Oriental Renaissance: innovative, educational, natural and social sciences volume 1


Download 59.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana03.12.2023
Hajmi59.17 Kb.
#1797074
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
arab-lug-atshunosligining-rivojlanishi-va-abu-hilol-al-askariyning-unga-qo-shgan-hissasi

MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Arab leksikologiyasi sohasidagi dastlabki asl asarlar X asr oxiri – XI asr 
boshlariga mansub. Eng yaxshi nazariy asarlardan biri Ibn Jinning (
Abul-Fath Usmon 
ibn Jinniy. Mosul, 941 — Bog‘dod, 1002)
) "Xasois" (“Xususiyatlar”) kitobidir. Bu 
asar so‘z va uning ma’nolari hamda ularning o‘zaro bog‘lanishi, so‘zlarning so‘z hosil 


Oriental Renaissance: innovative, 
educational, natural and social sciences
 
 
VOLUME 1 | ISSUE 2 
ISSN 2181-1784
 
46 
w
www.oriens.uz
2021
 March 
 
qilinishi, strukturasi va boshqa shu kabi masalalarni qamrab olgan. Ibn Farisning (v. 
1004) "as-sahobiy" nomli kitobida Arab adabiy tili so‘z turkumlarining hajmi, so‘z 
turkumlarining ishlatilishi bo‘yicha tasnif, asosiy va qo‘shimcha so‘z turkumlari, tildagi 
polisemiya, omonimiya, sinonimiya, og‘zaki va nominal til hosil bo‘lish qoidalari va 
vaziyatlari haqida so‘z yuritiladi. O‘rta asr leksikologik bilimlarining bir turi 
Ensiklopediyasi Jaloliddin Al-Suyutiyning (1445-1505) 
«Al-Itqan fi ulum al- Qu’ran» 
kitobi bo‘lib, unda muallif tilshunoslarning Arab tilshunosligi va leksikologiyaning turli 
muammolari haqidagi fikrlarini to‘plagan. 
Lug‘atshunoslikda so‘zlarni o‘rganish ularga izohlar beruvchi manbalar yozishda 
dastlab izchil bir tizimga amal qilinmagan. Keyinroq esa alifbo harflari tartibida saralab 
chiqilgan. Bu esa leksik birliklarni izlab topib ma’nosini anglashni osonlashtirgan. 
E’tiborli tarafi shundaki bu borada ham mualliflar turli yondoshuvlarni qo‘llaganlar. 
Masalan aksariyat so‘zlarni boshlanish harfi e’tibori bilna alifbo tartibida keltirgan 
bo‘lsa, ayrim manbalar so‘z tugagan harf e’tibori bilan so‘zlarni saralagan. 
Abu Bashir Al-YAmon Ibn abu Al-YAmon al-Nadidiy (v. 284) o‘z lug‘atida 
so‘zlarni qofidoshlik tartibida bergan. Bunda so‘z birinchi, ikkinchi va uchinchi harflar 
bilan ko‘rinadi va mufradot shaklida keltiriladi. 
XIX asrdan boshlab zamonaviy Arab tilshunoslari tilning leksik tarkibi bilan 
qiziqa boshladilar. Bir qator lug‘atlar chop etildi, ular orasida keng mashhurlikka ega 
bo‘lgani "Muhiytul-muhiyt" lug‘atidir. Keyinroq Arab tili tadqiqotchilari so‘zlarni ma’no 
shaklidan tasniflashga ham e’tibor qaratdilar, masalan ayrim sohalarga oid so‘zlarni bir 
to‘plamga jamlash bilan shug‘ullandilar. Masalan maktab o‘quvchilari uchun alohida 
izohliy lug‘atlar va shu kabilarni keltirish mumkin
1


Download 59.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling