O‘rni ma’ruza rejasi


Download 365.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi365.33 Kb.
#1549143
  1   2   3   4
Bog'liq
Ma\'ruza-1 (2)



«FANNING MAQSADI, UMUMIY TARKIBI VA UNI BOSHQA 
UMUMUHANDISLIK HAMDA MAXSUS FANLARNI O‘RGANISHDAGI 
O‘RNI» 
 
MA’RUZA REJASI: 
1. 
So‘z boshi. 
2. 
Fanning maqsadi, umumiy tarkibi va uni boshqa umumuhandislik hamda
maxsus fanlarni o‘rganishdagi o‘rni. 
3. 
Elektr energiya o‘ziga oid xossalari. 
4. 
Elektrotexnikaning qisqacha tarihi. 
 
Tayanch so‘zlar: 
Magnit, elektr zaryad, elektr maydon, magnit maydon, elektr, 
mexanik, kimyoviy, issiqlik, yorug‘lik, atom energiyalar - energiya turlari; Kulon, 
Om, Kirxgof va Djoul-Lens qonunlari, Makvell tenglamalari, elektrotexnik 
qurilmalar va elektr magnit hodisalar
 
Hozirgi zamon elektroenergetikasi-mamlakatning etakchi sohasidir. U ilmiy-
texnik taraqqiyotda har qanday soha ishlab-chiqarishini jadallashtirishda hal 
qiluvchi rolni o‘ynaydi. 
Inson o‘z faoliyatining barcha sohalarida elektr energiyadan foydalanadi. Elektr 
energiya boshqa energiya turlaridan quyidagi ajoyib xossalari bilan ajralib turadi: 
a) boshqa (mexanik, kimyoviy, issiqlik, yorug‘lik, atom) energiya turlaridan 
olinishi nihoyatda sodda; 
b) uzoq masofaga yuqori foydali ish koeffitsienti (FIK) bilan uzatish va 
yuklamalarga oson taqsimlash mumkin; 
v) boshqa turdagi energiyaga oson aylantirish mumkin; 
g) turli quvvatga ega yuklamalarni bitta manbaga ulash mumkin; 
d) turli fizik tabiatli parametrlarni tok va kuchlanishga o‘zgartirish sodda; 
e) signallarni uzoq masofalarga bir onda uzatish mumkin (telefon, telegrafiya, 
radioaloqa).
 
Elektr energiyaning bu xususiyatlari qisqa tarixiy muddatda nafaqat 
elektroenergetikaning asosiy masalalarini, balki noelektr texnikalarni yangi sifat 
darajaga ko‘tarishga imkon berdi. Elektrotexnika fanining zamirida elektrotexnik, 
radiotexnik, elektromexanik va avtomatik uskunalar, shu jumladan hisoblash 
texnikasi tez sur’atlar bilan rivojlandi. 
Elektrotexnikaning yuzaga kelishi o‘zgarmas tok manbaining yaratilishi va
elektr va magnetizm sohasidagi kashfiyotlar bilan bog‘liq. 


Qadim o‘tmishda dastlab yunonlar kichik Osiyoning Magneziya tog‘ 
rudalarining parchalari temir jismlarni tortish xususiyatini payqadilar va bu hodisani 
magnetizm deb atadilar. 
Miletlik Fales eramizdan avvalgi VIII-VII asrlardanoq qahrabo ishqalanish 
natijasida elektrlanishi va unda elektr maydon paydo bo‘lishini ta’kidlagan. Elektr 
va magnit hodisalar qadim dunyodan ma’lum, lekin bu hodisalar to‘g‘risidagi fan 
1600 yilda ingliz fizigi U. Gilbert elektr va magnit hodisalar to‘g‘risida 
tadqiqotlarini e’lon qilgandan keyin boshlandi. Elektr to‘g‘risidagi fanni rivojlanish 
bosqichida elektr hodisalarning tabiatini o‘rganishga bag‘ishlangan M.V. 
Lomonosov, G.V. Rixman, B. Franklino, SH. Kulonlarning amaliy tadqiqotlari 
muhim ahamiyat kasb etdi. 
Elektr va magnit hodisalarni o‘zaro bog‘langanligini rus olimi F. Epinus 1758 
yilda o‘z ma’ruzasida aytib o‘tgan. 
1785 yilda fransuz olimi Sh.Kulon o‘z nomi bilan atalgan qonunni kashf etdi. 
U elektr maydoni kuchlanganligi tushunchasini kiritdi. Elektr zanjir tushunchasi 
1794 yilda A. Volta tomonidan kiritilgan. Volt ustuni esa 1800 yilda yaratilgan. Rus 
akademigi V.V. Petrov 1802 yilda elektroximiya bo‘yicha birinchi tadqiqotlarini 
o‘tkazgan va u elektroximiyaning asoschisi hisoblanadi. 
Magnit strelkaga tokning ta’siri X. Ersted tomonidan 1819 yilda, toklarning 
o‘zaro ta’siri esa A. Amper tomonidan 1820 yilda o‘rganilgan. Amper birinchi 
bo‘lib elektr toki, tok kuchi, elektr kuchlanish terminlarini kiritgan. Magnit 
maydonining dastlabki tadqiqotlari J.B. Bio va M. Savar tomonidan o‘tkazilgan va 
Laplas tomonidan matematik ravishda umumlashtirilgan (Bio – Savar – Laplas 
qonuni). 
Elektrostatikaga oid ayrim tenglamalarni fransuz matematigi S. Puasson tadqiq 
etgan. Elektromagnit maydonning materialistik konsepsiyasi ingliz olimi M. 
Faradey tomonidan rivojlantirilgan. U elektr va magnit maydonlarni tadqiq etish 
uchun kuch va ekvipotensial chiziqlar atamalarini kiritgan.
1782 y. Laplas o‘z nomi bilan ataladigan tenglamalarni og‘irlik nazariyasiga 
tegishli asarlarida qo‘llagan. Elektromagnit induksiya qonunini 1831 yilda ingliz 
fizigi M. Faradey tajriba yo‘li bilan kashf etgan va elektrokimyo qonunlarini birinchi 
bor o‘rgangan. Elektromagnitli telegraflar rus injeneri P.Shilling tomonidan 1832 
yili yaratilgan. Rus akademigi B. Yakobi 1838 yili suv kemasi uchun elektr mashina 
yaratgan. Elektr zanjiriga oid Om qonuni 1826 yilda nemis olimi G. Om tomonidan 
kashf etilgan. 



Download 365.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling