1-amaliy mashg‘ulot. Mavzu: So‘z, uning leksik va grammatik ma’nosi, leksemaning ifoda va mazmun jihati, leksik ma’no tarkibi va tiplari. Reja


-topshiriq. Savollarga javob bering


Download 44.23 Kb.
bet2/12
Sana11.01.2023
Hajmi44.23 Kb.
#1088124
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Leksikologiya amaliy mashg\'ulotlar (6)

1-topshiriq. Savollarga javob bering.
1. Leksema nima?
2. Semema nima?
3. Leksik ma’nolarda semantik bog‘lanish deganda nimani tushunasiz, misollar asosida isbotlang?
4. Leksemalar aro semantik munosabat deganda nimani tushunasiz, misollar asosida gapiring?
5. Leksik ma’noning turlarini sanang va har birini misollar asosida tushuntiring.
2- topshiriq. Leksik ma’noga ega so‘zlar ishtirokida “Ijodkor yoshlar” mavzusida matn tuzing va unda leksik ma’noning barcha turlariga oid leksemalardan foydalaning.
Masalan, Bugungi kun yoshlari Vatanimiz ravnaqi uchun har sohada yuksak parvoz etyapdilar. Turli fan cho‘qqilarini egallab, yurtimiz bayrog‘ini ko‘klarga ko‘taryapdilarO‘zbekistonimizni  ilm-fan, madaniyat, ma’naviyat o‘chog‘iga aylantiryapdilar…
Matnda ko‘chma ma’nodagi va bir so‘zga teng bo‘lgan ibora va ma’nodosh so‘zlaridan foydalanilgan.
Topshiriqlar
1. 1-topshiriqdagi savollarga javob yozing.
2. Ma’lum matnni leksik-semantik tahlil qiling. Matn keng doirada bo‘lishi shart.
Adabiyotlar
1. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G., Qurbonova M., Yunusova Z., Abuzalova M. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent; “Fan va texnologiya”: 2009.
2. Mahmudov N., Nurmonov А.O‘zbek tilining nazariy grammatikasi. – Toshkent; 1995.
3. Abdurahmonov O‘. O‘zbek tili grammatikasi – Toshkent; 1996.
4. M. М. Мirtojiyev, O‘zbek tili semasiologiyasi Toshkent «М11МТ02 8 0 ’2» 2010 www.ziyouz.com kutubxonasi
5. Nosirjon Uluqov, Tilshunoslik nazariyasi Toshkent– 2016 www.ziyouz.com kutubxonasi
6. Shavkat Rahmatullayev. Hozirgi o‘zbek adabiy tili-Ziyouz.com.
3-amaliy mashg‘ulot.
Mavzu: Leksik ma’noning o‘zgarishi: kengayishi, torayishi, eskirishi, iste’moldan chiqishi, ko‘payishi, yangilanishi. Bir ma’noli va ko‘p ma’noli so‘zlar. Ma’no ko‘chish usullari yuzasidan tahlil.
Reja:
1. Leksik ma’noning o‘zgarishi: kengayishi, torayishi, eskirishi, iste’moldan chiqishi, ko‘payishi, yangilanishi
2. Bir ma’noli va ko‘p ma’noli so‘zlar.
3. Ma’no ko‘chish usullari yuzasidan tahlil.
1- topshiriq.
1.Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" asaridan bugungi kunda iste'molda bo‘lmagan so‘zlardan 10ta misol toping
3.Ushbu parchada ma'no ko‘chishining qaysi turlari sodir bo‘lganligini aniqlang:Bir narsaga ega bo‘lish aslida yo‘qotishdir.Hech qachon hech narsani tutib qolish mumkin emas,hech qachopn!Jaranglab turgan vaqt zanjirini hech qachon uzib bo‘lmaydi.Tubanlashish hech qachon to‘xtamagan.Buyuk muhabbatlar davri o‘tgan.Bu bosh ana shunday kechmishlarning guvohi bo‘lgan.(Erix Mariya Remark. "Uch oG‘ayni")

Download 44.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling