Orol muammosi


Download 24.87 Kb.
bet2/2
Sana14.12.2022
Hajmi24.87 Kb.
#1002261
1   2
Bog'liq
Orol muammosi

Ayni paytdagi vaziyat
Dunyodagi to‘rtinchi yirik ko‘lning qurishi natijasida 5 million gektar maydonda yangi cho‘l – Orolqum paydo bo‘ldi. Dengizning qurigan qatlamidan kelib chiqqan chang va tuzli bo‘ronlar sug‘oriladigan yerlarga ham, aholi sog‘lig‘iga ham ta'sir qilmoqda.
Ushbu keskin o‘zgarishlar bir qancha jiddiy muammolarni keltirib chiqarmoqda:

  • Birinchidan, Orolbo‘yi hududlarida yashovchi aholining turmush sharoiti pasayishi bilan bir qatorda, ularning sog‘lig‘ida turli muammolar paydo bo‘la boshladi;

  • Ikkinchidan, mahalliy iqtisodiyot tanazzulga uchradi (baliq ovi, qisqa muddatli turizm kabi sohalar) va yashash imkoniyatlari qiyinlashdi;

  • Uchinchidan, ichimlik suvi tanqisligi, xavfli kasalliklar tarqalishi, yashash sharoitlari og‘irlashishi natijasida aholi migratsiyasi ko‘paydi;

  • To‘rtinchidan, yovvoyi o‘simliklar va hayvonot dunyosi qirilib ketmoqda va mahalliy aholi uchun o‘z madaniy merosni yo‘qotish xavfi ortmoqda.

Hozirgi paytda Markaziy Osiyodagi suv resurslarining 90 foizi sug‘orma dehqonchilik uchun ishlatilmoqda. Suv qishloq xo‘jaligining asosi hisoblanadi va bu tarmoq Markaziy Osiyodagi beshta mamlakat iqtisodiyotida ham muhim rol o‘ynaydi, chunki qishloq xo‘jaligi sohasi bu mamlakatlar YaIMning 10 foizidan 45 foizigacha bo‘lgan qismini tashkil etadi. Shuningdek, qishloq joylardagi aholining 20 foizdan ko‘p qismi shu tarmoq orqali ish bilan ta'minlangan va tirikchilik qiladi. Qisqa qilib aytganda, shundoq ham qishloq xo‘jaligida tanqis hisoblangan suv resurslarini Orol dengizi sathini tiklashga yo‘naltirish, ayni vaziyatda imkonsiz ishdek tuyuladi.
Suv tanqisligi – Markaziy Osiyo davlatlari oldida turgan global muammo
BMT hisob-kitoblariga ko‘ra, 2050 yilgacha bo‘lgan davrda suvga bo‘lgan global talab 55 foizga o‘sishi prognoz qilinmoqda. Bu juda katta ko‘rsatkich hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda, Markaziy Osiyoda suv manbalarining kamayib borish tendensiyasi ro‘y berish ehtimoli mavjud.
Xususan, muzliklar mintaqadagi suv resurslarining asosiy manbayi hisoblanadi va ularning eng katta qismi Tojikiston hududiga to‘g‘ri keladi. Bu yerdagi muzliklar Markaziy Osiyo suv resurslarining 60 foizigacha bo‘lgan qismini tashkil etadi. Qo‘shni davlat prezidenti Imomali Rahmonning ta'kidlashicha, bugungi kunga kelib Tojikistonda minglab kichik va o‘rta muzliklar butunlay erib ketgan.
Bir necha yildan beri muttasil ravishda Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi va harorat ko‘tarilishi ro‘y bermoqda. Mutaxassislarning takidlashicha, so‘nggi 50-60 yilda mintaqada muzliklar maydonlari taxminan 30 foizga qisqargan. Taxminlarga ko‘ra, o‘rtacha yillik harorat 2 darajaga ko‘tarilgan taqdirda muzliklar o‘z hajmining 50 foizini yo‘qotishi mumkin, harorat 4 darajaga ko‘tarilgan taqdirda esa – bu hajm 78 foizgacha yetadi (Ma'lumot uchun, ayni paytda havo harorati birgina O‘zbekistonda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8-10 daraja issiq hisoblanadi). Natijada mavjud suv resurslari hajmi keskin qisqaradi. Mintaqada iqlim isishi oqibatida muzning erishi to‘planishiga qaraganda ko‘proqni tashkil qilmoqda va muzliklar o‘z massasini yildan yilga yo‘qotmoqda. Bu esa kelajakda ham iqtisodiy, ham ijtimoiy, ham siyosiy vaziyat beqarorligini keltirib chiqarishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar

  1. https://uzjoku.uz/

  2. https://kun.uz/

  3. https://www.uwed.uz/

  4. https://www.samdu.uz/

Download 24.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling