1-amaliy mashg‘ulot. Mavzu: So‘z, uning leksik va grammatik ma’nosi, leksemaning ifoda va mazmun jihati, leksik ma’no tarkibi va tiplari. Reja


Download 44.23 Kb.
bet7/12
Sana11.01.2023
Hajmi44.23 Kb.
#1088124
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Leksikologiya amaliy mashg\'ulotlar (6)

10-amaliy mashg‘ulot.
Frazeologik monosemiya va polisemiya. Fazemalarning qo‘llanish, nutqiy voqelanish xususiyatlari.
Reja:
1. Frazeologik monosemiya va polisemiya.
2. Fazemalarning qo‘llanish xususiyatlari.
3. Fazemalarning nutqiy voqelanish xususiyatlari.
Maqsad: Fazemalarning qo‘llanilish, nutqiy voqelanish xususiyatlarini matnlar asosida o‘rganish.
1-topshiriq. Savollarga javob bering.
1.So‘z birikmasi shaklidagi frazeologizmga misol keltirng va uni so‘z birikmasidan farqlang. Masalan, qulog‘iga quydi.
2. Gap shaklidagi frazemalarga misollar keltiring. Masalan, istarasi issiq.
3. Qo‘’lanilishi chegaralangan frazeologizmlar qaysi turlarga bo‘linadi? Misollar bilan asoslang.
4. alag‘da bo‘lmoq(xavotir olmoq), ko‘ngli tob tashladi(ezildi) bu kabi frazemalar qaysi turga mansub?
5. Frazeologik monosemiyaga misollar keltiring va asoslang.
6. Frazeologik polisemiyani misollar bilan asoslang.
7. Leksema va frazeologizmlarning lug‘aviy ma’nosi farqlanadimi, asoslang.
8. Yetti uxlab tushiga kirmaslik-(mutlaqo o‘ylamaslik)- Yetti uxlab tushida ham ko‘rmaslik(hech qachon ko‘rmaslik) Bu frazemalarni qanday izohlaysiz.
9. O‘z va o‘zlashgan frazemalarni misollar bilan asoslang.
10. Kasb-hunarga oid frazemalar haqida gapiring va misollar bilan asoslang.
2-topshiriq. Badiiy asardan frazeologizmga oid matn keltiring. Uni qo‘llanilish doirasi, shakl- ma’no munosabatiga ko‘ra va sintaktik tahlil qiling.
Frazeologizm shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra sinonim, omonim, antonim kabi turlarga bo‘linadi. 2-topshiriqqa asosan bir matn tarkibida bo‘lmasa, ikki -uch matnni keltirish asosida shartga ko‘ra tahlil qiling.


Asosiy adabiyotlar:
1. Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. –Toshkent:O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2013.
2.Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. - Toshkent: Universitet, 2006.
3. Mahmudov N.,Nurmonov A. O‘zbek tilining nazariy grammatikasi.- Toshkent, 1995.
4.Sayfullayeva R. va b. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. –Toshkent, 2009.
5.Saparniyozova M., Ahmedova N. Hozirgi o‘zbek adabiy tilidan amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari. –Toshkent, 2010.

Download 44.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling