Orqa miya funksiyasi va yosh xususiyatlari


Download 61 Kb.
bet1/7
Sana01.04.2023
Hajmi61 Kb.
#1317145
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ORQA MIYA REFLEKSI


ORQA MIYA FUNKSIYASI VA YOSH XUSUSIYATLARI
R e j a.

  1. Orqa miyaning filogenestik taraqqiyoti va tarkibiy asoslari.

  2. Orqa miyaning reflektor funksiyasi.

  3. Orqa miyaning o’tkazuvchi funksiyasi.

  4. Limbik tuzilma (gumbaz).

  5. Miyacha va uning organizm uchun ahamiyati.

Orqa miya MNS ning filogenestik eng qadimgi bo’limi hisoblanadi. Orqa miyadan ikki xil, ya'ni ventral (oldingi, harakatlantiruvchi) va dorsal (keyingi sezuvchi) ildizlar chiqadi. Lansetnikda u primitiv holda butun tana bo’ylab ketgan nayni eslatadi. Lekin lansetnikda orqa miyada differensiallashmagan sezuvchi nerv hujayralari ochilib joylangan. Faqat yumaloq og’izlilarga kelib orqa miya kulrang va oq moddalarga bo’linadi. Qismlarga bo’linmaydi. Baliqlarga kelib esa kulrang va oq moddalar aniq chegaralanadi. Nerv tolalari mielin po’sti bilan qoplanadi. Orqa miyaning differensiallanishi hayvonot dunyosining taraqqiy qilishi bilan davom etadi. Sut emizuvchilarda uning bo’yi, yo’g’onligi, nerv tolalari soni, funksiyasi, umurtqa pog’onasining soni, dum va oyoq-qo’llarning bor-yo’qligi bilan belgilanadi.


Odamda orqa miya quyidagi sigmentlardan iborat: 8 ta bo’yin - S (I-VIII), 12 ta ko’krak - Th (I-VII), 5 ta bel - L (I-V), 5 ta dumg’aza - S (I-V), 1-3 ta dum - So (I-III). Bu sigmentlarga tana ko’ndalang-targ’il muskullariga boradigan va keladigan nerv tolalari (sezuvchi, harakat qiluvchi) (bosh qismni innervatsiya qiladiganlaridan tashqari), barcha simpatik nerv markazlari, qisman parasimpatik nerv markazlari joylashgan. Bella Majandi tajribasi (shotlandiyalik fiziolog Charlz Bell (1811), fransuz fiziologi Fransua Majandi (1822) bu ixtironi mustaqil ravishda amalga oshirgan.
Har xil hayvonlarda ventral va dorsal shoxlardan chiqadigan va kiradigan nerv tolalarning soni farq qiladi, mushuklarning bel sigmentlarida 12 mingta sezuvchi (dorsal) va 6 mingta harakatga keltiruvchi (ventral) nerv tolalari mavjud (sababi umumiy oxirgi yo’l - Ch. Sherrington bo’yicha). Orqa miya funksiyasini o’rganishda ikki usul mavjud: uni bosh miyadan ajratib kesish va elektrofiziologik tekshirish usullari (mikro va makroelektrodlar yordamida). Orqa miya sezuvchi nerv hujayralari asosan undan yuqorida joylashgan, qisman (skelet muskullariniki) spinal gangliyalarda ham mavjud. Sezuvchi nerv tolalari uch xil bo’ladi: A, V, va S. A tola diametri - 8-22 mkm, tezlik - 12-20 m/sek, harorat, bosim og’riqni sezadi; V tola o’rtacha yo’g’onlikka ega, tezlik - 3-14 m/sek, og’riqni sezadi; S tola, yo’g’onligi 2 mkm, tezlik 2 m/sek, og’riq, xemo va bosimni sezadi. A, V tolalar mielinli, S tola mielinsiz.
Odam orqa miyasida jami 13 mln nerv hujayrasi bor, shulardan 3 % motoneyron yoki haroratga keltiruvchi, 97 % esa oraliq yoki interneyronlardir.
Orqa miya reflektor funksiyasini batafsil o’rgangan Nobel mukofoti laureati Ch. Sherringtondir (1859-1952). Reflekslarni amalga oshirish orqa miya kulrang qismining ishidir. Orqa miyada barcha harakat reflekslarining markazlari (bosh muskullaridan tashqari), siydik-tanosil organlari faoliyati markazi, termoregulyasiya, moddalar almashinuvi, qon tomirlari reflekslarining markazlari, diafragma pardasi faoliyat markazlari va boshqalar mavjud. Orqa miya orqali sodir bo’ladigan reflekslar kuchi uning bosh miya bilan bog’liqlik darajasi bilan o’lchanadi. Detserebratsiya (bosh miyaning olib tashlanishi) ko’pgina reflekslarni kuchsizlantirib hatti-harakatlarni noaniq qilib qo’ydi. Yana shu narsa muhimki, orqa miya reflekslarining bunday o’zgarishi organizm evolyusion taraqqiyot darajasiga bog’liq, masalan, orqa miyasiz baqa harakat qilib yuradi, suvda suzadi, lekin spinal it mustaqil harakat qila olmaydi. Orqa miya reflekslari ikki xil reflektor yoy orqali, ya'ni monosimpatik (bir sinapsli) va polisinaptik (ko’p sinapsli) bo’lishi mumkin. Monosimpatik reflekslarga - tizza refleksi kiradi. Cho’zilish refleksi, yig’ib olish reflekslari, antogonist reflekslar tufayli organizm ma'lum qaddi-qomatga ega bo’ladi.
Orqa miyaning o’tkazuvchanlik funksiyasi undagi nerv tolalaridan iborat oq moddalar ishidir. O’tkazuvchi yo’l bir xil vazifani bajaruvchi (afferent va efferent) nerv majmuasidir. Bu tolalar funksional xususiyatiga ko’ra assotsiativ, komissural va proeksion tolalarga bo’linadi. Assotsiativ tolalar orqa miya turli qismlarini bir tomonlama bog’laydi, komissural tolalar bir xil funksiya bajaruvchi lekin orqa miyaning turli qismlarida joylashgan bo’limlarni bog’laydi, proeksion tolalar esa orqa miyani bosh miya qismlari bilan bog’laydi. Bu tolalar tepaga ko’tariluvchi (afferent) va pastga tushuvchi (efferent) bog’lamlarga bo’linadi.
Tepaga ko’tariluvchi ekstro, intero, proprioretseptiv tolalardan iborat bo’lib, ularga ingichka (Gol) bog’lam, ponasimon (Burdak) bog’lam, lateral va ventral spinotalamik trakt (yo’l), dorsal va ventral, spino-miyacha trakti (yo’li) kiradi.
Ingichka va ponasimon bog’lamlar tananing kaudal (pastki) va ko’krak qismlaridan impulslarni uzunchoq miyadagi Gol va Burdak markazlariga olib boradi va o’sha yerdan ikkinchi neyron boshlanadi. Undan davom etgan tola chalkashib (prekritivatsiya) talamusgacha chiqadi. Bu yerdan uchinchi neyron boshlanadi va miya po’stlog’ining to’rtinchi qavatigacha chiqadi. Lateral spinotalamik yo’ldan og’riq va haroratni sezuvchi tolalar chiqsa, ventral, spinotalamik yo’ldan taktil sezgi tolalari chiqadi.
Pastga tushuvchi tolalar bog’lami MNS ning yuqori qismi bilan orqa miya qismlarini bir-biriga bog’lab turadi, ularga asosan piramidali, rubrospinal, vestibulospinal va retikulospinal bog’lamlar kiradi. Piramidali bog’lamdan ixtiyoriy harakatlarni bajarish uchun impulslar o’tadi. Rubrospinal tolalar muskullar tonusini yaxshilab turadi, muskul faoliyatini ixtiyorsiz boshqarib turadi. Vestibulospinal yo’ldan tana muskullari tonusini va tana vaziyatini saqlovchi impulslar o’tib turadi.



Download 61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling