O‘rish apparati ishning tadqiqoti


- rasm. Baland o‘radigan o‘rish apparati segmentining traektoriyasi


Download 100.51 Kb.
bet2/2
Sana06.11.2023
Hajmi100.51 Kb.
#1751008
1   2
52- rasm. Baland o‘radigan o‘rish apparati segmentining traektoriyasi:
1-krivoshipning yarim aylanasi; ABCD -segment; TT-qo‘zg‘almas
barmoq tig‘i


M nuqtasida o‘sgan poya yon tomonga engashib, MG holatida deb faraz qilinsa, Vs yo‘nalishida siljilyotgan segment uni q nuqtasida kesadi. mzq uchburchagining gipotenuzasi bo‘lgan Mq maksimal o‘rish balandligi Nmax ekanligi aniqlanadi. Z nuqtasidagi poya tik holatida kesilgani sababli, uning o‘rish balandligi h kelib chiqadi. Bundan tashqari, segment tig‘iga D nuqtasida uchratilgan poya U nuqtasida kesilgunicha, VM tezligi bilan ketayotgan kombayn bilan birgalikda old tomonga li masofaga engashadi. S nuqtasidagi poya R nuqtasida kesilgunicha old tomonga lp masofasiga engashtiriladi. Har qanday i poyani o‘rish balandligi amaldan Han = ga teng bo‘ladi (bu yerdagi Hi poyani segment engashtirishi hisobiga o‘rish balandligining o‘zgarishi; li – esa kombayn ta’sirida poyaning old tomoniga engashishi).
Bir segment o‘rganmaydonda poyalarning ang‘izdagi qoldiqlari turli Hi balandlikda bo‘ladi, chunki Hi bilan li uzluksiz o‘zgarib turadi. Segmentning yurish sikllari soni amalda o‘zgarmas bo‘lganligi sababli Hi larning o‘zgaruvchanlikdarajasi ham o‘zgarmas bo‘ladi. Ammo, sharoitga qarab, kombaynning ishchi tezligi VM o‘zgartirilsa,li demak, Hao‘zgaradi. Qanchalik VM katta qo‘yilsa, poyalarning old tomonga engashishi, ya’ni li shunchalik ortib, amaldagi o‘rish balandligi Na ning katta bo‘lishiga olib keladi. Demak, poyalari past bo‘lgan hosilini g‘alla yig‘ishtirishda kombayn tezligi VM kamroq qo‘yilishi ma’qul bo‘ladi, chunki poyalarning old tomonga engashish darajasilortib ketib, o‘rilib olingan g‘alla kalta bo‘lib qoladi. Ma’lumki, g‘allaning o‘rib olingan qismi kalta bo‘lib qolsa, don nobudgarchiligi ortib ketadi. Kombayn ishchi tezligini mahalliy sharoitlarga, poyalarning balandligiga, hosildorlikka moslab belgilash katta ahmiyatga ega ekanligini talabalarga o‘qtirish kerak.

  1. Talabalarni uchta guruhchalarga bo‘lib, ularga bir- biridan farqlanadigan VM1,VM2, VM3 tezlikda ishlatiladigan kombayndagi segment traektoriyasini masshtabda chizishni topshiradi. Segmentning tebranish sikli n soni uni yer yuzasiga nisbatan o‘rnatish balandligi h hamma variantlar uchun bir xil beriladi. Har bir variant uchun maksimal o‘rish balandligi, ya’ni ang‘iz balandligi Na aniqlanadi. Keyin amaldagi maksimal o‘rish balandligi Nmax= f (VM) grafigi chiziladi.

Talabalarga beriladigan topshiriq:

  1. Ma’lum o‘lchamdagi segmentning faol tig‘i traektoriyasi kombayn tezligining berilgan miqdori uchun chizilsin va amaldagi o‘rish balandligi aniqlansin.

  2. To‘rtta variant natijalari asosida h=f (VM) grafigini chizib, xulosalar yozilsin.

  3. Hisobotni himoyalashga tayyorgarlik ko‘rilsin.

Testlash uchun namunaviy savollar:

  1. Qanday sabablarga ko‘ra segment tig‘i tegkan poya engashtirilib kesilishi mumkin?

  2. Kesilayotgan poyaning segment bilan birgalikda engashish darajasi qanday omillarga bog‘liq bo‘ladi?

  3. Qanday sabablarga ko‘ra poyaning kesib olingan qismi kalta bo‘lsa, butun boshoqlarning yerga tushib ketish ehtimoli ortib ketadi?

  4. O‘rish balandligini oshirmaslik uchun amalda qanday choralar ko‘rilishi lozim?

  5. Qanday sababga ko‘ra, lalmikor g‘alla xo‘jaliklarida tez yurar kombaynlardan foydalanmaslikka intilish kerak?

Eslab qolish uchun ma’lumotlar:

  1. Harakatlanayotgan segment tig‘i uchratgan poyani engashtirib, qo‘zg‘almas barmoqning tig‘iga qisganidan so‘ng kesadi.

  2. Poyalar segment ta’sirida har xil darajada engashtiriladi. Shu sababli ularni o‘rish balandligi ham har xil bo‘ladi.

  3. Poyalar segment ta’sirida ko‘ndalang hamda ilgari tomonga engashtirilib kesiladi. Kombayn ishchi tezligi qanchalik katta bo‘lsa, poya shunchalik ilgari tomonga ko‘proq kengashtirilib kesiladi, o‘rish balandligi katta bo‘lib qoladi.

  4. O‘rish balandligi o‘rish apparatini yerga nisbatan o‘rnatish balandligidan doimo katta bo‘ladi.

  5. O‘rish balandligini pasaytirish uchun segmentlarning tebranib yurish sikli sonini oshirish ma’qul bo‘ladi. Kombayn ishchi tezligini kamaytirish hisobiga bu maqsadga erishish noma’quldir.

Download 100.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling