1-amaliy mashg‘ulot. Mavzu: So‘z, uning leksik va grammatik ma’nosi, leksemaning ifoda va mazmun jihati, leksik ma’no tarkibi va tiplari. Reja
Download 44.23 Kb.
|
Leksikologiya amaliy mashg\'ulotlar (6)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maqsad
- 2-topshiriq .
1-amaliy mashg‘ulot. Mavzu: So‘z, uning leksik va grammatik ma’nosi, leksemaning ifoda va mazmun jihati, leksik ma’no tarkibi va tiplari. Reja: 1. So‘z haqida umumiy ma’lumot. 2. Leksik ma’no va grammatik ma’no. 3. Leksemaning ifoda va mazmun jihati. 4. Leksik ma’no tarkibi va tiplari. Maqsad: Talabalarning ma’ruzada olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash va misollar orqali asoslash malakasini oshirish. 1-topshiriq. Savollarga javob bering. 1. “So‘z-millatning ruhi” mavzusida allomalarimizning, ota-bobolarimizning fikr va mulohazalariga to‘xtalish. 2. So‘z haqidagi dastlabki qarashlar. Xitoy va Hind tilshunosligida so‘z tushunchasiga dastlab qanday yodashilgan?(Panini grammatikasi, qadimgi xitoy tilshunosligi va Aristotelning so‘z haqidagi qarashlari) 3. Rus va ingliz tilshunosligida so‘zning leksik ma’nosi taraqqiyotiga bag‘ishlangan tadqiqotlar haqida ma’lumot bering? 4. O‘zbek tilshunosligida so‘z semantikasi masalalari tadqiqi bilan kimlar 5. shuo‘ullangan? 6. So‘z va so‘z birikmasi haqida nazariy xulosa bering. 7. Leksik ma’no deganda nimani tushunasiz ,misollar keltiring? 8. So‘zning grammatik ma’nosi deganda nimani tushunasiz, amaliy asoslang? 9. Leksemaning ifoda va mazmun jihatini tushuntirib bering va bu haqda qaysi olimlarning nazariy qarashlarini bilasiz? 10. Leksik ma’no tarkibi va uning tiplari haqida ma’lumot bering. 11. So‘z va leksemani farqlang. 12. Leksik ma’no tiplarini misollar asosida keltiring. 2-topshiriq. Quyida berilgan so‘zlarni leksik va grammatik jihatdan tahlil qiling. Bog‘, sinfdosh, yer, xayol, va, singari, yaxshilik, muhabbat, o‘qigan. Namuna: bog‘- ma’lum maydondagi o‘simliklar ekilgan joy, … bog‘-bosh kelishik, birlikda,… Adabiyotlar 1. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G., Qurbonova M., Yunusova Z., Abuzalova M. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent; “Fan va texnologiya”: 2009. 2. Mahmudov N., Nurmonov А.O‘zbek tilining nazariy grammatikasi. – Toshkent; 1995. 3. Abdurahmonov O‘. O‘zbek tili grammatikasi – Toshkent; 1996. 4. M. М. Мirtojiyev, O‘zbek tili semasiologiyasi Toshkent «М11МТ02 8 0 ’2» 2010 www.ziyouz.com kutubxonasi 5. Nosirjon Uluqov, Tilshunoslik nazariyasi Toshkent– 2016 www.ziyouz.com kutubxonasi 6. Shavkat Rahmatullayev. Hozirgi o‘zbek adabiy tili-Ziyouz.com. 2-amaliy mashg‘ulot Mavzu: Leksemaning semantik strukturasi-sememasi, uni tashkil etuvchi semalar tasnifi va tavsifi. Reja: 1. Leksema haqida umumiy ma’lumot. 2. Leksemaning semantik strukturasi-sememasi. 3. Leksemani tashkil etuvchi semalar tasnifi va tavsifi. Maqsad: talabalarning nazariy bilimlarini oshirish barobarida, leksemalarning turli ma’no qirralaridan o‘rinli foydalanish malakasini oshirish. Download 44.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling