"Orlan-10" uchuvchisiz uchish apparatining taktik-texnik ko‘rsatgichlari bo‘yicha


YMBP (NPDU) ni joylashtirish uchun joy tanlash


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/18
Sana26.01.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1124106
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
УУА «Орлан-10»

YMBP (NPDU) ni joylashtirish uchun joy tanlash. 
YMBP (NPDU)ni joylashtirish uchun joy tanlash cheklovlari: 
− YMBP (NPDU) va uchirish moslamasi joylashgan joylar o‘rtasida 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri radio ko‘rinishi; 
− YMBP (NPDU) uskunasini tabiiy yoki sun’iy boshpanalar (chodir, transport 
vositasida va h.k.) ostiga joylashtirish orqali tabiiy hodisalardan, xususan 
yog‘ingarchilik va quyosh nurlaridan himoya qilishni ta’minlash; 
− buyruq-telemetrik radioaloqa (KTR) va foydali yuklama antennalarini 
o‘rnatish talablari; 
− kamida 10 m masofada, lekin 20 m dan ortiq bo‘lmagan masofada avtonom 
quvvat manbai benzin generatorini o‘rnatish imkoniyati. 


36 
4. UUAda qo‘llaniladigan foydali yuklama mo‘ljallanishi 
1-variant (Foydali yuklama) - to‘g‘ridan-to‘g‘ri radio ko‘rinishi mavjud 
bo‘lganda qisqa (120 km gacha) va o‘rta (500 km gacha) masofalarda joylashgan 
ob’ektlar va yerlarni kamera, videokamera va issiqlik tasviri, shuningdek GSM-
900/1800 standartidagi (keyingi o‘rinlarda GSM) uyali aloqa tizimlarining elektron 
razvedka (RTR) vositalaridan foydalangan holda havodan kuzatish uchun 
mo‘ljallangan. 
2-variant (Foydali yuklama) - UUA bortida o‘rnatilgan giroskopik 
videokameradan foydalangan holda, qisqa (120 km gacha) masofada joylashgan 
ob’ektlar va erlarni batafsil havodan razvedka qilish va kuzatish uchun 
mo‘ljallangan. 
3-variant (Foydali yuklama) - UUA bortida o‘rnatilgan giroskopik issiqlik 
tasviri videokameradan foydalangan holda, qisqa (120 km gacha) masofada 
joylashgan ob’ektlar va erlarni batafsil havodan razvedka qilish va kuzatish uchun 
mo‘ljallangan. 
4-variant (Foydali yuklama) - qisqa (120 km gacha) va o‘rta (500 km 
gacha) masofada hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri radio ko‘rish imkoniyati mavjud 
bo‘lganda 30 - 3000 MGts chastota diapazonida ishlaydigan radioelektron 
qurilmalardan tarqalayotgan radionurlanishlarni aniqlash hamda radio razvedka 
(bir vaqtning o‘zida texnik ekspress tahlil va ko‘p kanalli yo‘nalishlarni 
pelenglash) tadbirlarini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan. 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling