Oriental Renaissance: innovative, educational, natural and social sciences volume 1


Download 59.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana03.12.2023
Hajmi59.17 Kb.
#1797074
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
arab-lug-atshunosligining-rivojlanishi-va-abu-hilol-al-askariyning-unga-qo-shgan-hissasi

Munozaralar bo‘limi: 
YUqorida keltirib o‘tganimizdek Abu Hilol al-Askariy lug‘atshunoslikda 
o‘zigacha bo‘lgan mualliflardan farqli ravishda yangicha yondoshuvni boshlab berdi. 
YA’ni so‘zlarni murfdot tartibida keltirish. Uning doktor Badaviy Tabanah tomonidan 
nashrga tayyorlangan va ilgari tadqiq etilmagan asari: Ob’ekt nomlarini bilishda muhim 
qo‘llanma vazifasini bajaradi. 
Mazkur tadqiqot shunday xulosa beradiki, Abu Hilol o‘zining luhatshunoslik ilmiy 
faoliyati natijalari bilan arab madaniyati kutubxonasini boyitgan olimlardan olimdir, 
uning sermahsul ijodi nafaqat arab balki jahon nomoddiy boyliklarini kengaytirgan. 
Keyingi dardagi tarjimonlar va qomusshunoslar Abu Hilolning kitoblarini 
ko‘chirishdan nariga o‘tolmaganlar. 
Uning o‘zi “Furuq al-lug‘aviya” kitobi muqaddimasida yozadi: Men so‘zlarning 
1
Салим Халил Ризқ (1943). Мажаллатул-кабийра. 


Oriental Renaissance: innovative, 
educational, natural and social sciences
 
 
VOLUME 1 | ISSUE 2 
ISSN 2181-1784
 
47 
w
www.oriens.uz
2021
 March 
 
turlari, ularning nutqda va undan tashqaridagi ma’nolari orasidagi farq borasidagi ilmsiz 
boshqa biron bir ilm rivojlanmasligini angab etdim
2

Muallif lag‘atshunoslik ilmining ilm-fan va adabiyot, badiiy san’at boshqa ilmlar 
rivojida o‘ta muhimligini ta’kidlamoqda. Haqiqatdan ham so‘zlar haqida mukammal 
tasavvurga ega bo‘lmay turib, biron bir sohada foydali kitob yozish mumkin emas. 
Abu Hilol al-Askariy X asr Arab adabiyotining yirik olimi, shoiri, tanqidchisi va 
adabiyotshunosi sifatida tanildi. Asarlari tilshunoslik, adabiyotshunoslik, ilohiyot va 
folklor masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, ularning rivojiga o‘z hissasini qo‘shgan. U 
ko‘plab asarlar muallifidir. 
Ta’kidlash lozimki, u yozgan lug‘atning adabiy-badiiy xususiyatlari bugungi 
kunga kelib olimlar tomonidan tadqiqot ob’ekti bo‘lmagan. Bu asar Arab maqollari, 
hikmatli so‘zlar va aforizmlarni o‘rganishda olimlar tomonidan tilga olinadi. SHunday 
qilib, Abu al Hilal-Askari yozgan ba’zi izoh va jadvallar haqida Karl Brockelmann, 
Zilheim Rudolf, Ignaz Goldzier, Krachkovskiy va Hanna al-Fakhuriylar keng miqyosda 
tadqiqot olib borganlar
3

Abu Hilol al-Askariyning hayoti va asarlari haqida isroillik olim doktor Jorj 
Kanazi tomonidan ham salmoqli ishlar amalga oshirilgan. Mavzuga oid qiziqarli fikrlarni 
"Buyuk Islom Ensiklopediyasi"
4
dagi Azartash Azarnoush maqolasida uchratish mumkin. 
Ahmad Badaviyning doktorlik dissertatsiyasi Abu Hilal al-Askari asarlari tadqiqotiga 
bag‘ishlangan. Dissertatsiyada Abu Hilol al-Asqariyning ritorika va notiqlik haqidagi 
ta’limoti haqidagi muallifning boshqa mualliflar ta’limotiga nisbatan nuqtai nazari ifoda 
etilgan. Ushbu tadqiqotda Abu Hilol al-Asqariyning hayoti va ijodiy ijodi haqida 
qisqacha ma’lumot berilib, muallifning asosiy e’tibori Abu Hilol al-Asqariyning 
ritorikasi haqidagi nazariy qoidalarni o‘rta asrlarning boshqa Arab olimlari nuqtai nazari 
bilan taqqoslashga qaratilgan. 
Zamondosh Arab olimi Ali Kozim Mashriy 2010 yilda Damashqda "Abu Hilol al-
Asqariy va uning lug‘atlar haqidagi bitiklari" kitobini nashr etib, Abu Hilol al-
Asqariyning yozmalari va uning Arab tilshunosligi va adabiyotshunosligidagi o‘rnini 
tadqiq etadi. SHu yili Bayrut shahrida Arab olimi doktor Ahmad Sayyid Abu Hilol Al-
Askariyning "Vujuh va-n-nazair fi-Al-Qur’on-al-karim" deb nomlangan stilistika va 
so‘zning semantikasi bilan munosabati masalalariga bag‘ishlangan kitobini qayta nashrga 
tayyorladi. 
Abu Hilol al-Askariyning "Al-amsal" asari xorijiy lug‘atshunos olimlar e’tiborini 
hanuzgacha o‘ziga tortib keladi. Undan ko‘plab iqtiboslar olinadi. 
2
Абу Ҳилол ал-Аскарий.”Фуруқ ал-луғавия” 
3
Ҳанна ал-Факҳурийлар.
4
"Буюк Ислом Энциклопедияси". Туркия, Истамбул, 2010. (қайта нашр). 



Download 59.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling