O’rozboyev Diyorbekning Loyiha ishi Tekshirdi: Tulavov E


Boshqa auditor va expert xizmatidan foydalanish


Download 48.13 Kb.
bet5/5
Sana14.12.2022
Hajmi48.13 Kb.
#1003759
1   2   3   4   5
Bog'liq
audit mustaqil ish

3.Boshqa auditor va expert xizmatidan foydalanish.
Asosiy auditor boshqa auditor ishining natijalaridan foydalanishni rejalashtirayotganda, boshqa auditorning tekshirilayotgan sohadagi kasbiy bilimdonligini baholashi kerak.
Buning uchun asosiy auditor:

  • Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko’ra boshqa auditor tanlovini o’tkazishi.

  • Boshqa auditor auditorning malaka sertifikatiga ega ekanligiga ishonch hosil qilishi.

  • Bo’linma faoliyati haqidagi bilimini baholash maqsadida boshqa auditor bilan suhbat o’tkazishi kerak.

Asosiy auditor o’zining boshqa auditor bilimdonligiga tegishli xulosalari haqida ma’lumotnoma tuzadi, unga oid ma’lumotlar bilan birga u ish hujjatlariga qo’shiladi.
Boshqa auditor ishidan foydalanishni rejalashtirganda, asosiy auditor aniq belgilangan topshiriq kontekstida boshqa auditorning kasbiy xabardorligini ko’rib chiqishi lozim. Bunday ko’rib chiqish uchun ma’lumotning ayrim manbai bo’lib kasbiy tashkilotda umum qabul qilingan a’zolik, boshqa firmada umum qabul qilingan a’zolik yoki qandaydir boshqacha aloqadorlik yoki boshqa auditor ishlaydigan kasbiy tashkilotning tavsiyanomasi hisoblanadi. Tegishli holatlarda bunday manbaalarni boshqa auditorlar, bankirlar va hokazolar bilan so’rovnomalar o’tkazish yoki boshqa auditor bilan muhokama o’tkazish bilan kengaytirish mumkin
Ekspert — auditorlik tashkiloti shtatida turmaydigan, buxgalteriya hisobi va auditdan farq qiluvchi sohalarda yetarlicha bilim, tajriba va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mutaxassisdir.
Auditorlik tekshiruvi jarayonida auditorga ko’pincha nafaqat kompyuter texnologiyasi sohasidagi, balki mijozning biznesiga bevosita aloqador bo’lgan, buxgalteriyaga taalluqli bo’lmagan maxsus bilimlar ham zarur bo’ladi. Bunday hollarda auditorlik tekshiruvi o’tkazishda faqat auditorlik firmasining xodimlari emas, balki pudrat shartnomasi asosida chetdan maxsus ekspert mutaxassislar ham jalb qilinadi.
Masalan, quruvchi tashkilotlar kabi, neftni qayta ishlash kompaniyalari, zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchi va tibbiy xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlarni ham tekshirish zaruriyati paydo bo’lishi mumkin. Bunda mazkur muayyan soha ekspertlari yordamiga murojaat qilish zarur.
Ekspert mijoz-korxona shtatida turmasligi munosabati bilan, auditorlik tashkiloti audit o’tkazish chog’ida uning xizmatidan faqat, tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt roziligi bilan foydalanishi mumkin.

  • Ekspert xulosasi auditorlik tashkilotining ish hujjatlariga kiritilishi kerak.

  • Agar istisno tariqasida ekspert og‘zaki tushuntirishlar bersa, bunday tushuntirishlarni auditorlik tashkiloti o‘zining ish hujjatlarida aks ettirishi shart.

  • Auditorlik xulosasida auditni o‘tkazishda auditorlik tashkiloti ekspert ishi va ekspert xulosasidan foydalangani to‘g‘risida ko‘rsatmalar bo‘lmasligi lozim.



Xulosa:
Hulosa qilib aytsak o‘zaro bog‘liq tomonlar deb mijoz korxona va boshqa ikkinchi tomonning o‘zaro munosabatiga aytiladi va munosabat jarayonida bir taraf ikkinchi tarafga ta’sir o‘tqaza olishi mumkinligi va natijada tomonlardan biri o‘zining shaxsiy foyda olishga yo‘naltirilgan manffaatidan ikkinchi taraf foydasiga voz kechilshi tushuniladi. Agar auditor tashkilot o‘zaro bog‘liq shaxslar bilan tuzilgan bitimlarga tegishli bo‘lgan moliyaviy hisobotdagi ma’lumotlarni isbotlash maqsadida yetarli darajada auditorlik xulosasini olish imkoniga ega bo‘lmasa, u holda auditorlik xulosasini tuzishdan bosh tortishi kerak. Moliyaviy hisobot tuzilgan sanadan keyingi hodisalar ikki guruhga ajratiladi:
1. Moliyaviy hisobot tuzilgan sanada yoki bu sanadan oldin ma’lum bo‘lgan ma’lumotni tasdiqlovchi hodisalar
2. Moliyaviy hisobot tuzilgan sanada yoki bu sanadan oldin ma’lum bo‘lmagan ma’lumotni yuzaga keltiruvchi hodisalar. Auditorlik tashkiloti moliyaviy hisobot to‘g‘risidagi auditorlik xulosasi imzolangan sanadan keyin yuz bergan hodisalar uchun javobgarlikni o’z boyniga olmaydi. Agar auditorlik tashkiloti auditorlik xulosasi imzolangan sanadan keyingi davrda, biroq moliyaviy hisobot e’lon qilinadigan sanagacha yuz bergan hodisalar haqida xabar topsa, u moliyaviy hisobot va auditorlik xulosasiga tuzatish kiritish kerakligini aniqlashi lozim. audit ish unumdorligini oshirish uchun bazi bir bo’lim hisobotlarini o’tgan yilgi ushbu korxonaning audit hulosasidan foydalanishi mumkin va bu holatni audit xulosasida aks etirishi kerak.
Auditlik tekshiruvi o‘tkazayotganda auditorlik tashkiloti ish unumdorligi va audit hulosasi togri chiqishi uchun bazi hollarda baholovchi, muhandis, geolog, texnolog va boshqa ekspert ishidan foydalanadi.

Foydalinilgan manbalar:
Karimov A.A., Muqumov Z.A.,Khodjaeva M.H., Avloqulov A.Z. Xalqaro audit. Darslik.
K.B.Axmedjanov, A.X.Sattorov. Auditga kirish. Darslik. – T.: «Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi», 2021, 448 b.
www. gaap.ru (Xalqaro buxgalteriya standartlari).
https://lex.uz/uz/
Download 48.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling