Original-Nafisa Yusupova-Musiqa savodi p65
Major, minor va uchtovushliklar
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
N.Yusupova=Musiqa savodi, metodikasi va ritmika
Major, minor va uchtovushliklar
hamda ularning yozilishi Tonika va alteratsiya tushunchalarini bilib olgandan keyin, Yevropa musiqasida keng yoyilgan asosiy ladlar major va minor bilan bevosita tanishishga o‘tish mumkin. Dastlab lad tovushini ko‘rib chiqish va esda qoldirish shart emas, bolalarni eshitib olib, major va minor ladlarini ajrata bilishga o‘rgatish mumkindir. Odatda, majorni shodiyona, xushchaqchaq lad sifatida, minorni esa xazin, mungli lad sifatida bir muncha soddalashtirilib aniqlanadi. Major va minorning barcha bosqichlaridan uchtovushlik tuzish mumkin. Har bir uchtovushlik tuzilgan bosqichga qarab mustaqil nomga ega bo‘ladi: I bosqich uchtovushligi tonika uchtovushligi deyiladi. IV bosqich uchtovushligi subdominanta uchtovushligi deyiladi. V bosqich uchtovushligi dominanta uchtovushligi deyiladi. Ular majorda TSD harflari bilan, minorda esa tsd harflari bilan belgilanadi. Tersiya bo‘yicha joylashgan yoki joylashishi mumkin bo‘lgan va ayni vaqtda qo‘shilib eshitilgan uch va undan ortiq tovushlar qo‘shilmasiga akkordlar deyiladi. Uch tovushdan iborat tersiya bo‘yicha joylashgan akkord uchtovushlik deyiladi. Uchtovushlikning qaysi holatda bo‘lishi shu uchtovushlik tarkibiga kiradigan tersiyalarning joylashuv tartibi va holatiga bog‘liqdir. O‘qituvchi major va minor haqidagi tasavvurlarini mustahkamlash uchun o‘quvchilarga xilma-xil mashqlarni berish mumkin: a) o‘qituvchining ijro etadigan kuyini eshitib olib, uning qanday ladda yozilganini aniqlash; b) major va minorda yaratilgan kuyni tinglatadi, o‘quvchilar esa qaysi kuy qanday ladda yozilganini ifodalaydi. 23 Major va minor ladlari orqali tuzilgan uchtovushliklar kuy- qo‘shiqlarning chiroyli yangrashini ta’minlab beradi. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1. Major deb nimaga aytiladi? 2. Minor deb nimaga aytiladi? 3. Uchtovushliklarni yozib ko‘rsatib bering. Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling