Orqa miya funksiyasi va yosh xususiyatlari


Miya yarimsharlari po’stlog’ining fiziologiyasi


Download 61 Kb.
bet6/7
Sana01.04.2023
Hajmi61 Kb.
#1317145
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ORQA MIYA REFLEKSI

Miya yarimsharlari po’stlog’ining fiziologiyasi.

Yarimsharlarni o’rab olgan kulrang modda - po’stloq 1,3 - 4,5 mm qalinlikka ega. Po’sloq filogenistik jihatdan esa keyin paydo bo’lgan, lekin murakkab funksiyalarni bajaradigan qism. U sensor xabarlarni qabul qilib qayta ishlaydi, harakat reflekslarini paydo qiladi, har xil xulq-atvorlarni shakllantiradi (integratsiya) va hokazo. Po’stloq o’zidagi egatlar hisobidan umumiy yuzasini odamda 2200 sm2 gacha kengaytiradi. Po’stloqda 109 - 1010 neyron va juda ko’plab neyroglial hujayralar bor. Po’stloq hujayralari 3 ga bo’linadi: piramidasimon hujayralar, yulduzsimon hujayralar, urchuqsimon hujayralar. Bu hujayralar po’stloqni olti qavatga bo’lib turadi: tashqi molekulyar qavat, ichki donador qavat, tashqi piramidasimon qavat, ichki donador qavat, polimorf yoki urchuqsimon hujayralar qavati.


K.Brodman tomonidan po’stloq 50 ta morfofunkitsional egatlarga bo’lingan (jadvallar). Po’stloqda 4 harakatga keltiruvchi va 4 sezuvchi proeksion zonalar bir-biridan farqlanadi. Yana birlamchi ko’ruv egati (17 egat), ikkilamchi ko’ruv egatlari (18-19 egatlar), birlamchi eshitish egatlari (41-42 egatlar) farqlanadi. Bularning buzilishi psixik ko’rish va karlikni yuzaga keltiradi. Yana oraliq assotsiativ egatlar ham bor, ular proeksion zonalarni bir-biri bilan bog’lab turadi (funksional jihatdan). Po’stloq elektroensefalografiyasida (EEG) quyidagi ritmlar bor. -ritm (8-13 Gs chastota, 50 MkV amper), (tinch, ko’z yumug’lik paytida). -ritm (14-50 Gs) ko’zni ochganda; tovush eshitganda (reaksiya desixronizatsiya aktivatsiya). Teta-ritm (4-7 Gs), delta ritm (0,5-3,5 Gs), amplitudasi 100-200 MkV, uyquga ketganda. Demak, EEG organizm funksional holatini ko’rsatadi.
Foydalanilgan adabiyotlar



  1. Almatov K.T. Allamuratov SH.I. Odam va xayvonlar fiziologiyasi. Toshkent: О‘zMU, 2004. – 580 6.

  2. Klemesheva L.S., Almatov K.T., Matchanov A.T. Fiziologiya krovo-obrasheniY. Fiziologiya serdsa. - Tashkent: NUUz., 2003. - 148s.

  3. Klemesheva L.S., Almatov K.T., Matchanov A.T. Fiziologiya krovoob-rasheniY. Fiziologiya sosudistoy sistemi. - Tashkent.: NUUz., 2004. - 120s.

  4. Klemesheva L.S., Almatov K.T., Matchanov A.T. Qon aylanishi fiziologiyasi. Yurak fiziologiyasi. – Tashkent.: О‘zMU., 2006. – 147b.




Download 61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling