Bir unga qaraysan, bir menga qaraysan. (uyushgan bog’lovchi) - Bir unga qaraysan, bir menga qaraysan. (uyushgan bog’lovchi)
- Bir kattaning gapiga kir, bir kichikning.
- Umri bir oqardi, bir qizardi ...
- 7. Kesim bo’lib kelganda birlik , birdamlik, o’xshashlik, umumiylik ma’nosini ifodalaydi:
- Odamning tili bilan dili bir bo’lsin. Kemaga tushganning joni bir.(M)
- Bir so’zi bilan olmosh, ravish, ot, fe’l yasaladi.
Sonning turlari. - Predmetning miqdorini butunicha va qismlarga ajratib, ifodalashiga ko’ra ikki xil bo’ladi: butun, kasr.
- 1. Miqdorni, sanoqni, predmetning butunligini saqlagan holda ifodalovchi sonlar butun sonlar deyiladi.
- 2. Butunning qismini ifodalovchi sonlar kasr sonlar deyiladi: yarim, chorak, nimchorak.
- 3. Butun va kasr son aralash holda qo’llanilsa, kasrli son – aralash son deyiladi: bir butun, o’ndan ikki.
Sonning ma’no turlari. - Sonlar ma’no va grammatik xususiyatlariga ko’ra 2 turga ajratiladi: 1. Sanoq sonlar. 2. Tartib sonlar.
- Miqdor sonlar narsani sanash, donalash, taxminlash, taqsimlashga asoslangan umumiy qiymatini ifodalash uchun xizmat qiladi.
- Miqdor sonlar ma’no jihatdan
- sanoq son,
- dona son,
- chama son,
- jamlovchi son,
- taqsim son kabi turlarga bo‘linadi.
- Ular quyidagi xususiyatlarga egaligi bilan o‘zaro farqlanadi:
Tartib son. - Predmetning joylashish tartibini, sirasini, ish-harakatning bajarilish tartibini bildiradigan sonlar tartib son deyiladi. Tartib son arab va rim raqamlari bilan ifodalanadi: 2000 – yil, 2 –sentyabrь, XIV bob.
- Tartib son otga bog’lanib kelganda sifatlovchi-aniqlovchi, otlashganda esa to’ldiruvchi, kesim bo’lib keladi. –dan qo’shimchasini olib, kirish so’z vazifasini bajaradi.
- Tartib sonlar ba’zan daraja, nav, tur ma’nolarini bildirib keladi: 1 – sinf xaydovchisi, 2-nav un, 1-tur o’yinlari.
Sonning tuzilish jihatdan turlari. - Sonlar tuzilishiga ko’ra 3 xil:
- 1. Sodda sonlar; bir, ming, ellik.
- 2. Murakkab sonlar: bir ming to’qqiz yuz ellik.
- 3. Juft sonlar: besh-olti, o’ttiz-qirq, ming-ming.
-
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |