- Hayvonlarning ko‘krak umurtqasi qancha bo‘lsa, shuncha juft ko‘krak nervi bo‘ladi. Har qaysi nerv biriktiruvchi oq tarmog‘i – ramus communicans albus bilan simpatik nerv o‘qiga qo‘shiladi.
- Simpatik nerv tomiridan 1-2 ta kulrang tarmoqcha – ramus communicans griseus chiqadi. Ko‘krak nervlari ham yuqorigi va pastki tarmoqlarga bo‘linadi. Yuqorigi tarmog‘i umurtqa pog‘onasi muskullariga boradi, pastki tarmog‘idan qovurg‘alararo nerv – n.intercostalis hosil bo‘lib, u qovurg‘alararo muskullarni harakatga keltiradi. Uning o‘rta tarmog‘i plevra oralig‘iga, to‘sh va qorin muskullariga tarqaladi. Yon tarmog‘i oldingi oyoqning tanaga biriktiruvchi muskullariga va terisiga tarqaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |