- Bel atrofidan chiqadigan nervlar ham bel umurtqalari soniga teng bo‘ladi. Belning ikkinchi, to‘rtinchi umurtqasidan chiqadigan nervlar simpatik nervlarga oq tarmoqlar beradi, belning hamma nervlariga biriktiruvchi kulrang tarmoq keladi. Bel nervlarining har qaysisi yuqorigi va pastki tarmoqlarga bo‘linadi. Yuqorigi tarmoqlar belning yozuvchi muskullariga, teriga tarqaladi. Pastki tarmoqlar belning nerv chigalini hosil qiladi, undan bir nechta nervlar chiqadi:
- Yonbosh-qorin devori nervi – n.ilihypogastericus belning birinchi juft nervidan hosil bo‘lib, belning kichik kvadrat va qorin muskullariga hamda terisiga, urg‘ochi hayvonlarda sut bezlariga, erkak hayvonlarda jinsiy a’zoga tarqaladi.
- Yonbosh – chov nervi – n.ilioiguinalis belning ikkinchi, uchinchi juft nervidan hosil bo‘lib, bel va qorin muskullariga, tashqi jinsiy a’zo va sut bezlariga tarqaladi.
- Son nervi – n.femoralis belning beshinchi (uchinchi), to‘rtinchi va oltinchi juft nervlaridan chiqib, sonning to‘rt boshli muskullariga va teri ostiga tarmoqlanib kiradi
Do'stlaringiz bilan baham: |