O’rta asr shaharlari Samarqand va Buxoro tarixiy yodgorliklari
Download 58.79 Kb.
|
kurs ishi TArixiy O\'lkashunoslik Rajabov.SH (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shohi Zinda arxitekturaviy ansambili.
Afrosiyob yodgorliklari. Afrosiyob shaharchasi miloddan avvalgi V - VII asrlarda shakllangan deb aytiladi. 0 ‘sha davr m e’morchiligi va binokorligi aholini suv bilan ta ’minlash, uzunligi 5,5 km ni tashkil qilgan qal’a devorlarini barpo etish singari o‘sha davr uchun murakkab hisoblangan ijtimoiy - iqtisodiy shart-sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lgan. Miloddan avvalgi VI va milodiy XIII asrlarda topilgan qazilmalar Samarqand shahri to‘g‘risida to ‘la moddiy m a’lumotlar beradi. So‘g‘d davlaaning qadimiy shaharlari safidan o ‘rin olgan Samarqand dastlab Turon podshos ning epik qahramoni Afrosiyob nomini olgan, o‘sha davrda un..ig mayaoni 228,9 ga teng bo‘lgan. Shaharning shakllanishini birinchi bosqichi topilgan shahar devorlari b'lan ko‘rgazma qilinadi. Eramizdan avvalgi V - VII asrlardayoq tiklangan, 80 m uzunlikdagi qoldiqlari topilib tozalangan, balandligi 13 m ni tashkil etgan devor monumental g‘ishtdan barpo etilgan. Shahar arki atrofida turar-joy kvartallari, ibodatxonalar, suv havzalari va bozor maydonlari murakkab tartibda o ‘tkazilgan k o ‘cha va yo'laklar. kanallar bilan chirmashib ketgan. Hozirgi davrda Afrosiyobning Vll — XVIII asrlarda qurilgan kvartali to‘laroq o‘rganilgan. Samarqandlik iqtidorli rassomlar tomonidan yaratilgan jahonga m a’lum bo‘lgan devoriy tasvirlar topilgan. Afrosiyob chorsi saroy devorlaridagi tasvirda Chag'oniyon elchilari, og‘ir yukli karvon, son-sanoqsiz parrandayu jonivorlar aks ettirilgan. Sur’atlardagi odamlar va ularning libosi o ‘ta aniqlik bilan tiniq tasvirlangan. 0 ‘sha olis zamonlarda kechgan tarixiy voqealarni bu sur’atda aks ettirgan rassom so‘g‘d tasviriy san’atining tom m a’nodagi durdonasini bunyod etgan desa xato b o ‘lmaydi. Somoniylar davrida Afrosiyob xalqi o ‘z uy-joylarini qoldirib ketishga majbur bo‘lganlar va bu joylarga yangi xo‘jayinlar. shu jumladan, hunarmandlar, ganchkor ustalar kirgan. Afrosiyobda Somoniylar davridagi Samarqand shahrining qozisi X o ‘ja Abdi Darun qabri ustida qurilgan maqbara bizgacha yetib kelgan. Afrosiyob Samarqand shahrining shimoli-sharq tomonida joylashgan. Chingizxon bostirib kelguniga qadar qadimgi Samarqand shahri va uning me’morchilig yomon rivojlanmagan. U hunarmandchilik, savdo va san’ati rivojlangan shahar boMgan. Uning atrofi uzunligi 70 bosqich (nozirgi 10,5 km) devor bilan o ‘ralgan, shahar markazida ark joylashgan bo‘lgan. XV asrgacha qadimgi bu shahar K o‘hna qal’a deb ham aytilgan. XVII asrdan qolgan yozma manbalarda Afrosiyob shahri nomi tez-tez uchraydi. Shuning uchun ham bu hudud Mmiy adabiyotlarda va xalq ichida keyinchalik Afrosiyob shaharchasi deb ataladi. Uning noyobligi shundan iboratki, u o'z davrida yirik, mustahkam inshootlarga boy shahar bo'lgan. XVIII asrda Nodir Devonbegi tomonidan barpo etilgan Abdi Birun maqbarasi ham hozirgacha saqlangan. XIX asr o‘rtalarida Afrosiyobning janubiy qiyaligida Hazrati Xizr masjidi qurilgan. Afrosiyobning janubiy yon bag‘rida, Qussam ibn Abbos mozori yonida ajoyib maqbaralar kompleksi - Shohi Zinda barpo etilgan. Amir 1 emur tomonidan m o‘g‘ul bosqinchilari quvib chiqarilgandan so‘ng Samarqandda m e’morchilik qayta rivojlangan (XIV asr oxiri va XV asr), arxitekturaaa yangi yuksaiish davri boshlangan. Buyuk davlat barpo etgan Amir Temur Eron, Iroq, Ozarbayjon, Hindistonlardan ko‘plab hunarmandlar, taniqli olimlar, iste‘dodli me'morlar, qo‘li gul quruvchilar, o ‘tkir xalq ustalarini Samarqand shahriga olib keladi va ularni arxitekturaviy inshootlar barpo etishga jalb qiladi. Amir Temur Samarqandni har taraflama obodonlashtirish va dunyoda tengi yo‘q shaharga aylantirishni orzu qilgan hamda shu maqsadda qurilish va obodonlashtirish ishlarini boshlab yuboradi. Amir Temur davridan boshlab, Samarqandning rasmiy markazi Registon deb e ’lon qilingan. Shahar atrofida uzunligi 7 km ni tashkil etgan va oltita darvozasi bo‘lgan baland devor barpo etiladi, yirik masjidlar va maqbaralar quriladi. Bibixonim masjidi, Shohi Zinda va Go‘ri Amir maqbaralari singari takrorlanmas va ulkan memoriy inshootlar bizgacha yetib kelgan.
Shohi Zinda arxitekturaviy ansambili. Shohi Zinda ansambli XI - XIX asrlarda barpo etilgan. Shohi Zinda 25dan ortiq madaniy qatlamni o‘ziga singdirgan arxeologik - m e’moriy yodgorlik kompleksi hisoblanadi. Shohi Zinda madaniy meros obyekti nafaqat Samarqand, balki butun Movarounnahr m e’morchilik maktabi namunalari sifatida turli davrlarda qurilgan 20 dan ortiq arxitektura yodgorliklarini o‘z ichiga oladi. Shohi Zinda ansambli Muhammad payg‘ambarning amakivachchas Abbosning o‘g‘li Qussam 676->ilda Samarqandga islom dinini targ‘ib qilish uchun arab istilochilari bilan keladi. U shu yerda o ‘ldirilgan va dafn etilgan. Uning atrofida m o‘tabar kishilar dafn qilingan. Inshootlarning k o ‘pchiligi peshtoqisidarvozaxonasi keyingi davrda tiklangan. Peshtoqqa (9 6-rasm) bu ulkan binoga Amir Temur K o‘ragoniy o ‘g ‘li, Shohrux xon o ‘g ‘li, Ulug‘bek Ko'ragoniy o ‘g ‘li Abdulazizxon tomonidan asos solingan deb yozilgan. U U lug‘bek tomonidan 1434-1435-yillarda o ‘g ’li Abdulazizga atab qurdirilgan. Zinalardan chiqib, tor ko‘cha bo‘ylab yurganda, kishi uzoq tarix bilan ko‘rishganday bo‘ladi. Kirishdan uzoqlashgan sari inshootlar qadimlasha boradi. Zinaning chap tomonida XV asr ayvonlaridan birida ikki gumbazli Qozizoda Rumiy (Ulug‘bek davrining matematigi va astronomic va uning yaqinla ga atalgan maqbara joylashgan. 0 ‘ttiz olti poyali zinadan kotarilgach, galereyaga duch kelinadi. Bu yerning chap va o ‘ng tomonlarida XIV asrga tegishlidir. Arxitektura ansamblining yakunlovchi kirish Tem um ing qarindoshlari, shu jumladan uning xotini Tuman oqa va singlisi Shirin beka oqa maqbaralari joylashgan. Galereya gumbazli arkadan iborat aylana hovlicha bilan tugaydi. Gumbazli arka ostidaShoxiZindayodgorligi - Qussam ibn Abbosning maqbarasiga eltuvchi y o ‘lakning naqshinkor eshigi o ‘rnatilgan. Arablar Samarqandga kirganliklaridan keyin u muqaddas joy deb e’lon gilingan. Rivoyat qilishlaricha, bu yerda yashagan Qussam ibn Abbos bir vaqt ziyoratini tugatgach, yelkasidar o‘z boshin' olib, qo'ltiq ostiga qo‘yadi va tor tirqish orqali g‘orga yashirinadi. U hozir ham g‘orda yashayotgan emish (shoh zinda4) degan afsonalar xalq orasida yuradi. Ana shu rivoyatdan bu yerning nomi kelib chiqqan. U maqbara naqshli yo g ‘och panjara bilan o ‘ralgan, arab yozuvidagi naqshlar bilan pardozlangan. Umuman olganda, Shohi Zinda XIV - XV asrlaming sayqallangan dekorli, koshinkorli noyob muzeyidir. Bu yerda me’morchil kning yarim o‘yilgan terrakota, yig‘ilgan mozaikaning yo‘nilgan g ‘ishtlardan tayyorlangan go‘zal namunalarini top;sh mumkin. Nozikligi va go‘zalligi bo‘yicha biror obidaning me’moriy san’ati unga baj kelolmaydi.3 Download 58.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling