O‘rish apparati ishning tadqiqoti
Download 100.51 Kb.
|
1 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli
- O‘qituvchi talabalarga
16-amaliy mashg’ulot O‘RISH APPARATI ISHNING TADQIQOTI Mashg‘ulotni o‘tkazishdan maqsad: G‘allani kombayn bilan yig‘ishtirishda hosilning ayrim qismi nobud bo‘lishiga sabab bo‘ladigan omillar, ularning orasidagi eng muhimi hisoblanadigan – g‘allani o‘rish balandligini mahalliy sharoitdagi poyalar balandligiga moslab o‘rnatishning ahamiyatini talabalarga o‘qtirish. Kombayn o‘rish balandligiga uningi shchi tezligining ta’sirini talabalarga namoyish qilish. Kerakli jihozlar: segment barmoqliapparati yoki uning maketi; plakatlar. O‘qituvchi talabalarga: G‘alla kombayni ishida don nobudgarchiligini oshiradigan sabablarni talabalarga eslatib, izohlaydi. Asosiy sabablarning biri sifatidamahalliy sharoitdagig‘allapoyalarining balandligiga mos bo‘lgan balandlikdagina o‘rish lozimligini tushuntiradi. Poyalarni shunday balandlikda o‘rish kerakki, uning o‘rib olingan qismining 40% don, 60% somon tashkil qilishi kerak. Donning somon miqdoriga nisbati 1,0:1,5 bo‘lgan sharoitga kombayi yanchish apparatining parametrlari moslanib belgilangan bo‘lishini tushuntiradi. Bunday nisbatni saqlash uchun baland poyalar balandroq, past bo‘yli (60 sm dan kam) poyalar iloji boricha pastroq o‘rilishi kerak. Respublikamiz dalalarida, ayniqsa lalmi yerlarda, g‘alla o‘rta va past bo‘yli hisoblanadi. Me’yoridan baland o‘rilgan poyalarning kesib olingan qismi kalta bo‘lsa, butun boshoqlarning o‘rgichdan yerga tushib ketishi ham ko‘proq bo‘ladi. Kombayn yanchish apparati parametrlari ushbu 1:1,5 nisbatiga moslangan bo’ladi. Agar mazkur nisbat o’zgartirilgan vaziyatda ishlatilgan kombayn yanchish apparati ishining sifatini yomonlashtiradi. O‘rish apparati segmentining va uning traektoriyasini qurish tartibini va uning yordamida poyaning o‘rilmasdan ang‘izda (yerda) qolayotgan qismi, ya’ni amaldagi o‘rish balandligini aniqlashni plakatdan ko‘rsatib tushuntiradi. Buning uchun ma’lum masshtabda (52-rasm) AVSD segmenti chizilib, uning bir tomonga to‘liq yurib borib to‘xtashiga sarflanadigan, ya’ni harakatning yarim siklini bajarishdagi vaqti t=30/n, hisoblanadi. (bu yerda n – pichoqning bir minutdagi harakatlanishi to‘liq siklining soni), t vaqt ichida VM tezligi bilan ishlayotgan kombayn bosib o‘tadigan yo‘l L=VMt, aniqlanadi. Segmentning bir tomonga bosib o‘tadigan yo‘li S, uni harakatga keltiradigan krivoship radiusiga bog‘liq bo‘ladi. Krivoship yarim aylanganida qoldiradigan yarim aylana hamda L yo‘li uzunligi o‘zaro teng bo‘lgan birxilzbo‘laklarga (26-rasmda z=6) bo‘linadi va tartib raqamlari (1,2,...6) bilan belgilanadi. S va L dagi bir xil raqamli nuqtalardan o‘tkazilgan gorizontal va vertikal chiziqlarning kesishgan nuqtalari birlashtirilib, sinusoidaga o‘xshashbo‘lgan traektoriya chiziladi. Segmentning har qanday nuqtasi (misol uchun, A,V,S) D nuqta bilan parallel bo‘lishidan foydalanib, poyalarga bevosita tegib yurayotgan, ya’ni faol tig‘i CD ning traektoriyasi va segmentning yangi holati A1B1C1D1 quriladi. Shu tartibda siklning ikkinchi yarmida dastlabki holatiga qaytgan segment A2B2C2D2 chiziladi. A2B2C2D2 shakldagi maydon poyalarini D2C2 tig‘i, A1A2B1B2 dagi poyalarni esa A1B1 tig‘io‘rib ketishini talabalarga tushuntirish kerak. Segment harakatining to‘liq bir sikli bajarilganida E maydonidan segment tig‘i ikki marta o‘tishini, F maydonidagi poyalarga qilinayotgan segment tig‘lari tegmasligi (F maydoni poyalarini qo‘shni segment o‘rib ketadi) tushuntiriladi. D nuqtadagi poyani segment o‘zi bilan birgalikda surib, qo‘zg‘almas barmoq tig‘i T dagi I nuqtasida qisib, kesib ketadi. S nuqtadagi poya R nuqtada kesiladi. Poyalar T tig‘ining I-R qismida kesiladi. S poyasi D poyaga nisbatan ko‘proq engashadi (chunki SR>OI). Bevosita IR tig‘ini ostidagi poyalar umuman engashtirilmasdan kesiladi. Demak, IR masofasida kesilgan poyalarningang‘izi turli balandlikda bo‘ladi. Bu jarayonni tushuntirish maqsadida, segment tig‘i nuqtalarining traektoriyasi (misol uchun, V1V2) ga Q-Q urinmasi o‘tkazilib, β burchagi(taxminan ). Q-Q chizig‘ini traektori ya’ni kesuvchi tik tekislik izi debqilib, uning hosil qilgan kesim o‘lchamlarini aniqlash maqsadida, unga parallel W-W chizig‘i chiziladi. Q-Q tekisligi barmoq tig‘lari bo‘lgan T chiziqlari bilan kesishgan W-W (yer yuzasi) ga nisbatan h balandligida o‘rnatilgan o‘rish apparatini barmoqlari ko‘rinishida chiziladi. Yurib ketayotgan kombayndagi barmoq taroqqa o‘xshab, o‘zining ostidagi poyalarni ikki tomonga ayiradi. Download 100.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling