Oriental Renaissance: Innovative, volume 2


bäräkä tāp–hayotda qiyinchilik ko‘rma ma’nosida)


Download 48.27 Kb.
bet6/8
Sana22.04.2023
Hajmi48.27 Kb.
#1376853
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5312556932320471319

bäräkä tāp–hayotda qiyinchilik ko‘rma ma’nosida), “Qadding terakday bo‘sin”( qädї: tеrä:дä: bоlsin), “Uvali-juvali bo‘l” (Uvälї- džuvälї bоl – baxtli bo‘l ma’nosida) kabi olqishlarini eshitganimizda qalbimizda ularga bo‘lgan hurmat yana ham ortadi. Qarilarimizning (qaрї) yana bir o‘ziga xos xususiyati har bir gurunglarida (гурун) maqollardan unumli foydalanishlaridir. Bu esa aytilgan fikrning ta’sir kuchini oshiradi. Masalan: “Ayg‘ir qanday bo‘lsa, ot shunday” (äjγїr qändä: bоlsä, āт šundä:) “Bog‘ing bo‘lsa, qo‘ra qil, O‘g‘ling bo‘lsa, mulla qil” (Bāγїнг bолсä, Qārä qїл, оγlїнг bолсә, mullä qїl), “Igna qayāqqa yursa, Ip ham šu yāqqa yurar(iгнä qäyāqqä yursä, ip häм šу yāqqä yurär)” kabi. Bir so‘z bilan aytganda bobo va kattalarimiz uyimizning farishtalari. Ularni e’zozlaylik.
Bu matnlarni tayyorlash va ularni “O‘zbek dialektologiyasi”dan dars o‘tganda tushuntirish uchun umumiy o‘qitish metodlari bilan birga dars o‘tish va sheva bo‘yicha ilmiy kuzatishlar olib borish jarayonlarida shakllangan dialektal matnlar tahlili metodining tarkibiy qismlari bo‘lgan quyidagi xususiy metodlardan ham foydalanish maqsadga muvofiq:

  1. Dialektal matn(lar)ni yozish metodidan dialektal matnlar sheva vakillarining o‘zaro muloqot vaqtidagi nutqlarini yozib olishda foydalaniladi.

  2. U(lar)ni transkripsiya qilish metodidan esa dialektal matnlarni ilmiy yozuv bo‘lgan transkripsiyada qayd etishda qo‘llaniladi.

  3. Dialektal matnlarni leksik tahlil talablari asosida dialektal so‘z turlarini aniqlash metodidan shu matnlarni tahlil etish jarayonida leksik tahlil talablarini amalga oshirish vaqtida qo‘llanadi.

  4. Dialektal so‘z turlarini dialektal matnlar asosida tahlil etib o‘qitish metodidan “O‘zbek dialektologiyasi” fanidan ma’ruza, amaliy va seminar mashg‘ulotlarida vaqti va o‘rniga qarab foydalaniladi.

  5. Bir sheva lug‘ati”ni tayyorlash orqali sheva materiallarini yig‘ish metodi. Bunda bir shevaga xos leksik, fonetik, grammatik xususiyatlar o‘rganiladi.

Ushbu metodning tavsiya qilinayotganiga sabab shuki, juda ko‘pchilik yoshi ulug‘ insonlar o‘z shevalarining xususiyatlarining qariyib 20 foizini yaxshi bilishadi. Mana shu holatning o‘zi ham bir sheva bo‘yicha katta hajmli dialektal materiallarni to‘plashga imkon beradi.
Ular bir jarayonning umumlashma va xususiy ko‘rinishlari sifatida dialektal matnlar tahlili metodiga birlashishlari tabiiy holdir. Demak, ko‘rsatilgan kichik metodlar va ularning majmui bo‘lgan dialektal matnlar tahlili metodi kabi metodlaridan ma’ruza, amaliy va seminar mashg‘ulotlarida vaqti va o‘rniga qarab foydalanish maqsadga muvofiq.
Biz dialektal matnlar tahlili metodi hamda uning mazmun-mohiyatidagi kichik to‘rtta metoddan unumli foydalanib, o‘zbek va rus dialektolog olimlarining ilmiy ishlari bilan tanishib, shuningdek, bir qancha nazariy va amaliy xarakterdagi ilmiy adabiyotlar bilan qiyosiy holda tanishib, ularni ham tanqidiy, ham qiyosiy o‘rganib, shevalarda dialektal so‘z turilarning quyidagi turlari borligini aniqladik. Bular dialektolog olimlarning asarlarida u yoki bu darajada qayd etilganligini manbalar asosida kuzatib, quyidagi turlari borligini ta’kidlab o‘tmoqchimiz, ammo ularga bir tekis amal qilinmagan [Абдуллаев Ф. 1961. Абдуллаев Ф, А. 2-сон. –B. 39.
Ишаев A. 1990. Nafasov T. 2010. To‘ychiboyev B., Yo‘ldoshyev Q. 2012.]. Yuqoridagi fikrlardan bilinib turibdiki, oldin bu masalaga e’tibor bo‘lmagan. Ushbu masalani asoslash va amalga oshirish uchun avval kichik hajmli bir necha maqolalar yaratdim. Keyin esa “Dialektologiya metodologiyasi” nomli monografiya va “O‘zbek dialektologiyasi: nazariya va amaliyot”nomli o‘quv qo‘llanmalarimni tayyorlab, nashr qildirdim (Enazarov T. 2020. -B.3-120. Enazarov T. 2021. -B.6691). Kelajakda bu masalaning mazmun-mohiyatini yanada keng va mukammal tarzda yoritishga anchagina materiallar tayyorladim.
Asoslab berilgan beshta kichik metod ham dialektal matnlarning leksik tahlili metodi jarayonining umumlashma va xususiy ko‘rinishlari sifatida dialektal matnlar tahlili metodiga birlashishlari tabiiy holdir. Demak, ko‘rsatilgan kichik metodlar va ularning majmui bo‘lgan dialektal matnlar tahlili metodi kabi metodlaridan ma’ruza, amaliy va seminar mashg‘ulotlarida vaqti va o‘rniga qarab foydalanish maqsadga muvofiq[Bu metodlar oldinlari ilmiy tadqiqotlarda nomlanmasdan foydalanilgan bo‘lishi mumkin. Ularni jamlab, nom berish bizning chekimizga tushdi. Shuning uchun ularni individual shaklda nomladik. Bu metod to‘g‘risida qisqa to‘xtaldik, alohida maqolalarimizda ularni maxsus yoritamiz.].
Biz dialektal matnlar tahlili metodi hamda uning mazmun-mohiyatini ifodalovchi kichik to‘rtta metoddan unumli foydalanib, o‘zbek va rus dialektolog olimlarining ilmiy ishlari bilan tanishib, shuningdek, bir qancha nazariy va amaliy xarakterdagi ilmiy adabiyotlar bilan qiyosiy holda tanishib, ularni ham tanqidiy, ham qiyosiy o‘rganib, shevalarda dialektal so‘z turilarning quyidagi turlari borligini aniqladik. Bular dialektolog olimlarning asarlarida u yoki bu darajada qayd etilganligini manbalar asosida kuzatib, quyidagi turlari borligini ta’kidlab o‘tmoqchimiz[7, adabiyotlarga qarang]:

  1. sof leksik dialektal so‘zlar (enä, surxäk, nāxās, murt, gäzät – ikki o‘rgajli tuya; кäрčишкä - kartoshka sabzavot turi);

  2. leksik-semantik dialektal so‘zlar (äkä so‘zi ayrim shevalarda: “otava hatto, “pochcha” ma’nolarida qo‘llanadi);

  3. leksik-fonetik dialektal so‘zlar (Masalan, so‘z boshida qo‘llanadigan adabiy tildagi y undoshi o‘rniga qipchoq lahjasiga oid dj-lashgan sheva vakillari, ko‘pincha, jd undoshini talaffuz etadilar: djaman-yomon, djoq-yo‘q; o‘sha shevalarda ayrim unlilar so‘z boshida diftonglashadi; tari(q), sari(q) kabi so‘zlar oxiridagi q undoshi talaffuz etilmaydi. Ёғ сўзи фонетик ўзгаришларга учраб jdav ҳолатига келган. F. A. Abdullayev “...fonetik o‘zgalik ma’nodagi o‘zgalik bilan bog‘liq bo‘lsa, bunday so‘zlar lug‘atga kiritilishi kerak” [Абдуллаев Ф. А. 1966.];

  4. morfologik-fonetik dialektal so‘zlar (äpängilä - opanglar; ͻtäluv’ // ͻtäluy

- otalari; hämmäliys’ - hammalari singari morfologik dialektal so‘zlar bor.);

  1. morfologik-leksik dialektal so‘zlar (māldār – mollar);

  2. leksik-derivatsion dialektal so‘zlar (bergi < ber + -gi – qarz; chapqы < chap + -qыpoygaga qatnashadigan ot; džānli - har qanday uy jonzoti; yur + -mel (QQASSR-o‘g‘.) – yurmel - tez yuradigan, yurag‘on; quyash+ + - lamaquyashlama - oftobro‘ya; qavыr + -ыshma qavыrыshma – ziyofat);

  3. frazeologik-dialektal iboralardan iborat dialektal so‘zlar (āyāg‘ini qoliga ālli - shoshdi; uväli-džuväli bоl – baxtli bol; suvдäй sеrāb боl - bola-chaqali bo‘l);

  4. atoqli ot (toponim) hamda ular joy nomlari shaklidagi dialektal so‘zlar ham

Download 48.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling