O’rozboyev Diyorbekning Loyiha ishi Tekshirdi: Tulavov E


Download 48.13 Kb.
bet1/5
Sana14.12.2022
Hajmi48.13 Kb.
#1003759
  1   2   3   4   5
Bog'liq
audit mustaqil ish



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti
Moliya va Buxgalteriya fakulteti
Auditga kirish fanidan
BR 91-guruh talabasi
O’rozboyev Diyorbekning
Loyiha ishi


Tekshirdi:Tulavov E

Mavzu :Oʻzaro bogʻliq tomonlar, keyingi voqealar va boshqa mutaxassislar ishlaridan foydalanish
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

Reja :





1.O’zaro bog’liq tomonlar deb mijoz korxona va boshqa ikkinchi tomonning o’zaro munosabatiga deb ataladi va bu munosabat jarayonida bir taraf ikkinchi tarafga ta’sir o’tkaza olishi mumkinligi va buning natijasida tomonlardan biri o’zining shaxsiy daromad olishga yo’naltirilgan manfaatidan ikkinchi taraf foydasiga vos kechishi tushuniladi.
Bog’liq taraflarga misol tariqasida mijoz korxona va uning rahbariyati, rahbariyat oila a’zolari, sho’ba korxonalarini keltirish mumkin. O’zaro bog’liq tomonlar o’rtasidagi operatsiyalar yuqorida keltirib o’tilgan tomonlar va korxona o’rtasida sodir etilgan va odatiy tusga ega bo’lmagan operatsiyalarni nazarda tutiladi.
O’zaro bog’liq tomonlar bo’yicha audit tekshiruvini o’tkazish auditor uchun tekshiruvning eng nozik va kompleks soxalaridan birini tashkil etadi. Bu jarayonda auditorning asoiy e’tibori o’zaro bog’liq tomonlar o’rtasida sodir etilgan operatsiyalarning summasiga emas, balki shu operatsiyalarning xususiyatiga qaratilgan bo’ladi.
Misol uchun, korxona o’z rahbaridan bozor baxosidan ancha yuqori qiymatda er sotib oldi deylik. Bu auditor uchun o’zaro bog’liq tomonlar o’rtasidagi operatsiyalarning murakkab qirralaridan birini namoyon etadi.
O’zaro bog’liq tomonlar o’rtasidagi operatsiyalarni tekshirish jarayonida auditor muxim operatsiyalar yuzasidan to’liq axborotlar moliyaviy hisobotlarga ilovalarda keltirilganligiga aloxida e’tibor qaratishi lozim.
Xususan quyidagi ma’lumotlar bayoni ilovalarda o’z aksini topgan bo’lishi lozim:

  • o‘zaro bog’liq tomonlarning munosabati,

  • operatsiyaning xususiyati,

  • operatsiyaning summasi,

  • yuzaga kelgan debitorlik va kreditorlik qarzlari va ushbu qarzlarni qondirish shartlari hamda muddatlari to’g’risida ma’lumot.

  • Agar auditor o’zaro bog’liq tomonlar o’rtasidagi operatsiyalar asossiz (muxim darajada yuqori yoki past) narxlarda va shartlarda amalga oshirgan deb xisoblasa bu tur operatsiyalarning moliyaviy hisobotlarida ilova qilinishini talab etishi zarur. Bu borada yo’riqnoma vazifasini № 550 XAS bajaradi. Ushbu XASning maqsadi o’zaro bog’liq shaxslar bilan bog’liq bitimlarni aniqlash maqsadlarida auditorlik tashkiloti tomonidan bajariladigan auditorlik amalarni aniqlash hisoblanadi. Mazkur standartning talablari auditorlik tekshirishlarini o’tkazishda barcha auditorlik tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi.

Audit tekshiruvini o’tkazish jarayonida auditor o’zaro bog’liq munosabatlarni ko’rsatishi mumkin bo’lgan bitimlar bilan yaqindan tanishib chiqishi va audit tekshiruvida qatnashayotgan boshqa auditorlarga xam bu ma’lumotlarning o’z vaqtida etkazilishini ta’minlashi lozim.
Audit tekshiruvi jarayonida quyidagi bitimlar shaxslarning o’zaro bog’liq munosabatlarini ko’rsatishi mumkin:

  • Foiz to’lamasdan qarz olishi va qarz berishi yoki to’lovning predmeti, sharti va muddatini belgilamasdan to’lash.

  • O’ziga xos shartlarni ko’zda tutuvchi, o’ziga xos narxlarni ko’zda tutuvchi shartnomalar.

  • Mantiqiy sababsiz amalga oshirilgan operatsiyalar.

  • Hisobga olinmagan operatsiyalar, ya’ni bepul tarzda olingan yoki ko’rsatilgan xizmatlar.

O’zaro bog’liq shaxslar va ular o’rtasidagi bitimlarni aniqlash uchun auditor quyidagilarni amalga oshirishi kerak bo’ladi:

  • Xo’jalik yurituvchi sub’ektning rahbaridan barcha o’zaro bog’liq shaxslarni aniqlashi, o’tgan davr mobaynida ushbu shaxslar bilan qandaydir bitimlar tuzilganmi, xo’jalik yurituvchi sub’ektda o’zaro bog’liq shaxslar bilan tuzilgan bitimlarning ro’yxatga olishni tegishli usuli bormi va ushbu holatlar hisobotda to’g’ri aks ettiriladimi. Agar ko’rsatilgan usullardan foydalanilsa, ularga baho berish lozim.

  • Xo’jalik yurituvchi sub’ektning faoliyatiga sezilarli ta’sir ko’rsatadigan yirik aktsionerlarni aniqlash maqsadida aktsiyadorlar reestrini o’rganib chiqish.

  • Boshqa korxonalar direktorlari va xizmatchilarini mijozga ishga o’tkazishining sabablarini o’rganib chiqish.

  • Avval o’tkazilgan auditorlik tekshiruvi natijalari bilan tanishib chiqish.

  • Asosiy xaridorlar, mol yetkazib beruvchilar, debitorlar va kreditorlar faoliyatining tavsifi va hajmini o’rganib chiqish.

550-sonli xalqaro audit standartida bog’liq tomonlar va bog’liklik tomonlar orasidagi operatsiyalari quyidagicha ifodalangan:

Download 48.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling