo‘lgan interfaol, kompyuterda ishlangan mahsulotdir .
Moodle – bu o’qituvchilar tomonidan onlayn-kurslarni yaratish uchun maxsus ishlab chiqilgan sayt tarkibini boshqarish tizimi (Content Management System - CMS) dir.
Moodle – bu alohida onlayn-kurslar kabi, ta’lim veb-saytlarini ishlab chiquvchi instrumentlar sohasidir. Loyiha asosida sotsial konstruktivizm nazariyasi va uni o’qitishni ishlatish yotadi.

Download 71.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling