Orqa miya. Orqa miyaning tuzilishi
Oliy nerv faoliyati — odam
Download 350.26 Kb.
|
4-MAVZU
Oliy nerv faoliyati — odam
xulq-atvorining asosi Odamning xulq-atvori, aql-idroki, fikrlashi, ongi, boshqalar bilan muomalasi va shu kabi barcha ruhiy xususiyatlarini uning oliy nerv faoliyati belgilaydi. Oliy nerv faoliyati bosh miya katta yarimsharlari va ularning postlog‘ida joylashgan nerv hujayralari (nerv markazlari)ning qo‘zgalish, tormozlanish jarayonlarining kuchiga, tarqalish tezligiga hamda ularning birbiriga munosabatiga bog‘liq. I. P. Pavlov ko‘p yillik ilmiy kuzatishlari asosida miyaning nerv hujayralaridagi qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining kuchiga, tarqalish tezligiga va ularning bir-biriga munosabatiga ko‘ra, odam oliy nerv faoliyatini quyidagi 4 tiðga bo‘lgan. 1. Kuchli qo‘zg‘alish, tormozlanishdan ustun bo‘lgan muvozanatsiz tið (xolerik). Bu turga kiruvchi bolalar tinib-tinchimas, serharakat, boshqalar bilan tez o‘rtoqlashib, tez urishib qoladigan, arzimas narsaga yig‘lab, o‘zidan o‘zi kuladigan xususiyatga ega bo‘ladi. Bunday bolalarning zehni yaxshi bo‘ladi-yu, ammo xulq-atvori juda murakkab bo‘lib, ularning tarbiyasi ota-ona, o‘qituvchilar uchun ancha qiyinchilik tug‘diradi. 2. Kuchli, muvozanatlashgan, harakatchan tið (sangvinik). Bu turga kiruvchi bolalar qobiliyatli, zehnli, ishchan, har bir ishni tezroq bajarishga intiladigan, atrofidagi kishilar va o‘rtoqlariga yaxshi munosabatda bo‘ladi. 3. Kuchli, muvozanatlashgan, kamharakat tið (flegmatik). Bu tur vakillari qobiliyatli, zehnli, yuvosh bo‘ladi, har bir ishni nihoyasiga yetkazib, shoshmasdan bajaradi, xulq-atvori, atrofdagi kishilar va o‘rtoqlari bilan munosabati yaxshi bo‘ladi. 4. Kuchsiz, muvozanatlashmagan, tormozlanish qo‘zg‘alishdan ustun tið (melanxolik). Bu turdagi bolalar kamharakat, ishyoqmas, qo‘rqoq, mustaqil fikrga ega bo‘lmagan, fikrlash qobiliyati past bo‘ladi. Oliy nerv faoliyatining yuqorida ko‘rsatilgan turlari tug‘ma, ya’ni nasldan naslga berilgan bo‘ladi. Bu belgilar, asosan, bolaning sari tashqi muhit, ota-ona, o‘qituvchilar va atrofdagi kishilarning tarbiyaviy ta’siri natijasida o‘zgaradi. Bosh miya po‘stlog‘ining turli qismlarida maxsus nerv hujayralari to‘plami joylashgan bo‘lib, ularni I. P. Pavlov analizatorlar (sezgi organlarining markazlari), deb atagan. Har bir analizator uch qismdan tashkil topgan: ta’sirotlarni qabul qiluvchi — retseptor, o‘tkazuvchi qismi — sezuvchi nerv tolasi va analizsintez qiluvchi qismi — sezuvchi nerv markazlari. 1. Analizatorning periferik qismi, ya’ni retseptor. Bu maxsus nerv tuzilmasi bo‘lib, tananing turli qismlarida (teri, muskul, pay, ko‘z, quloq, burun, til, ichki organlar va qon tomirlar devorida) joylashgan. Retseptorlarning soni juda ko‘p, masalan, terining 1 sm2 sathida 200—400 tagacha, terining butun sathida esa 8 mln ga yaqin retseptor bor. Barcha ichki organlarda taxminan 1 mlrd ga yaqin retseptor bor. Tashqi va ichki muhitning barcha o‘zgarishlari retseptorlar orqali qabul qilinadi. 2. Analizatorning o‘tkazuvchi qismi — bu sezuvchi nerv tolasidan iborat bo‘lib, u retseptordan ta’sirni qabul qiladi va uni analizatorning markaziy qismiga o‘tkazadi. 3. Analizatorning markaziy qismi miya po‘stlog‘ining turli sohalarida joylashgan nerv markazlaridan iborat. Bu markazlardan muayyan sezgi organlaridagi retseptorlardan kelgan ta’sir analiz va sintez qilinib, ularning mazmuniga ko‘ra javob reaksiyasi hosil qiladi. Download 350.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling