SUG‘ORISHGA BERILAYOTGAN VA OQOVA SUV
MIQDORINI HISOBLASH
Sug‘orishga berilayotgan va oqova suv miqdorini hisoblash maqsadida sug‘orish tizimlarida maxsus xizmat tashkil qilingan. Har bir xo‘jalik kerakli miqdordagi suvni o‘z vaqtida olib, uni rejaga asosan taqsimlash zarur. Buning uchun suv o‘lchash va taqsimlash inshoatlariga hamda malakali mutaxassislarga ega bo‘lmoq ke-rak.
Muvaqat sug‘orish shahobchalariga-o‘qariqlarga, almashlab ekish dalalariga, sholichilik cheklari va pollarga berilayotgan suv miqdorini hisobga olish maqsadida italyan olimi Chipoletti tomon-dan ishlab chiqilgan trapesiya shaklidagi suv o‘lchash asbobidan foydalaniladi.
Chipoletti suv o‘lchash asbobining (ChSA) ostonasini eni 0,25 m. va 0,50 m. shakli muvaqat sug‘orish tarmog‘idan o‘tayotgan va sarfi 5- 80 /sek gacha bo‘lgan suv miqdorini o‘lchash imkoniya-tini beradi. ChSA - 0,75 m. va boshqalari esa 15-230 /sek.gacha bo‘lgan suv miqdorini o‘lchaydi.
Chipoletti (ChSA-0,25; ChSA-0,50; ChSA-0,75) suv o‘lchash asbobi trapesiya shaklida bo‘lib, uning asosini ostonasi va suv o‘l-chash reykasi tashkil etadi (12-rasm).
Oqavaga chiqib ketayotgan suvning miqdorini o‘lchash uchun ingliz olimi Tomson ishlab chiqgan va burchagi 900 bo‘lgan (TSA-900) suv o‘lchash asbobi ishlatiladi. Asbobning suv o‘lchash qobiliyati har sekundda 1-45 litr.
11-rasm. Chipoletti suv ulchas asbobi (ChSA-0,50).1-suv ulchas asbobining ostonasi; 2-asbobning suv o‘tkazish qismi; 3-ulchash reykasi.
Mazkur suv o‘lchash asboblari sug‘orish tarmoqlarida doimiy yoki ko‘chma (bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirib ishlatiladigan) holda ishlatiladi.
Tomsonning uch burchak shakldagi suv o‘lchash asbobi hiso-blash reykasi va 900 lik burchakdan iborat (12-rasm).
12-rasm.Tomsonning uch-burchak shaklidagi suv
o‘lchash asbobi (TSA-900).1-asbobning quyi qismi, 2-sug’orish tarmog’ining kesimi, 3-suv ulchash reykasi.
Suv o‘lchash asboblarini o‘rnatish jarayonida uning yonlaridan va ostidan suv sizib o‘tmasligi uchun u tuproq bilan yaxshilab shibbalanib o‘rnatiladi. O‘rnatishda undan o‘tayotgan suvni erkin oqib o‘tishini ta’minlash kerak (13-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |