Elka chigali - Bo‘yinning keyingi (VI, VII va VIII) va ko‘krakning oldingi (I, II) umurtqalaridan chiqadigan nervlarning pastki tarmoqlari birlashib, elka chigali – plexus brachialis ni hosil qiladi. Bu chigaldan chiqadigan to‘qqizta nerv oldingi oyoqni, uning atrofidagi organlarni, muskul va terini ta’minlaydi.
- Ko‘krakning oldi tomon nervi – n.pectoralis cranialis bo‘yinning ettinchi, sakkizinchi va ko‘krakning birinchi juft nervlaridan hosil bo‘lib, elka suyagining bo‘g‘imi oldidan ko‘krak muskullariga tarqaladi.
- Ko‘krak oldi nervi – n.suprascapularis bo‘yinning oltinchi, ettinchi, sakkizinchi juft nervlaridan hosil bo‘ladi.
- Kurak osti nervi – n.supscapularis bo‘yinning oltinchi, ettinchi va sakkizinchi juft nervlaridan hosil bo‘lib, 2 – 4 tarmoqdan iborat va kurak osti muskuliga tarqaladi.
- Muskul – teri nervi – n.musculicutaneus bo‘yinning oltinchi, ettinchi va sakkizinchi juft nervlaridan hosil bo‘ladi va tirsak bo‘g‘imining bukuvchi muskullariga hamda terisiga tarqaladi
Do'stlaringiz bilan baham: |