O‘rni ma’ruza rejasi
Download 365.33 Kb. Pdf ko'rish
|
Ma\'ruza-1 (2)
1948 yilda Farhod GESining birinchi navbati ishga tushirildi. Bu O‘zbekiston
energetikasi tarixidagi eng ulkan zafarli davr hisoblanadi. GESning ishga tushirilishi Toshkent-Farg‘ona energetika sistemalarini birlashtirishga asos soldi. 1- va 2-Oqqovoq, 2- va 3-Bo‘zsuv, Shahrixon, qumqo‘rg‘on GESlari qatori shu davrda Angren, Qo‘qonIESlari va o‘nlab boshqa sanoat yo‘nalishidagi stansiyalar ishga tushirildi. 1945-1956 yillarda elektr energiya ishlab chiqarish 1940 yilga nisbatan 5,5 marta, ishlab chiqarishning jihozlanganlik ko‘rsatkichi 16,5 marta ko‘paydi. 1951- 1955 yillarda o‘nlab yangi stansiyalar, xususan, Toshkentda Shayxontohur va 2 ta yangi Bo‘zsuv GESlari, Chirchiqda Yoshlar GESi ishga tushirildi, Toshkent issiqlik markazining quvvati ikki marta oshirildi. Andijonda 7-Shahrixon GESi qurildi. Farg‘ona viloyatida quvasoy GESning quvvati 3 marta ko‘paytirildi. Angren IES qurilishi jadallashdi, qayroqqum GES qurilishi qardosh O‘zbekiston va Tojikiston energetikasining rivojiga alohida ahamiyat kasb etdi. Chirchiq-Bo‘zsuv GESlari qurilishi natijasida nafaqat elektr energiya ishlab chiqarish ko‘paydi, balki bu gidrotexnik inshootlar qo‘shimcha 70 ming gektar qo‘riq erni o‘zlashtirish imkonini berdi. Farxod GES va qayroqqum suv ombori qurilishlari 300 ming gektar erga obi-hayot baxsh etdi. 1951 yil esa O‘zbekiston olimlari uchun ulkan zafar yili bo‘ldi. Sobiq Ittifoqda eng birinchi to‘liq avtomatlashtirilgan va telemexanizatsiyalashgan stansiyalar majmui sifatida o‘zbek energiya sistemasi GESlari ro‘yxatga olindi. O‘zbekistonda bu davr asosan issiqlik stansiyalarni loyihalash, qurish va ishga tushirish davri bo‘ldi. 1958 yilda Angren GRESning birinchi navbati (umumiy loyiha quvvati 600000 kVt) ishga tushirildi. Toshkent energiya sistemasi GESlar bilan bu stansiya elektr energiya iste’molchi grafigini barcha rejimlarda tartibga tushirish va eng samarali rostlash imkonini yaratdi. 1960 yilda Navoiy GRESi (loyiha quvvati 840 mVt), 1961 yilda esa Toshkent GRESi (loyiha quvvati 1800 MVt) qurilishi boshlandi. 1963 yilda esa Toshkent GRESida birinchi energetik blok (150 mVt) ishga tushirildi. Taxiatoshda yangi 2 ta energoblok (quvvati 100 mVtdan) ishlatildi. Bu stansiya Xorazm hamda Qoraqalpog‘iston elektr ta’minotida va iqtisodiyotida muhim o‘rin tutadi. Olmaliq va Farg‘ona issiqlik energetik markazlari kengaytirildi. Chorbog‘ gidroenergetik qurilishining ahamiyatini ayniqsa, o‘z vaqtida qilingan ishlar qatorida munosib baholash joiz. Suv ombori deyarli 2 mlrd. m 3 bo‘lib, doimiy ravishda 300 ming gektar erni sug‘orish imkonini yaratdi. GES quvvati 600 MVt (har biri 150 MVt li 4 ta gidrogeneratorlar). Qurilishlar nafaqat elektr ta’minot, balki irrigatsiya masalalarini kompleks hal etishga qaratilganligini alohida ta’kidlash kerak. Chorbog‘ GES qurilishi umuman Chirchiq-Bo‘zsuv tizimida barcha GESlar ish rejimining samarasini oshirish hamda qo‘shimcha 160 MVt arzon elektr quvvati olish imkonini yaratdi. 1965 yilda barcha elektr stansiyalar quvvati 2816,6 MVtga etdi. Shundan GESlar quvvati 2270,5 MVt bo‘lib, 9 mlrd. kVt soat elektr energiya ishlab chiqardi. Download 365.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling