Orqa miya. Orqa miyaning tuzilishi
Download 350.26 Kb.
|
4-MAVZU
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tormozlanish haqida umumiy tushuncha.
Refleks turlari. Reflekslar yuzaga kelish sababiga, ahamiyatiga,
natijasiga va boshqa xususiyatlariga ko‘ra quyidagi turlarda bo‘ladi: 1. Biologik ahamiyatiga ko‘ra: — ovqatlanish reflekslari — organizmni ovqat bilan ta’minlashga qaratilgan; — himoyalanish reflekslari — organizmni tashqi muhitning noqulay ta’sirlaridan himoya qilishga qaratilgan; — mo‘ljal olish refleksi — notanish joylarga borib qolganda odam o‘zi turgan joyni, yo‘lni aniqlashga qaratilgan; — jinsiy reflekslar — nasl qoldirishga qaratilgan. 2. Reflekslar natijasiga ko‘ra, musbat va manfiy bo‘ladi: — musbat reflekslar ma’lum bir ishni bajarishga qaratiladi.Masalan, yurish, yugurish, ovqatlanish, o‘qish, yozish, gapirish va hokazo. Svetoforning yashil chirog‘ida odam harakat qilib ko‘chani kesib o‘tadi. O‘qituvchi o‘tgan darsni so‘raganda o‘quvchi o‘rnidan turib javob beradi; — manfiy reflekslar odam harakatini, bajarayotgan ishini ma’lum vaqt to‘xtatishga (tormozlashga) qaratilgan. Masalan, svetoforning qizil chirog‘i yonganda odam harakatdan to‘xtab, to yashil chirog‘i yonguncha kutib turishi bunga misol bo‘ladi. 3. Foydali va zararli shartli reflekslar: — foydali shartli reflekslar odamning o‘zi uchun, jamiyat uchun foydali ishlarni bajarishga qaratilgan. Bularga yuqoridaaytilgan musbat va manfiy shartli reflekslar misol bo‘ladi; — zararli shartli reflekslar noto‘g‘ri tarbiya natijasida paydo bo‘ladi. 4. Birinchi va ikkinchi signal sistemasining shartli reflekslari. Birinchi signal sistemasiga ko‘rish, eshitish, hid va ta’m bilish,og‘riq sezish kabilar kiradi. Tashqi va ichki ta’sirlar ana shu sezgi organlariga ta’sir etishi natijasida paydo bo‘lgan shartli reflekslar birinchi signal sistemasining shartli reflekslari, deb ataladi. Tormozlanish haqida umumiy tushuncha. Markaziy nerv sistemasida, ya’ni miyaning nerv hujayralarida ikki xil fiziologik jarayon — qo‘zg‘alish va tormozlanish holatlari muntazam ravishda davom etib, ular bir-biri bilan navbatma-navbat almashinib turadi.Shartsiz va shartli reflekslar hosil bo‘lishi nerv markazlarining qo‘zg‘alishi hamda tormozlanishi orqali yuzaga keladi.Miya markazlaridagi nerv hujayralari qo‘zg‘algan vaqtda ular ish bajaradi — refleks hosil bo‘ladi. Tormozlanish vaqtida nerv hujayralari dam oladi, o‘ziga energiya to‘playdi. Dam olgan nerv markazining ishi yaxshilanadi. Shuning uchun aqliy mehnat jismoniy mehnat bilan almashtirib turilsa, odam uzoq vaqt charchamaydi, ishi unumli bo‘ladi. Chunki aqliy mehnat vaqtida qo‘zg‘algan markazlar jismoniy mehnat vaqtida dam oladi. Uyqu vaqtida bosh miya po‘stlog‘idagi nerv markazlarining aksariyat ko‘pchiligi tormozlangan holatga o‘tib, dam oladi. Shuning uchun yaxshi uxlab turgandan so‘ng odamning ish qobiliyati ortadi. Demak, tormozlanish odam organizmida o‘ziga xos himoyalanish ahamiyatiga ega bo‘lib, u miyaning nerv hujayralari zo‘riqib, odamda nevroz kasalligi yuzaga kelishining oldini oladi Download 350.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling