Orol fojiasi natijasida tuproq, florasi, faunasi zarar ko'rgan hududlar kirish
Download 31 Kb.
|
Orol fojiasi Foydalanadigan adabiyotlar
OROL FOJIASI NATIJASIDA TUPROQ, FLORASI, FAUNASI ZARAR KO'RGAN HUDUDLAR Kirish Sovetlarning O'zbekistonda yuritgan iqtisodiy siyosati va uning mustamlakachilik mohiyati. Orol fojiasi Xulosa Foydalanadigan adabiyotlar Kirish XX asr 20— yillari boshlariga kelganda o'lka hayoti, yerli aholining maishiy - turmush tarzi nochor ahvolda edi. 1-jahon urushining og'ir asoratlari, yangi Sovet tuzumini o'rnatishda bolshevik hukmdor-larning mahalliy aholiga nisbatan qo'llagan zo'rlik siyosatining oqibatlari har qadamda ko'zga tashlanib turardi. Sanoat izdan chiqqan, transport va aloqa vositalari ishlamayotgan, ekin maydonlari payxon bo'lib ketgandi. Eng yomoni, o'lkada ochlik, qashshoqlik, ommaviy ishsizlik hukm surardi. Buning ustiga, Sovetlar hokimiyati tomonidan ishlab chiqilib hayotga zolrlik bilanjoriy etilgan oziq-ovqat razvyorstkasi va u bilan uyg'unlashgan "harbiy kommunizm" siyosati o'lka hayotini yana ham mushkul ahvolga solib qo'ydi. Sovet hokimiyatini saqlab qolish maqsadida amalga oshirilgan bu favqulodda siyosat aholining bor-budini tortib olib, uning erki, mustaqilligini qat'iyan cheklab, savdo, bozor munosabatlariga izn bermay, oqibatda, bu yerdagi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy vaziyatning yanada murakkablashib ketishiga sabab bo'ldi. Yangi iqtisodiy siyosat. Vaziyat Sovetlar yo'lboshchilari oldiga ahvolni o'nglash, tang vaziyatdan chiqish va xo'jalik siyosatining yangi vazifalarini belgilashni ko'ndalang qilib qo'ydi. Bu vazifalar 1921— yil mart oyida bo'lib o'tgan RKP (b) X syezdi belgilab bergan yangi iqtisodiy siyosat (NEP) da o'z ifodasini topdi. Bu siyosatning muhim bo'g'inlari oziq-ovqat razvyorstkasini oziq-ovqat solig'i bilan almashtirish, savdo-sotiqni erkinlashtirish, sanoatda, mayda hunarmandchilik va boshqa sohalarda xususiy tadbirkorlikka ruxsat berish, bozorni tartibga solish, yollanma mehnat cheklanishini bekor qilishdan iborat bo'ldi. Download 31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling