Mavzu: Gullagan bog‘ Maqsad


Download 25.5 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi25.5 Kb.
#1586910
Bog'liq
Mavzu Gullagan bog‘


Mavzu: Gullagan bog‘
Maqsad: Bolalarga bahor fasli haqida tushuncha berish.
Bahor faslida bog‘larda bo‘ladigan o‘zgarishlar haqida tasavvurlarini mustahkamlash.
Faoliyatning borishi
-Assalomu alaykum aziz bolajonlar faoliyatimizni boshlashdan avval sizlarga kulgu, tabassum hadiya etaman.
Ana endi faoliyatimizni boshlaymiz.
-Hozir qaysi fasl?
-Bahor fasli (ovozda)
-Bugun haftani nechanchi kuni? Bolalar javoblari.
-Bir yilda nechta fasl bor? Bolalar javoblari.
-Bahor faslida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi? Bolalar javoblari.
Yangi mavzu: “Gullagan bog‘”
-Kelinglar gullagan bog‘ga sayrga boramiz.
Musiqa ostida bolalar bilan yuramiz. She’r o‘qish. Tashrif buyurgamiz.
Bolalar bilan AKT orqali “Gullagan bog‘ni” tomosha qilish. Shu payt dehqon bobo xonaga kirib keladi.
-Iya meni bog‘imga kimlar tashrif buyurishibdi?
-Assalomu alaykum.
-Va alaykum assalom. Xush kelibsiz bog‘imga.
-Bu sizning bog‘ingizmi bobo.
-Bu mening bog‘im, qolaversa bolajonlarimning bog‘i.
-Bog‘imizda ko‘pkina mevali daraxtlarni ko‘rdinglarmi? Sizlar uchun ekdim gullar ham ekdik.
-Menga kim yordam berishni xohlaydi? Daraxtlarni tagini yumshatib, suv quyish kerak.
Dehqon bobo bilan bolalar ko‘chat ekadilar.
Tarbiyachi bolalarni markazlarga jalb qiladi.
-Bolajonlar endi markazlarda gullagan bahorni tasvirlaymiz.
San’at markazida: Gullagan daraxt suratini chizadilar.
Qurish yasash va matematika markazida: Mazaikadan gullar suratini aks etiradigan.
Syujetli rolli o‘yin markazida: Gul do‘koni o‘yinini o‘ynaydilar.
Nutq va til markazida: Qirqma rasmni yig‘adilar.
Tabiat markazida: Gullarimizni bargini changini aritsh. Gul tagini yumshatish. Suv bilan sug‘orish. Bolalarimiz ishlarini tugatgach. “Quyosh va yomg‘ir” harakatli o‘yinini o‘ynashadi.
Dehqon bobo bolalarimiz ishlarini ko‘rib chiqadi.
O‘RIK GULLAGANDA
Derazamning oldida bir tup
O‘rik oppoq bo‘lib gulladi...


Novdalarni bezab g‘unchalar,
Tongda aytdi hayot otini
Va shabboda qurg‘ur ilk sahar
Olib ketdi gulning totini.


Har bahorda shu bo‘lar takror,
Har bahor ham shunday o‘tadi,
Qancha tirishsam ham u beor
Yellar meni aldab ketadi.


Mayli, deyman va qilmayman g‘ash,
Xayolimni gulga o‘rayman;
Har bahorga chiqqanda yakkash,
Baxtim bormi, deya so‘rayman.


Yuzlarimni silab, siypalab,
Baxting bor, deb esadi yellar.
Etgan kabi go‘yo bir talab,
Baxting bor, deb qushlar chiyillar...


Hamma narsa meni qarshilar,
Har bir kurtak menga so‘ylar roz,
Men yurganda bog‘larga to‘lar
Faqat baxtni maqtagan ovoz:


«Mana senga olam-olam gul,
Etagingga siqqanicha ol,
Bunda tole har narsadan mo‘l,
To o‘lguncha shu o‘lkada qol.


Umrida hech gul ko‘rmay, yig‘lab
O‘tganlarning haqqi ham senda,
Har bahorni yig‘lab qarshilab
Ketganlarning haqqi ham senda...»


Derazamning oldida bir tup
O’rik oppoq bo‘lib gulladi...
Hamid Olimjon
Quyosh va yomg‘ir” o‘yini
Bolajonlar endi bir oz jismoniy daqiqa qilamiz. Bahor faslida o‘zgaruvchan ob-havo bo‘ladi qani endi havo bulutli yomg‘ir yog‘moqda osmon gumburlab bulut ko‘rindi bolalar panaga qochadilar bir ozdan so‘ng havo ochildi quyosh bobo ko‘rinish berdi bolalar o‘yin kulgu qila boshlaydilar hursandchilik qiladilar shu tarzda 3-4 marotaba qaytaramiz bolajonlarni kayfiyatlari ko‘tariladi.
Bolalar ishlarini tahlil qilamiz.
1. Bilolxon san’at markazida gullagan daraxt rasmini tasvirladilar daraxt tanasining rangi jigarrang bo‘yoqda tasvirladilar gullarining rangi oq bo‘yoqda tasvirladilar to‘g‘ri besh baho.
2. Matematika markazida Bahoviddin bilan Akbarjon ochilgan gul rasmlarini markazida tasvirladilar to‘g‘ri tasvirlashdi shuning uchun rangi qizil tanasining rangini yashil tugmachalarda tasvirlangan.
3. Suyujetli rolli o‘yinli markazida Muslima bilan Nodirbek “Gul do‘koni” nomli o‘yin o‘ynashdi.
4. Nutq va til markazida Qirqma gul rasmini birlashtirdilar Parizoda va Izzatullo a’lo darajada bajardilar.
5. Ilm fan va tabiat markazida Muhammadsolih bilan gul ekish faoliyatini bajardik a’lo darajada yakunlandi.
Bolalar markazlarda bajargan ishlarini rag‘batga sazovor bo‘lganligi sabab, Dehqon bobo o‘zining bog‘ida o‘sgan gullaridan bolajonlarga taqdim etgilar.
Download 25.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling