Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining
2021-yil 19-iyuldagi 4/1-son Hay’at qarori ijrosini ta’minlash to`g`risida
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri (vazirlik)ning 2021-yil 14-iyuldagi “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida, 2017-2021-yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo’llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining ijro intizomini mustahkamlash, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosini samarali tashkil etishda barcha darajadagi rahbarlarning shaxsiy javobgarligini kuchaytirish bo`yicha 2021-yil 10-fevraldagi
PF-6166-son Farmonida, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-yarim yilligi ish rejasida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, 2021-yilning 2-yarim yilligida O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi oldida turgan vazifalarni belgilab olish hamda ular ijrosi samaradorligini ta’minlash to`g`risida”gi 4/1-sonli Hay’at qarori ijrosini ta’minlash maqsadida
BUYURAMAN:
Vazirlikning 2021-yil 19-iyuldagi 4/1-sonli Hay’at qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari (B.Imanov), Yoshlar masalalari va ma’naviy ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari (Sh.Qosimov)lar zimmasiga:
uch kun muddat ichida ish rejani vazirlikning tegishli buyrug’i bilan tasdiqlangan ish rejasiga muvofiqlashtirsin hamda har oylik shaxsiy ish rejalarni tasdiqlash amaliyoti davom ettirilsin.
Devonxona (Sh.Tursunov) Vazirlikning 307-sonli buyruqdagi topshiriqlar yuzasidan tegishlili fakultet dekanlari, kafedira mudrlari, bo’lim boshliqlarini tanishtirish vazifasi yuklansin.
Ushbu buyruqning ijro nazoratini o’z zimmamda qoldiraman.
Asos: O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 2-yarim yillik ish rejasi to’g’risidagi 4/1-sonli Hay’at qarori.
Direktor E.Qabulov
Do'stlaringiz bilan baham: |