Oriental Renaissance: innovative, educational, natural and social sciences volume 1


Keywords: Abu Hilal al-Askari, lexicography, Jalaliddin Al-Suyuti, Qur’an,  SH’er, Wujuh wa-n-nazair fi-Al-Qur’an al-Karim.  KIRISH


Download 59.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana03.12.2023
Hajmi59.17 Kb.
#1797074
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
arab-lug-atshunosligining-rivojlanishi-va-abu-hilol-al-askariyning-unga-qo-shgan-hissasi

Keywords: Abu Hilal al-Askari, lexicography, Jalaliddin Al-Suyuti, Qur’an, 
SH’er, Wujuh wa-n-nazair fi-Al-Qur’an al-Karim. 
KIRISH 
Umaviy va Abbosiy xalifalari davrida ilm-fan misli ko‘rilmagan darajada taraqqiy 
etgani hamda fuqarolik huquqlari shariat qonunlari asosida tartibga solinar va adolat 
o‘rnatishga harakat qilinar edi. 
Tarixdan ma’lumki qadimgi tamaddun o‘choqlariga nisbatan bu taraqqiyot 
insoniyat rivojiga qisqa vaqt ichida ulkan hissa qo‘shdi. Islom diyorlarida ilm-fan va 
me’morchilikka bo‘lgan talab yuksaldi. 


Oriental Renaissance: innovative, 
educational, natural and social sciences
 
 
VOLUME 1 | ISSUE 2 
ISSN 2181-1784
 
45 
w
www.oriens.uz
2021
 March 
 
Xalqlar va millatlarning yuksalishi, san’at, ilm-fan va arxitektura sohalari Islom 
me’yorlari doirasida o‘zgardi; intellektual erkinlik keng quloch yoydi, inson va ijtimoiy 
hayot, tibbiyot va ekologiya, kimyo va algebra (darvoqe’ “algebra” so‘zi asli Muhammad 
Al-Xorazmiyning “Al-jabr va-l-muqobala” asari asosida shakllangan, ifnormatik 
sohasidagi “algaritm” bevosita uning ismining evropacha shaklidir), fizika, astrannomiya 
sohalariga musulmon olimlar qo‘shgan hissa to hanuzgacha e’tirof etiladi. Ularning uzoq 
va shonli tarixi, keyingi davrlar islom sivilizatsiyasi kengayishiga turtki bo‘ldi. 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR 
O‘sha davrlarda Arab tili xalqaro ilm tili sifatida dunyoga tanildi. Musulmon 
olimlar qaysi sohada ilmiy izlanish olib bormasinlar va millatlari, etnik mansubliklari 
ona tillari qay til bo‘lishidan qat’i nazar arab tilida ijod qildilar. Bu til gumanitar fanlar 
tili sifatida o‘z leksikasining boyib borish tarixida ko‘p voqelarga guvoh bo‘lgan. 
Ayniqsa, lug‘atshunoslik borasida ulkan ishlar olib borilgan. Arab tili leksikasi arab 
tilining til sohasidagi eng muhim yutuqlaridan biri hisoblanadi. 
Arab leksikografiyasi qanday paydo bo‘ldi? Ma’lumki, Lug‘atlarning paydo 
bo‘lishi til rivojlanishidagi muhim bosqich bo‘lib, bu bevosita jamiyat taraqqiyoti bilan 
ham bog‘liqdir. Qaysi til yaxshi taraqqiy etgan bo‘lsa tushunish mumkinki, shu tilda 
gaplashuvchi jamiyat ham peshqadam odimlayotgan bo‘ladi. Madaniyat keng 
rivojlanadi. CHunki, tilning o‘zi madaniy shakldir. YOzuv jihatidan ham, fonetik, 
morfologik, sinatksik va stilistik, leksik jihatdan ham madaniy ko‘rinishdir. 
Ilk arab qabilalari jamiyatlarida til og‘zaki rivoyat orqali ajdodlardan avlodlarga 
o‘tib kelgan. Urug‘-qabila tipidagi shahar davlatlar madaniy hayotida arablarga xos etnik 
va madaniy – til ildizlari yuzaga kelgan. Bu taxminan eramizdan avvalgi ikkinchi ming 
yilliklar boshi va eramizning 5-6 asrlarini o‘z chiga olgan davrdir. Bu borada arab tili 
leksikasi rang-barang va go‘zal darajada boyidi. 
Leksikologiya – tilning bir butunligi va so‘zlarning lug‘aviy birlik sifatida 
o‘rganadigan tilshunoslikdagi murakkab fan hisoblanadi. So‘zlarning lingvistik tahlil 
qilish to‘rt xil darajada amalga oshiriladi: 1) fonetik (tilning fonematik tarkibini tahlil 
qilish), 2) morfologik (morfemik tuzilishini tahlil qilish), 3) leksik (so‘zni nominatsiya 
birligi sifatida tahlil qilish), 4) semantik yoki semasiologik (so‘zning semantik tuzilishini 
tahlil qilish) [Belkin 1975: 3]. 

Download 59.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling