Axborot xavfsizligiga tahdid deganda “axborotning buzilishi yoki yo’qotilishi
xavfiga olib keluvchi himoyalanuvchi obyektga qarshi qilingan harakatlar
tushuniladi”
3
. Zamonaviy korporativ tarmoqlar va tizimlar duchor bo’ladigan keng
tarqalgan tahdidlarni tahlillaymiz. Hisobga olish lozimki, xavfsizlikka tahdid
manbalari korporativ axborot tizimining ichida (ichki manba) va uning tashqarisida
(tashqi manba) bo’lishi mumkin. Bunday ajratish to’g’ri, chunki bitta tahdid uchun
(masalan, o’g’irlash) tashqi va ichki manbalarga qarshi harakat usullari turlicha
bo’ladi. Bo’lishi mumkin bo’lgan tahdidlarni hamda korporativ axborot tizimining
zaif joylarini bilish xavfsizlikni ta’minlovchi eng samarali vositalarni tanlash uchun
zarur hisoblanadi. “Umumjahon axborot globallashuvi jarayonlari axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini nafaqat mamlakatlar iqtisodiyoti va boshqa
sohalariga joriy etish, balki axborot tizimlari xavfsizligini ta’minlashni ham taqozo
etayapti”
4
. “O‘zbekiston axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi
3
Imomniyozov, Doniyorbek Baxtiyor O‘G‘Li (2022). YURIDIK SHAXSLARNING UMUMIY YIG‘ILISH
QARORLARINI HAQIQIY EMAS DEB TOPISHNING HUQUQIY OQIBATLARI. Oriental renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences, 2 (1), 430-447.
4
Koryogdiyev, Bobur Umidjon Ogli (2021). BITIMNI HAQIQIY EMAS DEB TOPISH VA UNING OQIBATLARINI
QO`LLASH FUQAROLIK HUQUQLARINI HIMOYA QILISH VOSITASI SIFATIDA. Oriental renaissance:
Innovative, educational, natural and social sciences, 1 (11), 211-225. doi: 10.24412/2181-1784-2021-11-211-225
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 1
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
1051
Do'stlaringiz bilan baham: |