6. Dastlabki leksikografik asarlarga qaysi manbalarni misol keltirish mumkin?
7. Lug‘atlar qanday turlarga bo‘linadi?
8. Ensiklopedik lug‘atlar sharqda qanday nom bilan yuritiladi?
9. So‘zning biror sohaga oid leksikasi bilan adabiy til leksikasining ma’lum qatlam bilan chegaralanganligi va chegaralanmaganligiga ko‘ra lug‘atlar qanday turlarga bo‘linadi
10. .“Muqaddimat-ul adab” asari necha tilli lug‘at
2-topshiriq.
Topshiriq. O‘zbek tilining izohli lug‘ati (5 jildlik)dan arxaizmlar va istorizmlarga mansub so‘zlardan 10ta misol toping va har birini qo‘llanilish davri, doirasi bo‘yicha tahlil qiling
2.O‘zbek tilining izohli lug‘atidan neologizmlarni toping, ularni qo‘llanilish sohasi bo‘yicha tahlil qiling.
8-amaliy mashg‘ulot:Leksemalarning ishlatilish doirasi: dialektizmlar, kasb-hunar leksikasi, jargonlar, argonlar, vulgar birliklar.
REJA:
1. Leksemalarning ishlatilish doirasi: dialektizmlar, kasb-hunar leksikasi
2.Jargonlar, argonlar, vulgar birliklar.
1-topshiriq
1.Hududiy chegaralangan so‘zlarga nimalar kiradi?
2.Sotsial chegaralangan so‘[zlar qaysi9 xususiyatlariga ko‘ra guruhga ajratilgan?
3.jargonlar nima?
4.argonlar haqida ma'lumot bering.
5.Vulgar birliklar qanday doiralarda qo‘llaniladi?
2-Topshiriq
1.O‘z shevangizda adabiy tildan farq qiluvchi 15ta so‘z toping va yozing
2.Istalgan badiiy asar matnidan sotsial chegaralangan so‘zlarga 10tadan misol toping
3.tikuvchilik, shifokorlik,kulolchilik kasbiga oid bo‘lgan atamalardan 15ta toping va yozing
9-amaliy mashg‘ulot.
Mavzu: Frazeologik birlik. Leksema va frazema, ularning o‘xshash va farqli tomonlari.
1-topshiriq. Savollarga javob bering.
1. Frazeologik birlik nima?
2. Leksema va frazemaning o‘xshash va farqli jihatlarini izohlang.
3. Katta gapirmoq, tirnoq orasidan kir izlamoq, yulduzni benarvon urmoq, tegirmondan butun chiqmoq, tomdan tarasha tushganday, aravani quruq olib qochmoq frazelogik birliklarining ma’nosiga teng keladigan so‘zlarni yonma-yon qilib yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |