O’rta asr mutafakkirlarining axloqiy ta’limotlari


Download 65.79 Kb.
bet1/2
Sana22.04.2023
Hajmi65.79 Kb.
#1377208
  1   2
Bog'liq
7-mavzu “O’rta asr mutafakkirlarining axloqiy ta’limotlari.




Mavzu: “O’rta asr mutafakkirlarining axloqiy ta’limotlari”.
Reja:
1.O’rta asr axloqshunosligida mashshoyixlik va tasavvuf yo’nalishlarining o’rni.(Farobiy, Ar-Roziy, Ibn Sino, Ibn Rushd, G’azzoliy).
2. Temuriy va temuriylar davri axloqshunosligi (Navoiy, Koshifiy).


Tayanch iboralar: axloqshunoslik, buyuk siymolar, tasavvuf, mashoiq.

Abu Nasr Forobiy – o’rta asr Sharqning mashg’ur mutafakkiri, qadimgi yunon falsafasining Sharqdagi eng yirik davomchisi va targ’ibotchisidir. U Sirdaryo bo’yidagi O’tror shahrida 873-yilda tug’ilib, Toshkent Buxoro shaharlarida o’qidi.


Farobiyning ta’kidlashicha, insonni ahloqiy tarbiyalash ikki xil usul yordamida olib borilishi mumkin. Tarbiyalanuvchi ixtiyoriy ravishda zaruriy aqliy va ahloqiy xislatlarni-bilimli bo’lishga, to’g’rilikni, haqiqatni sevishga jasur do’stlarga sadoqatli bo’lish kabi fazilatlarni egallashga intilmog’i lozim. Olim ta’lim faqat so’z va o’rganish bilan, tarbiya esa, amaliy ish, tajriba bilan amalga oshirilishini aytadi.Farobiy insonning ma’naviy hayotida, asosan uning ikki tomoniga e’tibor beradi:

  1. aql-ongiga

  2. ahloqiga, xulq-atvoriga.

Shuning uchun uningfikricha, insonni aqliy tomondan ham, ahloqiy toondan ham etuk mukamal kishi qilib etishtirishga qaratilmog’i lozim. Demak, ta’lim-tarbiyaning birdan-bir vazifasi – jamiyat talablariga to’la-to’kis javob bera oladigan va uni bir butunlikda, tinchlikda, farovonlikda saqlab turish uchun xizmat qiladigan ideal inson tarbiyalashdir.
Abu Ali Ibn Sino – butun musulmon Sharqining ulkan qomusiy aqli, jahon ilmi va madaniyatining eng mashhur namoyondalaridan biridir. Ibn Sino o’rta asr fanining turli sohalari – falsafa, tibbiyot, tabiatshunoslik, badiiy adabiyot bo’yicha yozgan asarlari bilan madaniyatimiz tarixiga o’chmas iz qoldirdi, uning rivojiga katta hissa qo’shdi. Ibn Sino yaxshilikka olib boruvchi ahloq qoidalarini egallash, insonning ahloqiy munosabatlarini rivojlantirishga yordam beruvchi tadbirlar orqali ta’lim tarbiyani izchil amalga oshirish mumkinligini alohida qayd qiladi.
Eng muhim ahloqiy boylik, Ibn Sinoning ta’kidlashicha, adolatdir. Adolat muvozanat, o’rtalik tushunchalari bilan bog’liq. Ahloqiy tushunchalar aqlga, aqliy bilimlarga asoslanishi lozim. Lekin inson qanchalik bilimdan, olim bo’lmasin, ahloqiy talablarga tayanmasa, u odobsizlik va yomonlikka yo’l qo’yadi. Ibn Sino o’zining “Qsh tili” asarida ikkiyuzlamachilik, yolg’onchilik, xoinlik kabi xislatlarni qoralaydi, inson ustidan har qanday zo’ravonlikni inkor etadi. Ibn Sinoning yozishicha, insonning eng yaxshi fazilatlaridan biri-o’zining yomon ahloqiy xislatlaridan anglab, ularni yo’qotishga intilishdir. Uning yaxshi xislalarining ichida boshqalarga e’tibor va g’amxo’rlik bilan munosabatda bo’lishi maxsus o’rin tutadi. Kimki o’zining ahloqini tarbiyalash uchun o’z oldiga qo’ygan vazifasini bajarib, o’z hulqini tuzatishga intilsa, unga hech narsa qo’rqinchli emas. Kimki o’z xatosini tuzatsa, u boshqalarning tarbiyasi haqida g’amxo’rlik qila olishi mumkin. Boshqa odamni tarbiyalamoqchi va unga tarbiyachi, avvalo uni yaxshi o’rganishi va barcha kamchiliklarini yaxshi bilib olishi kerak. Aks holda tarbiyachi o’z oldiga qo’ygan vazifasini bajara olmaydi. Ya’ni bemorning kasalligini bilmay turib, uni tuzatishga kirishgan odamday bo’lib qoladi.
O’zbek xalqining ulug’ mutafakkiri Alisher Navoiy jahon adabiyoti, madaniyatiga buyuk hissa qo’shgan, insonlar baxt-saodati, xalq farovonligi, mamlakat obodonchiligi uchun kurashgan san’atkorlardandir.
Alisher Navoiy 1441 yil 9 fevralda Xirot shahrida tug’ildi. Alisher Navoiy ahloq to’g’risida shunday deydi: Jamiyatning a’zosi bo’lgan har bir odam o’z xalqiga xizmat qilishi, yordam berishi, foyda keltirishi, xalq manfaatini o’z manfaatidan ustun qo’ymog’i – xalq uchun, vatan uchun foyda ekanligini unutmasligi kerak. A.Navoiy yozadilarki ilm-hunar egallanishi va eng yaxshi insoniy fazilatlarga ega kishilar bo’lishini orzu qiladi. U ilmiy va adabiy faoliyatida ham, axloqiy ta’lim-tarbiya haqidagi fikrlarida ham o’zidan oldin o’tgan Abu Nasr Farobiy, Abu Ali Ibn Sino, Mirzo Ulug’bek va boshqa mutafakkirlar an’anasini davom ettirib boyitdi.
Kamoliddin Husayn Ibn Ali Voiz Koshifiy XV asr mutafakkirlaridan biridir. U tahminan 1440-yillarda Xuroson viloyati Sabzovor viloyatining Bayhaq tumanida tavallud topadi. Voiz Koshifiy notiq, olim, adib, mudarris, mohir xattot sifatida ham shuhrat qozondi.
Koshifiy o’zining ta’lim-tarbiya haqidagi g’oyalarini “Ahloqi Muhsiniy” kitobida bayon qildi. Koshifiy o’z qarashlarida adolat,axloqiy kamolot, vijdoniylik, vatanparvarlik g’oyalarini ilgari suradi. Uning fikricha, adolat insonni baxt va saodatga muyassar etadi. Yaxshi hulq mamlakatni mazmunini belgilovchi omildir, deydi Koshifiy. Inson hayoti ravon daryodek o’tib ketaveradi, gap uning foydali ish kilishidadir. Inson dunyoda 3 ta yaxshilik qilishi shart:

  1. odamlar uchun uy, ko’prik, yo’l qurish;

  2. mevali daraxt o’tkazish;

  3. farzand qoldirish kerak.

Chunki bu yaxshiliklar olamda sobit qoladi. Koshifiy yaxshi insonda faqat ahloqiy tarbiya, bilim va turmush tajribalari orqali tarkib topishni aytadi. Voiz Koshifiy vijdonlilikni insonni nazorat qiluvchi tuyg’u hisoblaydi. Uning ta’kidlashicha, vijdonlilik ahloqiy ta’lim-tarbiya vositasida hosil qilinadi. Xusayin Voiz al-Koshifiy kishilarni odil, xalol bo’lishga, har bir ishni vijdonan amalga oshirishga, diyonatli bo’lishga da’vat qiladi. U insonni ahloqiy tarbiya orqali qayta tarbiyalash, aqliy qobiliyatini o’stirish mumkin, buning uchun bolaga yaxshi ahloqiy ta’lim-tarbiya berish, uni nojo’ya hatti-harakatlaridan qaytarish lozim deydi. Har kishi muloyimlik, xushmuomalalik bor bo’lsa, fayz kamol topishdan o’zga ehtimol yo’qdir. Har kishi badfe’l bo’lsa, vayron bo’lishdan chora yo’qdir. Xushfe’llik, muloyimlilik bizning zamonamizda hamma ne’matlarning yaxshirog’idir. Koshifiy yaxshi fikrni ifodalashni, yomon gapni aytmaslikni, g’iybat va bo’hton qilishdan saqlanishni maslahat beradi
Tasavvuf ahloqshunosligida xiyat ul-islom Imom G’azzoliyning o’rni beqiyos: uning ahloqiy qarashlari, asosan, har jihatdan buyuk asar bo’lmish “Axyon olim ad-din” deb atalgan to’rt jildlik kitobida o’z aksini topgan. Unda tavakkul Xudoga yakkaligiga e’tiqod sifatida talqin etiladi va muhabbat, ihtiyor erkinligi, taqdir niyat singari muammolar bilan bog’liq holda tahlil qilinadi.
G’azzoliy muhabbatni bilishning mahsuli deb ataydi. Zero, inson nimaniki bilsa, o’shanigina sevishi mumkin.Muhabbat faqat bilishning jonli sub’ektigagina xos sifatdir. Mutafakkirning fikriga ko’ra, muhabbatning besh turi mavjud:

  1. insonning o’ziga, o’z kamoloti va sog’-omonligiga muhabbat;

  2. insonning o’z xayotini davom etishtirishni ta’minlovchi, uni asrovchi undan turli muhliqotlarni nari tuzuvchi valinematlariga muhabbat;

  3. insonning, garchand shaxsan o’ziga yaxshilik qilgan zotlarga muhabbat;

  4. insonning tashqi yoki ichki qiyofasidagi barcha go’zallikka muhabbat;

  5. insonning o’zi bilan botiniy (ichki) yashirin o’xshashligi bor bo’lgan zotlarga muhabbati.

O’rta asr tafakkurlarining axloqiy ta’limotlarida islom dini muhim ahamiyat kasb etadi. Islom dini, uning muqaddas kitobi “Qur’on” da va Hadislarda Allohga, uning payg’ambari bo’lmish Muhammad alayhissalomga e’tiqod qilish bilan birga ota-onaga hurmat, mehnatsevarlik, ilmga intilish, ahillik, mehr-oqibat, ehson, sabr-toqat, kamtarlik, vafo, sadoqatlilik, odob-axloqli bo’lish haqida ko’plab fikrlar aytilgan.
Qur’oni Karim, Hadislar va shariat ko’rsatmalari inson ma’naviy-ma’rifiy kamolotining asosi bo’lgan axloq-odob tarbiyasining barcha qirralari o’z ichiga olgan. Ularda axloqiy kamolot, halollik va poklik, iymon va vijdon bilan bog’liq bo’lgan masalalar o’z ifodasini topgan. Markaziy Osiyoda yuzlab qomusiy olimlar buyuk shoirlar va san’atkorlar etishib chiqdi. Ular orasida ulug’ o’zbek shoiri Alisher Navoiy (1441-1501) alohida ahamiyatga molik. U insonni butun borliqning ko’rki va sharafidir, deb ta’kidlaydi. Inson yuksak darajada ulug’lanadi, oliy mavjudot deb ta’riflanadi. Alisher Navoyining asarlarida, axloqiy qarashlarida bosh masala-inson, xalq, Vatan, uning gullab yashashi, istiqboli haqidagi muammmolar turadi. Adolat sadoqat, burch, muhabbat, rahm-shavqat, kamtarlik, mardlik singari fazilatlar madh etiladi.
Alisher Navoyi Naqshbandiya sulukiga mansub yirik shaxs sifatida axloqshunoslik nazariyasi va taraqqiyotiga o’lkan hissa qo’shgan mutafakkirdir. U Naqshbandiya tariqatining asosiy tamoyili bo’lmish, diling Xudo bilan qo’ling ish bilan band bo’lsin, degan shioriga amal qilgan U inson qadr-qimmatini birinchi o’ringa qo’ydi, nomus, oriyat va insoniy g’urur tushunchalarini o’ziga xos talqinini berdi.
Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asari, ayniqsa, Temuriylar davri axloqshunosligi taraqqiyotida katta hissa qo’shdi. Asar uch qismdan iborat bo’lib, nafaqat tasavvuf ahloqshunosligi va axloqning, balki butun musulmon Sharqi axloq ilmining nazariy muammolari ko’tarildi. Shuning uchun undan pandnoma sifatida foydalanib kelindi. Navoiy Suqrot izidan borib, qonunni adolat bilan uyg’unlashtiradi.
Asarda komil inson masalasi o’ziga xos tarzda o’rtaga tashlanadi. Temuriylar davri axloqshunosligida Abduraxmn Jomiy (1414-1492)ning o’rni benihoya kattadir. Abduraxmon Jomiy A.Navoiy bilan do’st edi. XV asrning ikkinchi yarmidagi ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-madaniy va adabiy hayotga yuz bergan ibratli hodisalardan biri Navoiy va Jomiy munosabatlaridir. Bu ikki buyuk zot ijod sohasi bilan birga xalq, davlat ishlarida inson va adolatni yo’qlar edilar.
Jomiy o’z faoliyatida Naqshbandi g’oyalarini qo’llab-quvvatlar edi. U Xoja Ahror Valiy bilan yaqin munosabatda bo’lgan. Ijtimoiy-siyosiy, falsafiy-axloqiy masalalarda Jomiy xalqparvarlik va insonparvarlik, adolat va insof masalalriga zulmni, zolimlarni qoralashga keng o’rin berdi. Shox odil bo’lsa, - deb ta’kidlaydi A.Jomiy, - u bexavf, bexatar yashaydi. Demak, A.Jomiyning axloqiy qarashlari Temuriylar davri axloqshunosligida muhim rol o’ynaydi.
Temuriylar davri axloqshunosligida Navoiyning nazari tushgan alloma, uning zamondoshi Xusayin Voiz Koshifiy (1440-1505)dir O’zining “Axloqi Muxsiniy” degan kitobida yaxshilik va yomonlik haqida fikr yuritib, yaxshilik, ezgulikdir, deydi. Ezgulikning ibtidosi xushhulqlikdir deb tushunadi. Halollik, rostgo’ylik, mehatsevarlik, insonparvarlik kabi axloqiy me’yorlar tamoyillar ezgulikning poydevori sifatida olib qaraladi. U adolat, burch tushunchalariga batafsil to’xtaladi. Uninggacha, adolat insoniy jamiyatni baxt-saodatga olib boruvchi yo’l, deb tushuntiradi.
Koshifiy kiyinish odobi, muomala odobi, mehnondo’stlik va tanovul etikasi borasida ham fikr yuritadi. Kasbiy odobga to’xtaladi.
Temuriylar davri axloqshunosligida Jaloliddin Devoniy (1427-1502)ning faoliyati muhim ahamiyatga egadir. Axloqshunoslik muammosiga bag’ishlangan yirik asari “Axloqi Jaloliy” risolasi bo’lib, unda axloqiy ta’limotlar aks ettirilgan. Asar uch qismdan iborat. Birinchi qismida axloq tushunchalari bo’lmish adolat, shijoat, donishmandlik, iffat singari fazilatlar tahlil va talqin qilinadi. Ikkinchi qismida oilaviy hayot, bolalar tarbiyasi, muomala odobi haqida fikr yuritiladi.
Kitobning uchinchi qismida, shahar madaniyati, podsholarning siyosat yurgizishi, fuqarolarning (davlat) boshliqlari bilan bo’lagn munosabati aks ettiriladi.
Demak, temuriylar davri axloqshunosligida ham asosiy o’rinni inson muammosi, uning axloqi, odobi, hulqi kabilarga e’tibor qaratildi.
O’rta asr musulmon Sharqida mashhur pandnomalar yaratilib, xalq ichida keng tarqalgan. Ularning eng mashhurlaridan biri taxminan III-IV asrlarda yaratilgan qadimgi Hind adabiy-didaktik yodgorligi “Panchatantra” dir . U bizda “Kalina va Dimna” nomi bilan ataladigan asar bo’lib, unda ikki dunyo namoyon bo’ladi: biri-insof, adolat, diyonat, halollik, ezgulik dunyosi, ikkinchi-yolg’onni, qalloblikni, munofiqlikni, xudbinlikni kasb qilib olgan illatlar tajassumi bo’lgan odamlar dunyosi, yovuzlik dunyosi.
Yusuf Xos Xojibning “Qutadg’u bilig” (yaxshilik keltiruvchi bilimlar) asari bo’lib, 13000 misradan iborat bo’lgan turk xalqlarining qomusiy asaridir. Kitobda ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik, oliyjanoblik va tubanlik, halollik va haromlik singari tushunchalar haqida fikr yuritiladi.
Kaykovusning “Qobusnoma” asarida inson hayoti va faoliyatiga doir o’git-ko’rsatmalar aks ettirilgan. Unda mehmonga borish, mehmon kutish, savdogarlik odobidan tortib, chavgon uyini odobigacha qalamga olinadi.
Sharq pandnomalarining eng mashhuri Shayx Muslixiddin Sa’diyning (1184-1292) “Guliston” asaridir. Asarda muallif, ezgulik va yovuzlikning o’zaro munosabati ochib beriladi.
Foydalanilgan texnologiyalar: muammoli ta’lim texnologiyasi (aqliy xujum uslubi)

Download 65.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling