Oriental Renaissance: innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 2
ISSN 2181-1784
46
w
www.oriens.uz
2021
March
qilinishi, strukturasi va boshqa shu kabi masalalarni qamrab olgan. Ibn Farisning (v.
1004) "as-sahobiy" nomli kitobida Arab adabiy tili so‘z
turkumlarining hajmi, so‘z
turkumlarining ishlatilishi bo‘yicha tasnif, asosiy va qo‘shimcha so‘z turkumlari, tildagi
polisemiya, omonimiya,
sinonimiya, og‘zaki va nominal til hosil bo‘lish qoidalari va
vaziyatlari haqida so‘z yuritiladi. O‘rta asr leksikologik
bilimlarining bir turi
Ensiklopediyasi Jaloliddin Al-Suyutiyning (1445-1505)
«Al-Itqan fi ulum al- Qu’ran»
kitobi bo‘lib, unda muallif tilshunoslarning Arab tilshunosligi va leksikologiyaning turli
muammolari haqidagi fikrlarini to‘plagan.
Lug‘atshunoslikda so‘zlarni o‘rganish ularga izohlar beruvchi manbalar yozishda
dastlab izchil bir tizimga amal qilinmagan. Keyinroq esa alifbo harflari tartibida saralab
chiqilgan. Bu esa leksik birliklarni izlab topib ma’nosini anglashni osonlashtirgan.
E’tiborli tarafi shundaki bu borada ham mualliflar turli yondoshuvlarni qo‘llaganlar.
Masalan aksariyat so‘zlarni boshlanish harfi e’tibori bilna alifbo tartibida keltirgan
bo‘lsa, ayrim manbalar so‘z tugagan harf e’tibori bilan so‘zlarni saralagan.
Abu Bashir Al-YAmon Ibn abu Al-YAmon al-Nadidiy (v. 284) o‘z lug‘atida
so‘zlarni qofidoshlik tartibida bergan. Bunda so‘z birinchi, ikkinchi va uchinchi harflar
bilan ko‘rinadi va mufradot shaklida keltiriladi.
XIX asrdan boshlab zamonaviy Arab tilshunoslari tilning
leksik tarkibi bilan
qiziqa boshladilar. Bir qator lug‘atlar chop etildi, ular orasida
keng mashhurlikka ega
bo‘lgani "Muhiytul-muhiyt" lug‘atidir. Keyinroq Arab tili tadqiqotchilari so‘zlarni ma’no
shaklidan tasniflashga ham e’tibor qaratdilar, masalan ayrim sohalarga oid so‘zlarni bir
to‘plamga jamlash bilan shug‘ullandilar. Masalan maktab o‘quvchilari uchun alohida
izohliy lug‘atlar va shu
kabilarni keltirish mumkin
1
.
Do'stlaringiz bilan baham: