O`rta asrlar Harbiy san`ati Turk xoqonligi davrida harbiy ish. Mo’g’illarning harbiy sohasini o’ziga hos xususiyatlari
Buxoro va Samarqandning bosib olinishi -
Download 44.41 Kb.
|
Ўрта асрлар ҳарбий санъати
- Bu sahifa navigatsiya:
- Urganch kamali. Najmiddin Kubro jasorati
Buxoro va Samarqandning bosib olinishi - Chingizxon Buxoroga xujum qiladi. 1220-yilning fevralida Buxoro uch kun qamal holatida bo'ladi. Bu vaqtda Buxoroda 12000 kishilik shahar garnizoni va 20 000 kishidan iborat «Lashkari burun» bor edi.
Mo'g’ullar bilan to'qnashuv natijasida sarkarda Inonchxon boshliq otryadi Amudaryodan o'tib qutulib qoladi. Sarkarda Hamid Pura qoraxitoy mardonavor halok bo'ladi. Qolganlar Buxoroga chekinishga majbur bo'ladilar. Shahar ahli Buxoro hozisi Badriddin Qozi boshchiligidagi bir guruh oqsoqollarni Chingizxon huzuriga yuboradilar. Mo'g’ullar 10 fevralda Buxoroga chekinishga majbur bo'ladilar. Ammo shahar ahlining qarshiligi to'xtamaydi. Ular tunda yashirincha mo'g’ul askarlarga qarshi xujumlar uyushtirib turadilar. Chingizxon buyrug’i bilan shaharga o't qo'yadilar. Buxoro arkida 12 kun qattiq qarshilik ko'rsatiladi. Qal'adagi chuqurliklar odam va hayvon o'liklari bilan to'lib ketadi. Ko'kxon, boshchiligidagi 400 nafar mudofaachilarning qarshiligi ham foyda bermaydi. Ark mo'g’ullar qo'liga o'tadi. Mo'g’ullar 30.000 kishini qirib tashlaydilar. Chingizxon shundan so'ng Samarqandga qarab jo'naydi. 1220 yil mart oyi boshida Samarqandga etib keladi. Yonatrofdagi qishloqlarni yer bilan yakson qiladi. Samarqand ancha mustahkam edi. Shaqarda 110000 kishilik harbiy garnizon (60 000 nafari tojiklar edi), 20 ta harbiy ilimga o'rgatilgan fil mavjud edi. Samarqandni egallash uchun olib borilgan xattiharakatlarga Chingizxonning o'zi shahar tashqarisidagi Ko'ksaroy qo'rg’onida turib boshchilik qiladi. Hamalning beshinchi kuni shahar ahli ommaviy qirg’inning oldini olish uchun taslim bo'lishga qaror qiladi. Shahar mo'g’ullar tomonidan er bilan yakson qilinadi. Urganch kamali. Najmiddin Kubro jasorati - Chingizxon 1221-yilning boshida Urganch tomon yurish boshlaydi. Urganchga Chingizxonning o'g’illari Jo'ji, Chig’atoy, O'gedey, taniqli sarkardalari Tulu Cherbi, Ustun No'yon va boshqalar etib keladilar. Urganch atrofini 100.000dan ziyod mo'g’ul qo'shini o'rab oladi. Shahar devorlarini buzish uchun manjanaqlar o'rnatiladi. Urganch qamali etti oy davom etadi. Ammo qo'rqoq «Sulton» Xumortegin shahar darvozasini ochib berib, mo'g’ullarga taslim bo'ladi. Shahar ichida qattiq janglar boshlanadi. Bu janglarda mashhur Xorazmlik alloma, faylasuf, olim, «Qubroviya» tariqasining asoschisi 76 yoshli Najmiddin alKubro al Xevaqiy (1145–1221) ham faol qatnashadi. Download 44.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling