Oriental Renaissance: innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 2
ISSN 2181-1784
48
w
www.oriens.uz
2021
March
XULOSA VA TAKLIFLAR
Yuqoridagilardan xulosa qiladigan bo‘lsak, Abu Hilol al-Askariyning ilmiy-adabiy
merosi borasida olib borilgan tadqiqot doirasi juda kenga bo‘lishiga qaramay,
hanuzgacha ushbu me’rosni maxsus o‘rganishga bo‘lgan ehtiyoj katta. SHuning uchun
uning adabiy-badiiy asarlari xususiyatlarini o‘rganish Arab lug‘atlarni o‘rganishda yangi
sahifa ochadi.
Abu Hilol al-Askariyning tarjimai holi va ijodiy merosini adabiy-badiiy
xususiyatlarini o‘rganish uning asarlarining tanqidiy nashrlari asosida o‘rganish samarali
natija beradi degan fikrdamiz. CHunki olimning asarlari 1892, 1964 va 1988 yillarda
Qohirada, Bayrut va Bombeyda qayta nashr bo‘lgan. Bundan tashqari, boshqa ishlari
ham hamon o‘z tadqiqotchilarni kutib turibdi.
Arab leksikografiyasining shakllanishi va rivojlanishi, johiliyat davri va Islom
davri she’riyatida Arab maqollari va hikmatlaridan foydalanishni o‘rganishda,
rivoyatlarda, Qur’on oyatlarida va payg‘ambarlar hadislarida, filologiya fakultetlari va
sharqshunos talabalari uchun darslik, ma’ruza va amaliy vazifalar tayyorlashda,
shuningdek, maqolalar va tezislar yozishda qo‘llanilishi mumkin.
Binobarin, O‘zbekiston Prezidentining 2020 yil 16 apreldagi “SHarqshunoslik
sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni
oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4680-son Qarori
5
bilan sharqshunos olimlar
va tadqiqotchilar oldiga qo‘yilgan aniq maqsadlarni amalga oshirish uchun ham Abu
Hilol al-Askariy kabi olilarning asarlarini tadqiq qilish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |