O'rta asrlar davrini zamonaviy o'qitish metodikasi bo'yicha tavsiflash. XIV asrning birinchi yarmigacha O’rta Osiyoda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar


XIV asrning birinchi yarmigacha O’rta Osiyoda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar


Download 441.95 Kb.
bet2/4
Sana13.02.2023
Hajmi441.95 Kb.
#1193191
1   2   3   4
Bog'liq
Презентация Microsoft PowerPoint

XIV asrning birinchi yarmigacha O’rta Osiyoda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar .

  • Ilmga qiziqtirish borasida Alloh Qur’onda shunday deydi: «Aytgin, ilmlilar bilan ilmsizlar teng bo’la oladilarmi albatta bu haqda faqat aqlli kishilargina eslaydilar: (“Zumar” surasi, 9-oyat). Boshqa bir oyatda ilmli kishilar Allohning huzurida boshqalardan ko’ra yuqori darajada turishlari ochiq-oydin aytilgan: «Alloh taolo sizlardan imon keltirganlarni va ilmli bo’lganlarning darajasini ko’taradi» («Mujodala» surasi, 11-oyat).
  • Alloh o’zining yagonaligiga ham ilmli kishilarni guvoh qilgan: «Alloh albatta uning o’zi yagona iloh, undan boshqa ibodatga sazovor zot yo’qligiga shohidlik beradi. Shuningdek, farishtalar va ilm egalari ham bu narsaga adolat bilan shohidlik berdilar» («Oli Imron» surasi, 18-oyat).
  • Shu oyatda Alloh ilmli kishilarning shohidligini o’z farishtalarining shohidligi bilan tenglashtirgan. Bu esa, ilmli kishilarning hurmati Alloh huzurida naqadar yuqori ekanligini ko’rsatadi. Aksincha, Qur’on ilmsizlarni tanqid qiladi: “Shunday qilib Alloh ilmsizlarning qalbini berkitib qo’yadi”. (“Rum” surasi, 59-oyat). Qur’on ilmning chegarasi yo’q ekanligini ham bayon qilib o’tgan: “Har bir ilmlining ustidan undan ham ilmliroq bor” (“Yusuf” surasi, 76-oyat).
  • Bu oyatdan maqsad shuki, olimlar o’z ilmlari bilan mag’rurlanib, o’z ustida ishlashni tark etmasinlar, doimo ularni ham birov tanqid qilib qolishiga o’zlarini tayyorlab tursinlar, demakdir. Qur’on musulmonlarni barcha narsaning haqiqatini bilish uchun doimo ilm payida bo’lishga chaqiradi: «Ey, parvardigor, mening ilmimni ziyod qilgin deb ayt” (“Toho” surasi, 114 -oyat).
  • Islom kishilarni ilmga chaqirish bilan kifoyalanib qolgan emas, balki aqliy va fikriy harakatsizlikning oldini olish asos-larini kishilarga ko’rsatgan. Bu quyidagi narsalarda ayon bo’ladi:
  • Ilm biror narsani hujjatli, aniq dalil bilan bog’lamaguncha, uni haqiqat deb tan olmaydi. Qur’on ham musulmon-larga dalilsiz narsani qabul qilmaslikni buyuradi: «Ular aytdilar, jannatga kim yahudiy yoki nasroniy bo’lsa kiradi. Bu ularning orzusi xolos. Sen, agar gaplaringiz to’g’ri bo’lsa, dalil va hujjat keltiringlar, deb aytgin” (“Baqara” surasi,111-oyat).
  • XIV asrning birinchi yarmigacha O’rta Osiyoda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar . Tolibi ilmning xolis, kamtarin bo’lishi o’ta muhimdir. Bilganini ko’z-ko’z qilish, maqtanish gunohdir. Kishi bilganini e’tirof etish bilan birga bilmaganini ham tan olishi joiz. Ayniqsa, diniy faoliyat bilan shug’ullanadigan ulamolar, maktab va madrasalarda tolibi ilmlarga saboq beruvchi ustoz-mudarrislar aytadigan gapini, qiladigan ishini, chiqaradigan fatvosini va beradigan bilimini o’ylab berishi kerak. Hatto aytadigan maslahati ham holisona, beminnat bo’lishi lozim. Hadislarning birida shunday deyiladi: “Kimki birodariga bir ish qilishga bilib noto’g’ri maslahat bersa, demak birodariga xiyonat qilgan bo’ladi” (110-Hadis).

Download 441.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling