Origami usuli
Origami usulida o‘yinchoq yasash
Download 31.28 Kb.
|
Origami usuli-fayllar.org
4. Origami usulida o‘yinchoq yasash.
Qayiqcha origami o‘yinchog‘ini yasashni va qayiqcha origamisining paydo bo‘lishi haqidagi rivoyat bilan tanishib olaylik. Qayiqcha origamisining paydo bo‘lishi haqida xalq orasida shunday rivoyat yuradi. Qadimda bir yigit va qiz sevishib qolishgan ekan. Ular shu qayiqni yasashni o‘ylab topishgan ekan. Ular uchrashuvga chiqishni va dillaridagi suhbatlarini shu qayiq qog‘oziga yozib, bir-birlariga soy orqali jo֥’natisharkan. Bir gal yigit suv oqimiga xat yozilgan qayiqni tashlar ekan. Soyning suv oqimi bo‘ylab kelayotgan qayiqni ushlab o‘qirkanda, keyingi gal qiz qog‘ozga xat yozib sevgilisiga qayiq yasab oqizarkan. Shu tarzda yoshlar uchrashishgan ekan va bu sirni to‘ylaridan keyin oshkor etishgan ekan. Shu tariqa qayiqcha origamisi paydo bo‘lgan ekan. Kuchukcha origami: Kuchukcha origamisi haqida bolalar uchun bir multifilm bor edi. Shuni hikoya qilib beraman. Bir yapon amaldori-samurayining farzandi uzoq muddatdan beri kasal yotadi. U farzandini ko‘p tabiblarga ko‘rsatadi lekin hech tuzalmaydi. Ozgina ham tuzalish alomatlari sezilmaydi. Shu tarzda kunlar o‘tib boraveradi. Bir kuni bu amaldor bir mo‘ysafid cholni o‘g‘lini ko‘rib qo‘yishi uchun chaqirtiradi. Bu chol bolani ko‘rib qo‘yadi va bolaga qog‘ozdan kuchukcha o‘yinchog‘ini yasab beradi. Bola bu o‘yinchoqni uzoq tomosha qilib yotib, uxlab qoladi. Tushidami yoki xayoliy ongida mo‘jiza yuz berib, kuchukchaga jon kirib, u bilan o‘ynab dalaga chiqib ketadi. Bola shu o‘yinchoq kuchukcha bilan o‘ynay boshlaydi va tuzalib o‘zi dalaga yurib chiqadi. Va shu o‘yinchoq tufayli kasaldan xalos bo‘ladi. Shu sabab ham yaponlar origami o‘yinchoqlarida ilohiy kuch bor deb hisoblashgan. Shuning uchun ham diniy marosimlarda ibodatxonalarini origami o‘yinchoqlari bilan bezatishgan. Do‘ppi origami: Do‘ppi origami bu bizning milliy do‘ppimizning qog‘ozdan yasash uchun kvadrat shaklli qog‘ozni olib, dioganallari va tomonlari bo‘ylab buklab olinadi. Keyin to‘rt uchi markaziy nuqtaga olib kelib buklanadi. To‘rtta markaziy nuqtagacha bukilgan ushlar yarmisi,yarmisidan ikki marta buklab olinadi. Va rasmdagi kabi to‘rtta uchi qirqiladi. Qirqilgan uchlar ishkariga buklanadi. Keyin xuddi do‘ppini buklab olib, ilgarilari do‘ppilarni yig‘ilgan ko‘rpa-to‘shaklar orasiga taxlab qo‘ygandek, buklab olinadi. Rasmdai ko‘rinishdagi amallarni bajarib bo‘lgach, o‘g‘il yoki qiz bola do‘ppisidek naqshlar chizib ranglanadi. Do‘ppi yasab, chizib, ranglanib bo‘lgandan keyin insonga ijodkorlikka undashidan tashqari olam-olam quvonch bag‘ishlaydi. Origami o‘yinchoqlari maktabgacha yoshdagi bolalarni quvontiradi, zavqlantiradi, davolaydi, o‘rgatadi, rivojlantiradi, shakllantiradi, yuksaltiradi. Download 31.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling