O’rnatilgan prosessorlar reja O’rnatilgan tizimlarda qo’llaniladigan prosessorlar 2


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
Sana26.01.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1126944
Bog'liq
O’rnatilgan prosessorlar reja O’rnatilgan tizimlarda qo’llanilad



O’RNATILGAN PROSESSORLAR 
Reja
1. O’rnatilgan tizimlarda qo’llaniladigan prosessorlar 
2.
Kontroller moduli prosessori
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


O’RNATILGAN TIZIMLARDA QO’LLANILADIGAN PROTSESSORLAR. 
 
Kompyuter tarmoqlarining rivojlanishi taqsimlangan axborot 
boshqaruv 
tizimlarinini rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Integral 
mikrosxemalarining 
rivojlanishi 
boshqaruv 
obyektlarining 
mikroprotsessorlarini (MP) ish jarayonini o‘zgarishiga sabab bo‘ldi. 
Yangi texnologiyalar kiritish sharoitida mutaxassislar oldida texnologiya 
jarayonlarini o‘rnatish tarkibiy qismlarining qo‘llanilishi, zamonaviy 
texnologiyalar asosida tarmoq yaratish kabi masalalar tadqiqoti 
dolzarblashdi. 
Xususan, mikrokontrollerlar asosida dasturiy boshqariladigan 
qurilmalarni yaratish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Buning uchun 
qurilmalarga dastur yaratish jarayonini amalga oshirish zarur bo‘ladi. 
Foydalanilayotgan platada asosiy modulli mikrokontroller ATmega128 
bo‘lib hisoblanadi. Bundan tashqari, platada turli periferiya qurilmalari, 
kuchlanish stabilizatori va yordamchi qurilmalar mavjud. 


 
SN ATMega128A platasining umumiy ko‘rinishi 
Kontroller modul platasi to‘g‘irlagich va kuchlanish stabilizatori 
bilan jihozlangan. Kirish kuchlanishi 6–15 V. Plata manbaga ulanishi 
bilan mos svetodiodlar yonadi. Mikrokontrollerni ISP va JTAG interfeysi 
orqali dasturlash mumkin. MK chiqishlari multipleksorga ulangan bo‘lib, 
uning vazifasi mikrokontrollerning chiqishlarini kerakli funksiyalar 
uchun ulashga kerak bo‘ladi. Mikrokontroller ATmega128 ikkita ketma-
ket interfeys bilan jihozlangan bo‘lib, signallari RS-232 pog‘onasiga 


MAX232 o‘zgartirgich bilan o‘zgartirilgan. Plataga qo‘shimcha 
xotira — 4 Mb Atmel AT45DB041B Flash-xotira o‘rnatilgan. Xotira 
mikrokontroller bilan SPI interfeys orqali ulangan va uni ma’lumotlarni 
saqlash uchun foydalaniladi. Qurilma modullarini boshqarish uchun 
mikrokontroller kiritish chiqarish portalirini moslashtirish kerak bo‘ladi. 
 
Kiritish chiqarish portlarini tashkillashtirish 
Plataning modullari sxemasida har bir modulning kiritish va 
chiqarish ulanish portlari ko‘rsatilgan. Dasturlash jarayonida aynan 
keltirilgan portlar orqali murojaat etiladi. Platada sozlash jarayonlarini 


amalga oshirishda bir qancha dasturlash muhitlari mavjuddir. Ushbu 
muhitlardan biri — AVR Studio 4 muhiti hisoblanadi. 
AVR Studio 4 — bu ishlab chiqarish muhiti bo‘lib, (IDE, Integrated 
Development Environment), AVR-operatsion tizimlar uchun juda 
ham qulay muhit hisoblanadi. Ushbu muhit 8 razryadli AVR RISC 
mikrokontrollerlari uchun dasturiy muhit hisoblanadi. Muhitda assembler 
va S (si) dasturlash tillaridan foydalaniladi. 
AVR Studio 4 muhiti oynasi 
Hosil qilingan dastur .hex kengaytmali faylini mikrokontrollerga 
yuklab boshqaruv qurilmalarini ishga tushiramiz. Uning uchun maxsus 
dasturiy muhitlar mavjud bo‘lib, ulardan AVRDUDE muhitidir. 


AVRDUDE oynasi 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


Xulosa 
Xulosa qilib aytganda, o‘rnatilgan tizimlarni boshqarish dasturiy 
ta’minotini SN ATMega128A platasida sozlash afzalliklaridan tashqari, 
yaratilgan dasturiy ta’minotni qurilmalarga yuklab, ish jarayonini vizual 
kuzatishda bir qancha muammolar kelib chiqadi. Ushbu muammolarni 
bartaraf etish uchun SN ATMega128A platasida sozlash ishlari amalga 
oshiriladi. Bundan tashqari, keltirilgan dasturiy muhitlar foydalanuvchi 
uchun tushunarli va qulay bo‘lishi bilan birga, murakkab o‘rnatilgan 
tizimlar uchun dasturni yaratish jarayonining oddiyligi, mikrokontroller 
turlarining mavjudligi, ularning qurilmalarini ish jarayonini tarkibiy 
qismini ishlash imkoniyatining mavjudligi va boshqa imkoniyatlarga ega. 


Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. J. YU. Yunusov, X. YU. Abasxonova. Raqamli qurilmalar va 
mikroprotsessor tizimlari. Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma. 
Toshkent 
2010. 
2. U. B. Amirsaidov, X. Yu. Abasxanova. Mikroprotsessorlar. Oliy o‘quv 
yurtlari 
uchun 
o‘quv 
qo‘llanma. 
Toshkent 
2014. 
3. Программирование на ассемблере для AVR-микроконтроллеров : 
Лаб.практикум по основам микропроцессорной техники / А. Ю. 
Бальзамов. — Саранск : Изд-во Мордов. ун-та, 2012. — 108 с. 
4. Ю. А. Шпак. Программирование на языке С для AVR 
микроконтроллеров К: «МК-Пресс», 2006., 400 с. 

Document Outline

  • O’RNATILGAN PROSESSORLAR
  • Reja
  • 1. O’rnatilgan tizimlarda qo’llaniladigan prosessorlar
  • 2. Kontroller moduli prosessori
  • O’RNATILGAN TIZIMLARDA QO’LLANILADIGAN PROTSESSORLAR.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling