O’rozboyev Diyorbekning Loyiha ishi Tekshirdi: Tulavov E


Download 48.13 Kb.
bet2/5
Sana14.12.2022
Hajmi48.13 Kb.
#1003759
1   2   3   4   5
Bog'liq
audit mustaqil ish

Bog’liq tomon - moliyaviy va tezkor qarorlarni qabul qilish jarayonida bir tomon boshqa tomon ishini nazorat qilgan yoki ahamiyatli darajada ta’sir ko’rsatish qobiliyatiga ega bo’lgan taqdirda tomonlar bog’liq deb hisoblanadi.
Bog’liq tomonlar orasidagi operatsiyalar - narxi belgilanganligidan qat’i nazar, bog’liq tomonlar o’rtasida bir-biriga zahiralar yoki majburiyatlarni o’tkazish. Auditor bog’liq tomonlar sub’ekti rahbariyatining solishtirish, ular to’g’risida ma’lumotni yoritish va bog’liq tomonlar o’rtasidagi muhim hisoblangan operatsiyalarning moliyaviy hisobotga ta’siri yuzasidan etarli bo’lgan tegishli auditorlik dalillarni olish uchun mo’ljallangan auditorlik muolajalarini amalga oshirishi lozim. Shunga qaramasdan, audit bog’liq tomonlar o’rtasidagi barcha operatsiyalarni aniqlab berishini kutish mumkin emas.
O’zaro bog’liq shaxslar bilan tuzilgan bitimlarning auditor tekshiruvidan o’tkazish uslubiyati.
O’zaro bog’liq shaxslar bilan tuzilgan bitimlarning auditorlik tekshiruvi quyidagilardan iboratdir:



  • Xo’jalik yurituvchi subektning ishchilari bilan suhbatlar o’tkazish yo’li bilan tuzilgan bitimning ish tarafi to’g’risidagi tasavvurga ega bo’lmoq;

  • Tovarlarning olinishi, harakati to’g’risidagi hisobotlar haqida va boshqa hujjatlar to’g’risidagi xabarnomalarni, kelishuvlarni, kontraktlarni, schyotlar bo’yicha hujjatlarni o’rganib chiqish.

  • Bitimni tasdiqlagan sub’ektni, ya’ni direktorlar kengashini, boshqa rahbar organlarni yoki ishchilarni belgilab chiqmoq.

  • Bitimda ishtirok etgan har bir shaxsning faoliyatini auditorlik tekshirishdan o’tkazishni tashkil qilish, olingan axborotlarni o’rtoqlashmoq.

  • Tuzilgan bitimga ta’aluqli bo’lgan, ammo boshqa shaxsning ixtiyorida bo’lgan materiallarni o’rganish (agar auditor bir vaqtning o’zida ikkala shaxsning moliyaviy hisobotini tekshirmasa, u holda ikkinchi shaxsning roziligini olishi shartdir).

  • O’zaro bo`liq shaxslar o’rtasida bitimlar tuzilganligining zaruriy dalillarini olish.

  • Agar auditor bitimlar haqiqatda mavjud bo’lgan, o’ylab chiqarilgan shaxslar bilan tuzilgan deb taxmin qilsa, bunday holatda u moliyaviy nashrlar, tijorat jurnallarini o’rganish, kredit va bank muassasalaridan ma’lumotlar olish yo’li bilan ushbu bitimning ishtirokchilari to’g’risidagi ma’lumotlarni olishi shart.

  • Agar o’zaro bog’liq shaxslarga tegishli bo’lgan qaytarilmagan schyotlar, kafolatlar va boshqa majburiyatlar mavjud bo’lsa, u holda auditor boshqa shaxsning moliyaviy imkoniyatlarini aniqlash huquqiga egadir.





Download 48.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling