Oriental universiteti


Download 1.59 Mb.
bet1/7
Sana05.04.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1276937
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
TO\'YCHIYEV MUHAMMADAMIN

ORIENTAL UNIVERSITETI

  • BAJARDI: IQTISOD VA TURIZM FAKULTETI 1/6 GURUH TALABASI
  • TO’YCHIYEV MUHAMMADAMIN
  • Reja:
  •  
  • Moliyaning mohiyati va funksiyalari.
  • Moliya tizimi.
  • Moliya tizimini boshqarish.
  • Moliyaviy resurslarning mohiyati va ahamiyati.
  • Moliya siyosati
  • Moliyaning mohiyati va funksiyalari
  • Moliya iqtisodiy kategoriya sifatida Xalq xujaligida pul resurslarini hosil etish ularni taqsimlash va ishlatish sohasidagi iqtisodiy munosabatlarni o`z ichiga oladi.
  • Jamiyatning ravnaqi, aholini farovonligi,yurtning tinchligini taminlash va boshqalarni amalga oshirish moliyaga borib taqaladi.
  • Moliya lotincha «Finansia» so`zidan olingan bo`lib pul hisob-kitoblarini bildiradi.Moliya so`zi dastlab XIII asrda Italiyada, keyin davlatning daromad va harajatlarini mohiyati sifatida XVI asrda Fransiyada ishlatilgan.
  • Hozirgi vaqtda Moliya –Yalpi ichki maxsulot va milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash natijasida turli markazlashgan va markazlashmagan pul fondlarini tashkil etish va ulardan foydalanishdagi pul munosabatlar hisoblanadi.
  • Shuni takidlash lozimki , hamma pul munosabatlari ham moliyaviy munosabatlarga kirmaydi. Jumladan, fuqarolik va chakana savdo o`rtasidagi (xattoki,chakana narxlar davlat tomonidan tartibga solish sharoitida ham) yuzaga keladigan pul munosabatlari davlat fuqarolik –huquqiy uslub bilan tartibga solishi tufayli moliyaviy munosabatlarga kirmaydi.
  • Moliyaviy munosabatlar-bu iqtisodiyot subyektlarning moliya resurslari xususidagi o`zaro aloqalari.
  • Moliya tarixiy kategoriya sifatida tovar-pul munosabatlari sharoitida paydo bo`lgan va u bilan birgalikda mavjud. Moliyaning zarurligi davlatning mavjudligidan ham kelib chiqadi,chunki davlat o`z vazifasidan kelib chiqib atrof muxitni ximoya qilish, mudofa, ijtimoiy tartibni saqlash nomoddiy soxalarni pul bilan ta`minlash aholini nochar katlamlarini ijtimoiy jixatdan ximoya qilish, kengaytirilgan takror ishlab chiqarish sharoitlarini ta`minlash maqsadida.markazlashgan pul jamg`armalarini tashkil etish orqali amalga oshiriladi.
  • Shunday qilib moliya – bu iqtisodiy pul munosabatlarining yig`indisi bo`lib, u yordamida yaratilgan jami ijtimoiy maxsulot va milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash yo`li bilan korxona,tashkilot,birlashma va davlatni pul daromadlari va markazlashgan jamg`armalarini tashkil etish asosida kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni amalga oshirish va aholini moddiy va madaniy extiyojlarini qondirishni ta`minlashdir.
  • Yuqoridagilardan kelib chiqib moliyaning obyekti bo`lib korxona, birlashma va Xalq xujaligi tarmoqlarining pul jamg`armalari va moliyaviy rusurslarni tashkil etish, taqsimlash va foydalanish bilan bog`lik bo`lgan iqtisodiy munosabatlar hisoblanadi.
  • Moliyaning subyekti - bu moliya munosabatlarini ishtirokchilari, firmalar, davlat va nodavlat idoralaridan iborat yuridik va jismoniy shaxslar.
  • Moliyaviy siyosat - Davlatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini ta`minlash yuzasidan moliyaviy resurslar bilan ta`minlashga qaratilgan siyosat.
  • Moliyaning turli darajalari:
  • - Mikromoliya - bu firmalar, davlat va jamoat tashkilotlari moliya tizimini boshlang`ich va asosiy bug`ini hisoblanadi. Mikromoliyaning muhimligi ularda moddiy boylik yaratiladi. Ularning faoliyati jamiyatning iqtisodiy axvolini shakllantiradi. Uning asosiy resurslari bo`lib foyda, ish haqi, aksiya va obligatsiyalar, kredit,sug`urta to`lovi, subsidiya va boshqalar hisoblanadi.
  • Korxona qanchalik yaxshi ishlab foydali faoliyat ko`rsatsa,uni moliyaviy faoliyati shunchalik yaxshilanadi, soliqlar va boshqa to`lovlarni to`liq va o`z vaqtida amalga oshirishda har xil fondlarni tashkil etishga, xodimlarni rag`batlantirishga, ishlab chiqarishni kengaytirishga, xayriya va boshqalarga imkoniyat yaratiladi.
  • - Makromoliya – bu mamlakat doirasidagi va milliy iqtisodiyotga xizmat qiluvchi davlat moliyasidan iborat.U umumdavlat moliyasi bo`lib,unga davlat budjeti, ijtimoiy sug`urta jamg`armasi, boshqa maqsadli jamg`armalar kiradi.
  • - Metomoliya – bu xalqaro doiradagi moliya bo`lib davlatlararo pul munosabatlarini anglatadi.
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling